1 Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. §. Ma’noning kengayishi



Yüklə 322,74 Kb.
səhifə4/6
tarix18.05.2023
ölçüsü322,74 Kb.
#116347
1   2   3   4   5   6
1 Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. §. Ma’noning kengayi (1)

4) Til sistimasi. Yaruslar
Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko‘ra juda murakkabligi, ko‘p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo‘lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o‘zaro dialektik aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta’minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o‘ziga xos sistemalar bo‘lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Demak, tilni sistemalarning sistemasi, deb atash mumkin. Bunda til sathlarining yig‘indisi makrosistema bo‘lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo‘ladi.
Til so‘z, morfema va fonemalarning oddiy yig‘indisi emas, balki bir butun sistema bo‘lib, uning ichki tuzilishi ierarxik munosabatga ega. Har bir pog‘onaga xos birlik 2 yoki undan ortiq uzvlarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir. Bir pog‘onada butunlik sifatida qaralayotgan ob’ekt o‘zidan yuqori pog‘ona tarkibiga uning unsuri (elementi) bo‘lib kiradi. Masalan, morfema morfemik sathda 2 yoki undan ortiq fonemalarning munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida qaralsa, morfologik sathda esa so‘z shaklning bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Tilning ichki tuzilishi shunday tuzilishga ega, ya’ni har bir sath o‘z ichki strukturasiga nisbatan sistema, ayni paytda ushbu sistema bosh sath strukturasining elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham til sistemalar sistemasi hisoblanadi.

5) Turkiy tillar oilasi
Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik belgilari bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy tillarni genealogik jihatdan tasniflash bo`yicha I.N.Berdin, N.I.Ilminskiy, V.V.Radlov, N.A.Aristov, N.F. Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich kabi olimlar izlanishlar olib borishgan. Shulardan A.N.Samaylovichning tasnifi keng tarqalgan bo`lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi:
1. R-guruh, bulg`or yoki chuvash:
1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao`//tu; 5) sari; 6) qalan//yo`lna; bu guruhga zamonaviy chuvash va qadimgi bulg`or tillari kiradi.
2. D-guruh, uyg`urcha yoki shimoliy-sharqiy:
1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag`; 5) sarig`; 6)qalg`an; bu guruhga 3 kichik guruhlar kiradi:
a) b-guruhi: O`rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg`ur va zamonaviy karagas, salar va tuva tillari;
b) z-guruh: sariq uyg`urlar, ilor va xakaslar tili;
v) t-guruh: yoqut tili.
3. Tao` - guruh, qipchoq yoki shimoli - g`arbiy:
1) tog`uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao`; 5) sari; 6) qalg`an. Bunga:
a) mo`g`ullargacha: oltoy tili, qirg`iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, boshqird;
b) mo`g`ullardan so`ng: qozoqcha va no`g`aycha kiradi.
4. Tag`liq – guruh, chig`atoy yoki janubiy – sharqiy:
1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag`; 5) sariq; 6) qalg`an. Bunga qadim chig`atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o`zbek tili va qora tatarlar tili kiradi.
5. Tag`li – guruh, qipchoq – turkman:
1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag`; 5) sari; 6) qalg`an. Bularga xorazm o`zbeklarining shevasi ham kiradi.
6.Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g`arbiy:
1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag`; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va turk tili, gagauzlar tili ham kiradi.
Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu tillarda so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorag`ay, balqor, qo`miq, no`g`oy, tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq.
Turkiy tillar quyidagilardan iborat:

  1. Bulg`or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari.

  2. O`g`uz tillari guruhi:

a) turkman tili – Turkmaniston;
b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o`lkasida yashovchi turkmanlarning tili;
v) o`g`uz – bulg`or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi;
g) ozarbayjon va turk tillari.

  1. Qipchoq tillari guruhi:

a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat qiluvchi qaray elati so`zlashadi;
b) qo`miq tilida Dog`iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi qo`miqlar so`zlashadi;
v) qorag`oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag`oy va balqor elatlari so`zlashadi;
g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so`zlashadilar;
d) tatar tili, boshqird tili;
j) no`g`oy tili;
z) qoraqalpoq tili;
i) qozoq tili.

  1. O`zbek va uyg`ur tillari guruhi. O`zbek tili o`zbek xalqining milliy adabiy tili bo`lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. Uyg`ur tili O`rta Osiyo, Qozog`iston va Xitoy Xalq respublikasining Sinsyan – Uyg`ur respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir.

  2. O`g`iz tillari guruhi:

a) Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida yashovchi tuva xalqining tilidir;
b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk o`lkasida yashovchi elat tili.

