1. Ma’lumotlarni normallashtirish Normal formalar



Yüklə 9,47 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü9,47 Kb.
#199522
1   2   3
1. Ma’lumotlarni normallashtirish Normal formalar Normallashtiri-fayllar.org

Funksional bog‘liqlik. Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo‘lsa, jadvalning B maydoni xuddi shu jadvalning A maydoniga funksional bog‘lan- gan deyiladi. Aytib o‘tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo‘lishi mumkin.

To‘liq funksional bog‘liqlik. B maydon agar A ga funksional bog‘liq bo‘lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog‘liq bo‘lmasa, A tashkil qiluvchiga to‘liq funksional bog‘liq bo‘ladi.

Ko‘p qiymatli bog‘liqlik. Agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo‘lsa, A maydon xuddi shu jadvalning B maydonini ko‘p qiymatli aniqlaydi.

Normal formalar

Birinchi normal forma:
Jadval, qachonki uning qatorlaridan hech biri o‘zining istal-
gan maydonlarida bittadan ortiq qiymat saqlamasa va uning birorta ham kalit maydoni bo‘sh bo‘lmasa, birinchi normal for- mada (1NF) bo‘ladi.

Ikkinchi normal forma:
Jadval, agar u 1NF ta’rifini qanoatlantirsa va uning barcha birinchi kalitga kirmaydigan maydonlari birinchi kalit bilan to‘liq funksional bog‘langan bo‘lsa ikkinchi normal formada (2NF) bo‘ladi.


Uchinchi normal forma:
Jadval, agar u 2NF ta‘rifini qanoatlantirsa va uning birorta ham kalit bo‘lmagan maydonlari boshqa istalgan kalit bo‘lmagan maydonlariga fuksional bog‘liq bo‘lmasa, uchinchi normal for- mada(3NF) bo‘ladi.


Boys-Kodd normal formasi:
Jadval, qachonki uning maydonlari orasidagi har qanday funksional bog‘lanishdan mumkin bo‘lgan kalitdan to‘liq funk- sional bog‘lanish kelib chiqsa, Boys-Kodd normal formasida (BKNF) bo‘ladi.


Beshinchi normal forma:
Jadval, qachonki uning har bir to‘liq dekompozitsiyasining barcha proeksiyalari mimkin bo‘lgan kalitni saqlasa, beshinchi normal formada (SNF) bo‘ladi.



Yüklə 9,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin