1. Markaziy bankning valyuta siyosati mohiyati «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»


Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllari



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə2/2
tarix19.05.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#116946
1   2
1 Markaziy bankning valyuta siyosati mohiyati «O’zbekiston Resp

2. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllari


Markaziy bank foyda olish maqsadida faoliyat yuritmaydi. Lekin qonunda uning xarajatlari o’ z daromadlaridan qoplanishi qayd etilgan. Markaziy bank budjet tashkiloti hisoblanmaydi.
Amaliyotdan ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va shu orqali mamlakatda narx barqarorligiga erishishdan iborat.
Markaziy bankning valyuta siyosati shu bosh maqsadga erishishning muhim vositasidir.
Markaziy bankning valyuta siyosati deganda uning valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish sohasidagi tadbirlarining majmuyi tushuniladi.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
– diskont siyosati; – deviz siyosati:

  1. valyuta intervensiyasi;

  2. devalvatsiya;

  3. revalvatsiya;

  4. valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash.

Diskont siyosati – bu Markaziy bankning hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan milliy valyuta kursiga va to’ lov balansining holatiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan valyuta siyosatidir.
Markaziy bankning diskont siyosati kapitallarning davlatlararo harakatini jadallashtiradigan muhim vositadir. Ammo ushbu qoidani MDH davlatlariga nisbatan qo’ llab bo’ lmaydi. Valyutalarning konvertirlashtirish muammosini to’ laqonli hal etilmaganligi kapitallarning erkin harakat qilishidagi jiddiy to’ siqdir. Shuning uchun bu mamlakatlarda hisob stavkasining o’ zgarishi kapitallarning harakatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olishi va sotishi valyuta intervensiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta intervensiyasidan ko’ zlangan maqsad valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’ zgartirish imkoniga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat qila olmaydi. Shu sababli, valyuta intervensiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
valyuta intervensiyasi rasmiy oltin- valyuta zaxiralari yoki markaziy banklarning banklararo «svop» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
Intervensiyaning psixologik effekti katta ahamiyatga ega: Markaziy bankning operatsiyalarining oshkoralik darajasi qanchalik yuqori bo’ lsa, valyuta bozoridagi subyektlar organlarining tazyiqiga shunchalik darajada bo’ ysunishini taxmin qilish mumkin.
Devalvatsiya – milliy valyuta kursining qonuniy asosda pasaytirilishidir. Uning yuzaga kelishiga quyidagi ikki omil sabab bo’ ladi:

  • eksportni rag’ batlantirish zarurligi;

  • milliy valyutaning rasmiy kursi bilan uning real xarid quv-vati o’ rtasida sezilarli farqning paydo bo’ lganligi.

Devalvatsiyani mamlakat to’ lov balansi yomonlashganda va mamlakatga import oqimi kuchayganda amalda qo’ llash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etish mumkin.
Revalvatsiya – lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, milliy valyutani xalqaro hisob-kitob pul birliklari sanalgan chet el valyutalariga (SDR, EKYU) nisbatan qadrini oshirishdir.
Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’ llaniladi. Masalan, Yevropa davlatlarining valyutalariga nisbatan qo’ llash mumkin. Revalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’ lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’ lov balansining aktiv bo’ lishi hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon bozorida juda raqobatbardoshligidir. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo’ llanilgan.
valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash deganda bir vaqtning o’ zida bir nechta valyutada rezervlar tashkil qilish tushuniladi. Bu valyuta rezervlarining tarkibi barqaror valyutalar hisobiga yangilanadi. Masalan, hozirgi kunda Germaniya markasi, Yaponiya iyeni, Shveysariya franki devalvatsiya quroli hisoblanmoqda.
Hozirgi kunda valyuta siyosatining iqtisodiy konyunkturaga va pul massasiga ta’sirchanligini oshirish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Ushbu dolzarb masalani hal qilishiga ko’ maklashish uchun, birinchidan, Markaziy bankning svop operatsiyalarini rivojlantirish, ikkinchidan, eksportga yo’ naltirilgan korxonalarga chet el valyutasida kreditlar berish va ularni rag’ batlantirish zarur.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarining asosiy qismi svop operatsiyalariga to’ g’ ri keladi. Svop operatsiyalarining pul bozoriga ta’siri sezilarlidir. Markaziy bank tijorat banklaridan svop bitimlari bo’ yicha chet el valyutasini, masalan, AQSH dollarini sotib oldi. Bunda u banklar ixtiyoriga Markaziy bank pullarini ma’lum davrga berib qo’ yadi. Aksincha, u svop bitimi bo’ yicha banklarga AQSH dollarini sotdi, unda mamlakat pul bozori ma’lum vaqtgacha ancha likvidlikdan mahrum bo’ ladi.
Markaziy bank valyuta siyosatining muhim jihatlaridan biri shundaki, u orqali kredit institutlarining likvidligiga ta’sir etishning muhim usullaridan biri garov evaziga ssudalar berish bilan bog’ liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdir. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga Markaziy bankning chet el valyutasidagi aktivlaridan vaqtinchalik foydalanish huquqi beriladi. Aktivlarning o’ zi esa Markaziy bankning mulki bo’ lib qolaveradi, shu sababli unga foiz hisoblanadi.
Markaziy bank xo’ jaligidagi taklif va holatlarning tarkibiga asoslanib, shuningdek «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’ g’ risida»gi Qonunning qoidalariga muvofiq o’ z faoliyatining maqsadlari, ustuvor yo’ nalishlarini tanlaydi, pulkredit siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi. Ular qo’ yilgan maqsadlarga erishishning muayyan usullari, dastaklari hamda vositalarini tanlashda aniqlanadi.
Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirish jarayonida kreditlar va pul massasi miqdorlarining zarur darajada kengayishini ta’minlashga harakat qiladi.
Markaziy bank hukumat bilan munosabatlarga kirishadi hamda jahon amaliyotga muvofiq uning bankiri, fiksal agenti hisoblanib, mamlakat rasmiy oltin- valyuta zaxiralarini saqlab, xalqaro hisobkitoblarda zaxira aktivi va kafolat-sug’ urta fondi vazifasini bajarish uning asosiy yo’ nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’ tish joizki, O’ zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati o’ ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi tabiiy.
Hozirgi vaqtga kelib barcha rivojlangan mamlakatlar valyuta cheklovlarini mutlaqo bekor qilgan. Qisman valyuta cheklovlari qolgan davlatlarda esa bu jarayon davom etmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979-yildan beri valyuta cheklovlari mutlaqo yo’ q.
Erkin suzuvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni rag’ batlantirishda namoyon bo’ ladi. Uning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Shu bilan birga, Markaziy bank o’ zining balansidagi valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilishi lozim. Bu ham valyuta siyosatiga ta’sir etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta siyosati pul bozoriga sezilarli darajada ta’sir qilish imkoniyatiga ega emas. Chunki birinchidan, u yetarli miqdorda chet el valyutasidagi rezervlarga endigina ega bo’ lmoqda; ikkinchidan, haqiqiy ma’nodagi pul bozorining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgani yo’ q.
