1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
M.A.



Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti talabasi ABDULLAYEV MURODJON sotib olish 
tamoillari fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu : Ulgurji va chakana savdo 
Reja : 
1. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY
BOSQICHLARI
2. Ulgurji savdo
3. Chakana savdo
KIRISH 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot qaror 
topdi. Jamiyat hayotida bozor munosabatlari va bozor iqtisodiyotining amal qilishi haqidagi 
bilimlarga talab va qiziqish sezilarli oshdi. Hayotning o‘zi bozor haqida bilimlarni o‘zida jamlagan 
va shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan uyg‘unlashgan darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarni yaratishni kun tartibiga qo‘ydi. O‘quvchilar hukmiga taqdim etilayotgan “Marketing” 
fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti talabalariga uzoq yillardan buyon o‘qitib 
kelinayotgan “Marketing” o‘quv kursi doirasida shakllangan ma’ruzalar va o‘quv-uslubiy 
ishlanmalarga tayangan holda va soha mutaxassislari, fanni o‘rganuvchilarning bildirgan fikrlarini 
hisobga olgan holda tayyorlangan. 
O‘quv qo‘llanmaning tarkibi marketing fani va undagi bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan 
puxta o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib shakllantirilgan. Shuningdek, jahondagi yetakchi 
mutaxassislar va darsliklarda qabul qilingan mantiqiy ketma-ketlikka amal qilingan. Har bir 
mavzuda uning o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga qaratilgan takrorlash savollari, amaliy 
topshiriqlar, tayanch iboralar elementlari keltirilgan. Bozorni o‘rganish, undagi qonuniyatlar, 
tendensiyalar va yuzaga kelgan vaziyatlarni yoritish uchun o‘quv qo‘llanmada jadval, diagramma, 
grafik, rasm va amaliy elementlardan keng foydalanilgan. “Marketing” o‘quv kursini chuqurroq 
o‘zlashtirish uchun o‘quv qo‘llanmada o‘rganuvchilar e’tiboriga asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar 
tavsiya qilingan. 


O‘quv qo‘llanma kitobxonlar keng ommasini, birinchi navbatda talabalar, mutaxassislar, umuman 
bozor haqidagi bilimlar bilan qiziquvchilarni marketing sohasidagi muhim nazariy tushunchalar va 
amaliy xatti-harakatlar bilan yaqindan, batafsilroq tanishtirishni ko‘zlagan. 
Har bir mavzuni yoritishda marketing sohasida shakllangan nazariy bilimlar va jahon tajribasini 
milliy iqtisodiyot bilan bog‘lashga harakat qilindi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida qabul 
qilingan marketing sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat statistika qo‘mitasining davriy 
statistik to‘plamlaridan foydalanildi. 
O‘quv qo‘llanmani yozish jarayonida uning mazmuni Toshkent moliya institutida o‘qitilib 
kelayotgan ta’lim yo‘nalishlarida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirildi. 
Jumladan, mazkur o‘quv qo‘llanma institutning bakalavriat bosqichidagi 5230200“Menejment”, 
5230300-“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil 
olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Muhtaram o‘quvchi, qo‘lingizdagi kitob marketing o‘quv kursi 
bo‘yicha tayyorlanganlik o‘quv qo‘llanmalaridan biri bo‘lganligi sababli ayrim kamchiliklardan xoli 
bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun muallif kitobning tuzilishi va mazmuni bo‘yicha bildiriladigan 
xolisona mulohaza va takliflarni bajonu dil qabul qiladi va ularni kitobning kelgusi nashrlarini 
tayyorlashda albatta e’tiborga oladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin