1. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shartnomasi va turlari


Lizing qiymati va uni hisoblash usullari



Yüklə 86,51 Kb.
səhifə6/10
tarix08.04.2023
ölçüsü86,51 Kb.
#95014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shar (2)

3. Lizing qiymati va uni hisoblash usullari


Lizing shartnomasining muhim punkti lizing to‘lovi tartibini o‘rnatish hisoblanadi. U lizingga beruvchi chiqimining o‘rnini to‘ldirishni ta’minlashi va unga foyda keltirishi kerak. Shuning uchun lizing bo‘yicha to‘lovlar miqdori molk-mulk qiymatiga, ijaraga berilishiga, lizingni foiz stavkasiga, to‘lov miqdori va ularni to‘lash grafi giga bog‘liq bo‘ladi.
To‘lovlar butun shartnoma muddati davomida bir xil miqdorda yoki infl atsiya sur’ati hisobiga ko‘payishi mumkin.
Agar to‘lovlar bir xil miqdordagi summada to‘lansa, ularni bir martalik miqdori murakkab foizlar formulasi bo‘yicha hisoblanadi.
Lizingni amalga oshiruvchiga beriladigan mukofot tarkibiga lizing kelishuvini amalga oshirganlik xizmatlari uchun to‘lov va lizing predmetini qo‘lga kiritishga yoki qo‘shimcha xizmatlarni bajarishga yo‘naltirilgan shaxsiy mablag‘lari uchun foizlar kiradi.
Lizing to‘lovlarini hisoblashning 3 xil usuli bor:

  • fi ksatsiya qilingan to‘lov summasi usuli;

  • avans usuli;

  • minimal to‘lovlar usuli.

Fiksatsiya qilingan to‘lov summasi usuli. Agar lizing to‘lovlari bir tekis amalga oshirilayotgan bo‘lsa, to‘lovlar summasi murakkab foiz formulasi asosida aniqlanadi:
Tt = K × P/[l – l/(l + P)].
Bunda:
T – lizing bo‘yicha to‘lovlar summasi, so‘mda;
K – lizingga beriladigan asosiy vositalarning qiymati, so‘mda; P – to‘lov vaqtigacha foiz stavkasi, birlik ulushlarida; t – to‘langan to‘lovlar soni, birlikda.
Misol.
Lizingga beriladigan asosiy vositalarning qiymati 100 ming so‘m. Lizing muddati – 8 yil. Foiz stavkasi (komission to‘lovlarni hisobga olgan holda) – yillik 10 %. Lizing bo‘yicha to‘lovlar bir xil summada yiliga 2 marta amalga oshiriladi.
To‘lovlarni to‘lash soni:
t = 8 × 2 = 16.
Yarim yilga foiz stavkasi. P = 10/2 = 5 % yoki 0,05.
To‘lovlar summasi:
T = 100 × 0,05/[l – l/(l + 0,05)] = 9,23 so‘m.
8 yil ichida lizingni qabul qiluvchi lizing fi rmasiga 147,7 ming so‘m to‘laydi (16 × 9,23).
Avans usuli. Bunda lizingni qabul qiluvchi lizing shartnomasini tuzayotganda lizingni amalga oshiruvchiga avans to‘laydi. Avans summasi ayirilib tashlangan lizing to‘lovlarining qolgan qismlari (birinchi usulga o‘xshagan) lizing shartnomasining amal qilish muddati davomida hisoblanadi va to‘lab beriladi.

Yüklə 86,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin