HM-3 charxi va SK-60H maxsus tarozisida iplarni chiziqli zichligi aniqlash
HM-3 charxining vazifasi: iplar, pishitilgan iplar va boshqalarning chiziqli zichligini aniqlash maqsadida qо‘llaniladi. Shuningdek, bu asboblar yordamida variatsiya koeffitsiyenti, chiziqli zichlik bо‘yicha notekislik, maksimal og‘ish, dispersiya hisoblanadi. Xonadagi harorat 20 30C va namlik 60 5% ni tashkil qilishi kerak. HM-3 charxi energiya manbai – 220V, charx perimetri – 1,125m, avtomatik tо‘xtash har 100 (200, 400) aylanishdan sо‘ng amalga oshadi.
Kalavalarni о‘rashni boshlashdan oldin asbobning displeyida “0” kо‘rsatkichi turgan bо‘lishi lozim, agar boshqa sonlarni kо‘rsatayotgan bо‘lsa “RESET” tugmasini bosish kerak. Ipni charxga о‘rnatgandan keyin start tugmasi bosiladi. Kalava о‘rash charxida bir vaqtning о‘zida 3 ta kalava olish mumkin. Olingan kalavalarni “SK-60H” maxsus tarozida о‘lchanadi.
1-rasm. HM-3 charxi. 1-oyoq; 2-boshqaruv yashigi;3-motor;4-charx; 5-datchik; 6-yо‘naltirgich; 7-g‘ildirak. A-yoqish chirog‘i; B-motorni ishga tushirish tugmasi; S-charxni ishga tushirish tugmasi; D-beriladigan о‘rama uzunligi kо‘rsatiladigan datchik; E-xavfli vaziyat.
SK-60N tarozisining o‘lchash diapazoni – 0,1÷60g, .Energiya manbai – 100B. Natijalarni chop etish uchun printerga ega. Tajribani boshlashdan avval tarozisini sozlash lozim. Shuningdek, tarozi kerakli rejimda turganligiga ishonch hosil qilish kerak. SK-60H tarozilari ikki xil rejimda ishlaydi:О‘lchash grammlarda bajariladi; О‘lchash denyeda bajariladi.
Ipning chiziqli zichligini о‘lchash uchun charx yordamida 112,5m (charxning 100 marta aylanishi) uzunlikda kalavalar tayorlab olish lozim. Sо‘ngra ushbu kalavalar navbatma-navbat SK-60H tarozisida tortiladi. Barcha kalavalar о‘lchab bо‘lingach, printer quyidagi ma’lumotlarni beradi: tekshiruv о‘tkazish sanasi, partiya raqami, о‘lchangan kalavalarning umumiy soni, barcha kalavalarning umumiy chiziqli zichligi (denyelarda), maksimal ko´rsatkich, minimal kо‘rsatkich, minimum va maksimum о‘rtasidagi farq, о‘rtacha chiziqli zichlik, denyeda, standart og‘ish, variatsiya koeffitsiyenti,% va maksimal og‘ish.
Shuni hisobga olish kerakki, chiziqli zichlik denye о‘lchov birligiga beriladi. Denyeni teksga о‘tkazish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
“SK-60H” maxsus tarozi
Tarozini ishga tushirgandan sо‘ng displeyda “0,0” kо‘rsatkichi chiqmaguncha tajribani boshlamaslik kerak.
Tarozida namunaning vazni yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri chiziqli zichligini aniqlash imkoniyati bor. Namunaning chiziqli zichligi bu tarozida Yaponiya sistemasi denyeda о‘lchanadi. SI sistemasida teks olish uchun “9” ga kо‘paytiriladi.
2-rasm. “SK-60H” maxsus tarozi
Dostları ilə paylaş: |