A sbobda D asosga qirrali bir-biriga parallel qilib N1 va N2 po’lat prizmalar mahkamlangan. Prizmalarning ustiga Yung moduli o’rganilayotgan sterjenni simmetrik ravishda o’rnatiladi. Prizmalarning o’rtasiga juda kichik o’zgarishlarni o’lchay oladigan
indikator joylashtirilgan. Sterjenga kuch ta’sir etganda hosil bo’lgan egilish miqdorini shu indekator (2-rasm ) bilan o’lchanadi.
1. Mikrometr yordamida sterjenning qalinligi ''b'' va shtangensirkul bilan eni ''a'' ni bir necha yerdan o’lchanadi va qiymatlari olinadi.
2. Millemetrli lineyka bilan N1 va N2 prizmalar orasidagi masofani eng kamida uch marta o’lchanadi.
3. Prizmalarga tekshirilayotgan sterjenni simmetrik ravishda qo’yib uning tagiga indikatorning o’qi qo’yiladi va indikatorning dastlabki holati 0 ga keltiriladi.
4. Sterjenning o’rtasiga 0,5 kg tosh qo’yiladi , indikatorning yangi holati aniqlanadi. Strelkaning burilishidan bo’limlar soni n topiladi n ning qiymati chiziqli o’lchamga – metrga aylantriladi. Bu qiymatni beradi.
5. Shunday tajribani 0,5 kg, 1,0 kg, 2,0 kg massali yuklar uchun ham takrorlab larning qiymatlari aniqlanadi.
6. Yukni 0.5 kg dan kamaytirib yoki oshirib borib, tajriba qaytariladi .
7. Har bir yuk uchun (6) formuladan E topiladi. Tajribadan olingan natijalarni quydagi jadvalga yoziladi .