  1. Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir.

  2. Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili),

oltoy tilining shimoliy shevalari.
Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi affikslar bir ma’nolidir – so`z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo`shimcha faqat bir ma’noni anglatgan holda birin – ketin yopishib ketaveradi. Masalan, o`zbek tilida o`qituvchilarga so`zida o`qi - o`zak, t-orttirma nisbat qoshimchasi, uv-harakat nomi qo`shimchasi, chi-shaxs oti yasovchi affiks, lar-ko`plik, ga-jo`nalish ma’nosoni ifodalaydi; vengr tilida haz-uy, hazfa-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda. Ko`rinadiki, turkiy tillardagi qo`shimchalar o`zakka mexanik ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan birikib, singib ketmaydi, o`zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo`q (fors-tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo`shimchalardan tashqari), ya’ni qo`shimchalarining ketma- ket qo`shilishi natijasida so`zning kengayishi faqat bir tomonga, ya’ni o`ng tomonga yo`nalgan bo`ladi: maktablarga. Turkiy tillardagi ko`makchilar otdan yoki ot vazifasidagi so`zdan keyin kelib, uni boshqa so`zga – boshqaruvchiga bog`laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan, Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim.
Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo`q. Shunga ko`ra, gapda so`zlarning o`zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o`zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o`zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa tillarida kesimning morfologik belgilari faqat fe’lga qo`shilsa, turkiy tillarda kesim vazifasida kelgan har bir so`z turkumiga qo`shilishi mumkin. Qiyoslang: Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men – onaman. Ko`ylagimni tiktirdim.
Turkiy tillarning qiyosiy – tipologik xususiyatlari N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М., 1962) nomli kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so`zning morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o`zaklar birlamchi yoki tub bo`ladi (umumturkiy o`zaklar): al-olmoq, kel, min, ot (o`t), tas/tash (tosh), kyoz (ko`z) yoki yasama, ya’ni o`zak va unumsiz (o`lik) qo`shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha: jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash (tosh), qal (qop), ic/ish (ish), at (ot ), qol (qo`l) va hokazolar predmetlarning nomini atab, ot so`z turkumiga kiradi hamda birlikdagi, bosh kelishikdagi so`zlar qatorini hosil qiladi3.
Aq, sari, qara, biyik, (baland) o`zaklari statik belgini ifodalab, sifat so`z turkumini tashkil qiladi. Endi (endi), burun, en (eng) kabilar, deydi olim, belgining belgisini ifodalab, ravish kategoriyasiga kiradi. Bir, eki (ikki), uch/ush (uch) tort ,(to`rt) kabilar sonlardir. O`ay! Iq! Maa! undov va taqlidlar, uchin/ushin, deyin (-gacha) kabilar ko`makchilar, -g`u (-ku), -ma/me (-mi) (so`roq yuklamasi) – yuklamalar hamda hem, biraq boglovchilar hisoblanadi. Turkiy tillarda fe’llar ham o`ziga xos tabiatga ega, ya’ni ular yasalish xususiyatiga ega: tashla, angla, bilim, qapshiq (qopchiq- qop va kichraytirish shakli –chiq/-shiq.) Turkiy tillarda fonetik struktura- o`zak morfemalardagi 3 tovushli tarkib bilan ajralib turadi. Har bir o`zak –undosh + unli+ undosh tartibidagi yopiq bo`gindan iborat (cgc). Ikki tovushli, bir tovushli o`zaklar turkiy tillarda kam uchraydigan istisnolikdir, ular aslida 3 tovushli tarkibning tarixan, fonetik jihatdan qisqargan ko`rinishidir. 3 tovushdan ko`p so`zlar boshqa tillardan o`zlashgan hisoblanadi.
Turkiy tillarga xos bo`lgan gap qurilishi [WPm] qolipi asosida voqelanadi. Предикатив bog`lanish [Pm] (predikate-kesim, m – shaxs/son, zamon, mayl, modallik) orqali yuzaga chiqadi. So`z birikmasi –gap kengaytiruvchilari yoki so`z kengaytiruvchilaridan iborat bo`lishi mumkin. Mana shu sintaktik xususiyat barcha turkiy tillar uchun xos bo`lib, bu oilani boshqa tillardan, ulardagi grammatik xususiyatlardan keskin farqlab turadi (chunonchi, Hind-yevropa tillarida gap birgina kesimning o`zidangina emas, balki ega va kesimning qat’iy ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim keladi ) asosida tuziladi).

Yüklə 322,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin