Lizing subyektlari. Lizing bitimining subyekti shartnomadagi tomonlar bo‘lib, ular lizing tizimida bevosita qatnashadilar. Shu bilan birga, ularni bevosita hamda bilvosita qatnashuvchilarga ajratish mumkin.
Lizing bitimida bevosita qatnashuvchilar:
lizing fi rmalar va kompaniya (lizingga beruvchi va ijara beruvchi);
ishlab chiqarish (sanoat va qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq va transport korxonalari hamda aholi ijaraga oluvchi yoki lizingga oluv chilar);
bitimdagi obyektni yetkazib beruvchilar (ishlab chiqarish (sanoat va tijorat kompaniyasi).
Lizing bitimida bilvosita qatnashuvchilar:
tijorat va investitsiya banklari (lizingga beruvchilarni kredit-lash va bitimlarning kafolatlari bo‘lib xizmat qiladi); – sug‘urta kompaniyalari;
broker, vositachilik fi rmalari.
Lizing fi rmalari deb arendalari (qisqa, o‘rta, uzoq)dan qat’i naz ar munosabatlarini ijarada amalga oshiradigan fi rmalarga aytiladi.
Ularning faoliyati xarakteriga ko‘ra, universal va tor ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
Tor ixtisoslashgan kompaniyalar, odatda, bir turdagi tovarlar (yengil avtomashinalar va konteynerlar) yoki standrant turdagi tovarlar guruhi (qurilish uskunalari, tekstil korxonalari uchun uskunalar) bilan ish qiladilar.
Universal lizing kompaniyalari har xil turdagi mashina va uskunalarni ijaraga beradilar.
Lizing fi rmalari kam hollarda mustaqil bo‘ladilar. Ko‘p hollarda lizing kompaniyalari banklar tomonidan boshqariladi.
Banklarning lizing bozorida o‘rnashishlariga bir qancha sa bablar bor.
Birinchidan,lizing hamma kalitlarini talab qiluvchi biznesdir.
Banklar esa katta pul resurslariga egalar.
Ikkinchidan, lizing xizmatlari o‘zining iqtisodiy xarakteriga ko‘ra bankning kreditlashiga o‘xshashdir va unga o‘ziga xos muqobildir. Moliyaviy bozordagi raqobat banklarni bu operatsiyalarni faollik bilan kengaytirishga undaydi. Bu esa banklarni lizing operatsiyalarini amalga oshiruvchi fi rmalarning 1-kategoriyasig a olib keldi.
Shu bilan birga, banklar mustaqil lizing kompaniyalarini nazorat qiladilar, ya’ni ularga kredit beradilar. Lizing jamiyatlarini kre ditlash orqali, lizing oluvchini bilvosita tovar-kredit shaklida mo liyalashtiradilar.
Lizing muddati. Lizing davri deganda, lizing shartnomasining muddati tushuniladi. Chunki lizing uzoq muddatli ijara ning o‘ziga xos shaklidir. Lizing shartnomasining muddatini belgilashda liz ingga beruvchi va lizingga oluvchilar quyidagi holatlarni hisobga oladilar.