Ko’zda tutilgan strategiya korxona tomonidan amalga oshirilishi
kutilayotgan strategiya.
Favqulotda strategiya kutilmagan imkoniyatlar va yoki
qiyinchiliklarga javoban vujudga keladigan rejalashtirilmagan strategiya.
Amalga oshirilgan strategiya korxona tomonidan realizatsiya
qilingan, qo’llanilgan strategiya, u ko’zda tutilgan, favqulotda
strategiyalar natijasidir.
Realizatsiya qilinmagan strategiya ko’zda tutilgan strategiyaning
amalga oshirilmagan qismi hisoblanadi.
STRATEGIK KO’RISH NIMA?
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari
bilan shug’ullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan
masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz
kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob
beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’g’ri belgilab, uni
faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning
natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi
korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, har
bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.
YAXSHI O’YLAB KO’RILGAN STRATEGIK KO’RISH
VA KOMPANIYA MISSIYASINI ASOSLASH
QUYIDAGI 3 TA JIHATDAN IBORAT:
1) kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini
tushunish;
2) kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq,
lo’nda va ilxom bilan tushuntirib berish;
3) kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish
haqida o’z vaqtida qaror qabul qilish;
1)
aholining ehtiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak?
2)
xaridorlar guruhi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz?
3)
texnik va funksional ijro, ya’ni xaridorlar ehtiyojini qanday qondiramiz?
Faoliyat doirasini belgilash 2 xil bo’ladi:
1)
umumiy
2)
Detallashtirilgan
Umumiy belgilashga misol: ichimliklar, mebel, xalqaro pochta xizmati, sayohatlar va turizm. Detallashtirilgan
belgilashga misol: alkogolsiz ichimliklar, sport poyafzali, ofis uchun mebel, jo’natmalarni tunda yetkazib berish, Karib
dengizida plyaj tashkil etish
FAOLIYAT DOIRASINI TO’G’RI ANIQLASH UCHUN
QUYIDAGI OMILLARNI HISOBGA OLISH LOZIM:
STRATEGIK MAQSAD
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish
yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu firma
boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish
majburiyatidir. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi
daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aksionerlarining manfaatlariga qanday
qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga
yo’nalganlik firmaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristikalarini va
uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik
qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
KORPORATIV MAQSADGA
YO’NALGANLIKNING UCH ASOSIY
TARKIBIY QISMI
Firmaning
biznesini
aniqlash
Uning asosiy
maqsadlarini
belgilash
Korporativ
falsafani
aniqlash
KOMPANIYANING MAQSADGA YO’NALGANLIGI VA
STRATEGIYASINI IFODALASHGA TURLI TASHQI
VA ICHKI GURUHLAR TA’SIR KO’RSATADI
Ichki guruhlar
Menejerlar
Direktorlar kengashi
Aksionerlar
Yollanma ishchilar
Maqsadni belgilash
Biznesni aniqlash
Bosh tizimlar
Biznes falsafasi
Tashqi guruhlar
Iste’molchilar
Hukumat
Kasaba uyushmalari
Raqobatchilar
Vazifa va mavqeidan kelib
chiqib strategiyani ifodalash
Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar
qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir
bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday
boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim
deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim
natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi,
investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning
o’lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning
obro’sini,
beqaror
iqtisodiyotda
ishlay
olish
qobiliyatini,
diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, iste’molchilarga xizmat
ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga
olishi mumkin.
TASHKILOT STRATEGIYASI
bu kompaniyaning turgan joyidan erishmoqchi bo’lgan joyiga qanday qilib o’tkazish mumkin, degan masalani yechish
haqidagi yo’riqnomadir.
Odatda strategiya 4 ta darajada ishlab chiqiladi:
Korporativ
strategiya
Ishbop
strategiya
Funksional
strategiya
Amaliy
strategiya
Korporativ strategiya – kompaniya va uning
faoliyat yo’nalishlari bo’yicha umumiy strategiya
Ishbop strategiya – kompaniyaning har bir
yo’nalishi uchun strategiya
Funksional strategiya – kompaniyaning har bir
funksional tuzilmasi uchun strategiyasi
Amaliy strategiya – asosiy tuzilmalar: zavodlar,
savdo shaxobchalari va bo’limlar uchun
STRATEGIYANI ISHLAB CHIQISHNING ASOSIY
TASHKILIY POG’ONALARI.
Korporatsiya miqyosi
Bo’linmalar miqyosi
Funksional miqyosi
Quyi pog’ona menejerlari
(dala komandirlari)
STRATEGIYANI IJTIMOIY TALABLARGA
MOSLASHTIRISH QUYIDAGILARNI
NAZARDA TUTADI:
Jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish
Ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini tartibga solish
Tartiblashtiruvchi me’yorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur harakatlarni o’z vaqtida
amalga oshirish
Aksiyadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash
Jamiyatda kompaniyaning fuqarolik pozitsiyasini ta’minlash
G’ALABA QOZONISH STRATEGIYASI
Agar strategiya kompaniyaning ahvoliga mos
bo’lsa, raqobat ustunligi yaratilsa, ishni
yaxshilashga yarasa - bunday strategiya
g’alaba qozonish strategiyasi deyiladi.
G’oli
bon
a
stra
tegiy
ani
ng
bel
gilari
Moslik darajasi mezoni
Raqobat kurashida ustunlik mezoni
Ishning jadalligini oshirish mezoni
Dostları ilə paylaş: |