O’ zbek so’ mining hozirgi vaqtda cheklangan ichki konvertirlikka ega ekanligini va respublika valyuta bozorining holati O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosatining maqsadi va yo’ nalishlarining o’ ziga xosligini yuzaga keltiradi. Bu o’ ziga xoslik, eng avvalo, so’ mning AQSH dollariga nisbatan kursini barqarorlashtirish va ichki valyuta bozorini rivojlantirish valyuta siyosatining birlamchi vazifalaridan ekanligida namoyon bo’ ladi.
Mamlakat oltin- valyuta rezervlarining to’ liq Markaziy bank balansiga o’ tkazilishi bilan uning valyuta siyosati ta’sirchanligi oshadi. Shu bilan birga, 1995-yil 1-yanvardan boshlab markazlashgan resurslarni eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlari to’ liq Markaziy bankka sotilayotganligi uning valyuta bazasini yanada
(maksimal) mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayni vaqtda, Xalqaro valyuta Fondi tomonidan respublikamizga 160 mln AQSH dollari miqdorida reabilitatsion zayomning berilishi va uning asosiy qismi valyuta birjasi orqali realizatsiya qilinishi Markaziy bank valyuta siyosati ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Respublikada valyuta bozorini rivojlantirish sohasidagi jiddiy tadbirlardan yana biri – tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ ullanuvchi korxonalarni ro’ yxatdan o’ tkazish va chetga chiqariladigan mahsulotlar uchun ruxsatnoma berish tartibining ancha soddalashtirilganligi bo’ ldi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasidagi amalga oshiradigan asosiy vazifalaridan biri mamlakatda tijorat xarakteridagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo’ lib qolmoqda. Buning uchun esa valyuta bozorini rivojlantirish lozim. Chunki har qanday turdagi valyuta operatsiyasi – svop, forvard, valyutaviy opsionlar va fyucherslar bilan bog’ liq operatsiyalar pirovard natijada spot bozorining likvidligiga bog’ liq. Agar valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida erkin ayirboshlanadigan valyutalar bo’ yicha to’ liq likvidlik ta’minlansa, ya’ni barcha talablar muvofiq ravishda o’ z vaqtida qondirilsa, bu milliy valyuta – so’ mning qadrini oshirishga xizmat qiladi.
Markaziy bankning valyuta siyosati orqali muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish imkoniyatini kuchaytiruvchi muhim omillardan biri tashqi savdo aylanmasini o’ sish tendensiyasiga ega ekanligidir. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida ushbu omilning ahamiyati juda katta. Chunki xalqaro savdo respublika to’ lov balansining joriy operatsiyalar bo’ limining mutlaq asosiy qismini tashkil etadi va to’ lov balansining umumiy hajmida katta salmoqni egallaydi.
Respublikamizda valyuta tizimidan soliq olishning bekor qilinishi va uning o’ rniga valyuta tushumining 30 %i vakolatli banklarga hamda markazlashgan eksportdan tushgan tushumning 100 %ini Respublika Markaziy bankiga majburiy sotish joriy etilganligi tashqi savdo omilining Markaziy bank valyuta siyosatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
Shunday qilib, valyuta siyosatining asosiy richagi bo’ lgan valyuta bozorini respublikada rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • valyuta va tashqi savdo tizimini yanada liberallashtirish. Va-kolatli banklar imkon qadar erkin ayirboshlanadigan valyuta qo’ shimcha resurslar jalb qilishga, shu jumladan jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi jamg’ armalarini rag’ batlantirish orqali harakat qilishlari lozim. Bunga erishish uchun esa, birichidan, valyuta sohasidagi xizmat turini ko’ paytirish lozim; ikkinchidan, xizmat xarajatlarini kamaytirish, uchinchidan, xorijiy valyutadagi depozitlar uchun bank tomonidan to’ lanadigan foiz stavkalarini qayta ko’ rib chiqish kerak;

  • korrespondent munosabatlarni rivojlantirish. Milliy valyutadagi korrespondent aloqalarni rivojlantirish bevosita xalqaro savdo aloqalariga milliy valyutamiz – so’ mdan keng miqyosda foydalanishga asos bo’ ladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo tizimi va oliy darajada qulayliklar yaratilishini ko’ zda tutuvchi bitimlar imzolagan davlatlarning xo’ jalik yurituvchi subyektlari bilan milliy valyutada tovarlar, ish va xizmatlarni eksport va import qilish uchun respublikamiz korxona va tashkilotlar tomonidan shartnomalar imzolanishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin