1 Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shar (2)
Huquqiy risk. Bu huquqiy-me’yoriy aktlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar.
Lizing shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni boshqar ish bank va xo‘jalik subyektlari faoliyatining samaradorligiga olib ke lishi mumkin.
Ijara muddati tugagandan so‘ng ijaraga berilgan mol-mulkka egalik qilish to‘g‘risidagi savol bank uchun ham, ijarachi uchun ham muhimdir. Bu yerda bir qancha variantlar bo‘lishi mumkin, ulardan bittasi lizing kelishuvida aniqlab qo‘yiladi:
ijaraga oluvchi asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib oladi;
qonunga muvofi q imtiyozli stavka bo‘yicha qisqa muddatga yangi bitim tuziladi.
Lizingga oluvchi o‘zining grafi giga muvofi q, ijara to‘lovi majburiyatini, mol-mulkni saqlash va normal ekspluatatsiya qi lishni o‘z zimmasiga oladi. Agar bu shartlar bajarilmasa, bank tezda lizing shartnomasini bekor qiladi. Bu haqda u shartnoma shartlariga rioya etmagani uchun unga zararni o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘lgan ijaraga oluvchiga xabar qiladi. Bundan tashqari, ijaraga oluvchi mol-mulkni qaytarishga yoki uning qoldiq qiymatini to‘lashga majbur. Agar shartnoma ijaraga beruvchi aybi bilan bekor qilingan bo‘lsa, ijaraga oluvchi lizing kelishuvida ko‘rsatilgan miqdorda jarima olish huquqiga ega.
Lizing fi rmasida asosiy fondlar butun kelishuv davomida ba lansda turadi, to‘lovlar esa xo‘jalik subyektining joriy xarajatlariga kiradi, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga kiritiladi va o‘z navbatida soliqqa tortiladigan daromad miqdorini kamaytiradi. Lizing fi rmasi asosiy fondlarning sifati bo‘yicha javobgar emas. U muddati cho‘zilgan to‘lovlar uchun kafolatli garov va lizing shartnomasi bo‘yicha qandaydir shartlar bajarilmagan taqdirda to‘la qaytarib olishi mumkin bo‘lgan asosiy fondlarga egadir. Mulkni yetkazib beruvchi uchun lizing fi rmalar bilan birga ishlash, lizingni o‘z moliyaviy barqaror lizingi va kreditga layoqatliligini oshiradigan hamda mahsulotni sotish bozorini ko‘paytiradigan vosita sifatida ishlatib turish imkonini beradi.
Shunday qilib, lizing uzoq muddatli kreditning alohida shaklidir. Uning ijaraga oluvchi uchun afzalligi qanday? Birinchidan, ijara to‘lovi mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va soliq solinadigan foyda summasini kamaytiradi. Ikkinchidan, ijaraga berilgan molmulk bank balansida hisobga olinadi, ijaraga oluvchi korxona bal ansi likvidliligini saqlashga imkon beradi. Uchinchidan, lizing korxonaga asosiy fondlarni olish va ulardan foydalanishni boshlash imkoniyatini tug‘diradi va bunda oborotdan pul jalb qilinmaydi, lizing uchun to‘lov esa ijaraga berilgan asbob-uskunalarda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasidan tushum schoti bo‘yicha hisoblanadi.
Bank uchun lizing shu darajada qulayki, unda nafaqat to‘lov ta’minoti kafolatlangan, balki asbob-uskunalarning o‘zi shu davrdagi joriy operatsiyalar bo‘yicha garov sifatida bo‘ladi, qaysiki bank lizing shartnomasi shartlari bajarilmaganda, o‘ziga qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Biroq, hozirda kreditlashning bu turi bizning mamlakatimizda keng rivoj topmagan, bu esa, korxonalarning nobarqaror moliyaviy holati bilan iqtisodiyotni umumiy o‘zgaruvchanligi, investitsiya tovarlari bozorini o‘rganmaslik bilan bog‘liq.