1-лаборатория иши



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,91 Mb.
#211264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
fizlab mexanika



o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Abu rayxon beruniy nomidagi
toshkent davlat texnika universiteti


mexanika va molekulyar fizika KURSI
BO’YICHA laboratoriya ishlarini bajarish uchun USLUBIY qO’llanma

Toshkent-2010


udk 530.

Tuzuvchilar: Toshkent, 2010.


Mexanika va molekulyar fizika kursi bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma. Toshkent davlat texnika universiteti.


Ushbu uslubiy qo’llanma fizikaning mexanika va molekulyar fizika bo’limi laboratoriya mashg’ulotlarini yangi dastur asosida tashkil etishga bag’ishlangan bo’lib, uning maqsadi talabalarni nazariy mashg’ulotlarda olgan bilimlarini mustaxkamlashdan, mexanika va molekulyar fizikaning asosiy qonunlarini to’laroq tushunish va anglash, hamda mustaqil ishlash malakalarini hosil qilish, talabalarni fizik asbob, qurilmalar va o’lchov asboblari bilan ishlashga o’rgatishdan iborat.


«Umumiy fizika-2» kafedrasi


Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga binoan chop etildi.


Taqrizchilar:
Tosh DTU, «FE va MEA» kafedrasi prof. Egamberdiyev B.
O’zMU, prof., akad. Mamadalimov A.T.

 Toshkent davlat texnika universiteti, 2010




o’lchashlar va ularning xatoliklarini hisoblash

O’lchashlar ikki usulda o’tkaziladi. Tekshirilayotgan kattalik asboblar yordamida bevosita o’lchanishi mumkin. Masalan biror moddaning massasi tarozi yordamida tortish usuli bilan aniqlanadi, uzunlik lineyka yordamida o’lchanadi, vaqt sekundomer yordamida aniqlanadi. Ayrim kattaliklarni to’g’ridan–to’g’ri o’lchash mumkin emas. Masalan biror moddaning zichligini aniqlash uchun, shu moddaning massasi va hajmi o’lchab olinadi va zichligi formulaga qo’yib hisoblab topiladi.


O’lchamlarning sifati, uning aniqlanishi bilan baholanadi. Agar kattaliklar to’g’ridan-to’g’ri asboblar yordamida o’lchanayotgan bo’lsa, o’lchashning xatoligi o’lchov metodiga, priborlarning aniq ishlash xususiyatlriga bog’liq bo’ladi.
O’lchashda va sanoqda biz hamma vaqt ozmi-ko’pmi xatoga yo’l qo’yamiz, bu xatolar sistematik va tasodifiy xatoliklar tajrib o’tkazayotgan talabaning xatosiga bog’liq bo’lmagan xatoliklardir. Agar biz biror fizikaviy kattalikni o’lchayotgan bo’lsak har safar bir- biridan uncha katta farqi bo’lmagan qiymatlarga ega bo’lamiz. Bu xatolikka tasodifiy xatolik deb ataladi. Masalan asbob turli tajribada, turli xil qiymatni qo’rsatishi mumkin. Tasodifiy xatolikning rolini kamaytirish uchun o’rganilayotgan fizikaviy kattalik bir necha marta o’lchanadi. Sistematik xatolar o’lchov asboblarning nosozligi, o’lchash usulining noto’g’riligi natijasida sodir bo’ladi.
Sistematik xatolikka yo’l qo’yilayotgan bo’lsa, tajriba davomida xatolikning kattaligi va ishorasi o’zgarmasdan qoladi. Sistematik xatolikning rolini kamaytirishga o’lchanayotgan kattalikning qiymatiga tuzutma kiritish yo’li bilan erishish mumkin.
Umuman laboratoriya ishi bajarilayotganda yo’l qo’yilayotgan sistematik va tasodifiy xatoliklarni baholay bilishimiz lozim. Shuning uchun o’rganilayotgan fizikaviy kattalikning haqiqiy qiymatiga arifmetik qiymati hisoblab topiladi.
Masalan: N1; N2; N3; . . . Nm lar ayrim o’lchov natijalari bo’lsin, bunda m ayrim o’lchashlar soni, u holda;
yoki
Bu miqdor o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga eng yaqin bo’ladi.
Endi nisbiy xatolikni ko’rib chiqamiz. Har bir o’lchashlardagi absolyut xatoliklar:
| N1|=|No’-N1|
| N2|=|No’-N2|
………………
| Nm|=|No’-Nm|
ifodalardan aniqlanadi. Bunda, chiqqan natijalarning musbat absolyut qiymatlarini olamiz va o’rtacha absolyut xatoni quyidagi ifodadan topamiz:
No’=1/m( N1+ N2+ N3+...+ Nm);
O’rtacha absolyut xatolik | No’| ning o’lchanayotgan kattalikning o’rtacha qiymati No’ ga nisbati, o’lchashlardagi o’rtacha nisbiy xatolik ( ) deyiladi. Nisbiy xatoliklar, odatda, foizlarda o’lchanadi:
%
O’lchanayotgan kattaliklarning nisbiy xatoligi 5-10% dan oshib ketmasligi kerak. Fizikaviy kattalikning tajribalarda aniqlangan qiymati, uning (jadvaldagi) haqiqiy qiymatidan keskin farq qilmasligi kerak.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin