1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206
M.A.

Marketing tariflari 
Muallif
Tariflar
Kotler Filipp 
Marketing – ayirboshlash orqali iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini 
qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatidir. 
Abramishvili G.G. 
Marketing – bugungi kunda ishbilarmon operatsiyalarni olib borishning 
o‘ziga xos falsafasidir. 
Braverman A.A. 
Makro darajada marketing bozor muhitini shakllantirish instrumenti 
sifatida ishtirok etadi. Mikro darajada esa korxonalarning bozor muhitini 
tashkil qilish tizimi hamda investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlovchi 
instrument sifatida talqin etgan. 


Amerika 
Marketing 
Assotsiatsiyasi 
Marketing – narx shakllantirish, g‘oyalarni siljitish va amalga oshirish, 
tovar va xizmatlarni ayirboshlash orqali sotish natijasida alohida shaxslar 
va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan jarayon. 
Evans Dj.R. 
Marketing –bu iste’molchilar va tashkilotlarning tovar va xizmatlarga 
bo‘lgan talabini ko‘ra bilish, boshqarish va ayirboshlash orqali 
qondirishdir. 
Pashkus Yu.V. 
Marketing – kompleks tushuncha. U insonlar va mamlakatlar o‘rtasida 
bo‘ladigan barcha ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni o‘z ichiga 
olib, iste’molchilarning xohish va talablarini qondirishga 
yo‘naltirilgandir. 
Svalbe X. 
Marketing tovar aylanishi siyosati doirasida barcha faoliyatni o‘z ichiga 
oluvchi jarayondir. 
Nishlag R., Dixtl.E., 
Xershten X. 
Marketing iste’molchilar talabiga bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatini yo‘naltirishdir. 
Marketing bir paytni o‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir. 
Lamben J.J. 
Marketing – bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, odamlar va tashkilotlarning tovar 
va xizmatlarga bo‘lgan xohish va talablarini erkin raqobatli sharoitda 
qondirish jarayonidir. 
Marketing – bu kompaniya imkoniyatlari va iste’molchilar zarurati, 
talabining mosligini ta’minlash jarayonidir. 
Golubkov E.P 
Marketing keng ma’noda ijtimoiy boshqaruv jarayoni bo‘lib, u orqali 
alohida shaxslar va odamlar guruhi mahsulotlarni ishlab chiqish va 
ayirboshlash orqali o‘zlariga kerak bo‘lgan tovar va xizmatlarni oladilar. 
Sankt Peterburg 
Davlat Moliya 
Iqtisod Universiteti 
marketing kafedrasi 
Marketing – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro ta’sir falsafasi va 
vositasi bo‘lib, ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni o‘rganish, oxirgi 
iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va 
foyda olish bo‘yicha faoliyatdir. 


Rodjer L.V. 
Marketing – ishlab chiqarish tugallangan joyda boshlanmasdan balki, 
ishlab chiqarish xarakteri va masshtabini belgilash, ishlab 
chiqarish rentabelligini ta’minlash, muhandislik - texnik imkoniyatlarni 
inobatga olgan holda sotuv imkoniyatlarini belgilashdan boshlanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, marketing sohasidagi qarorlar ishlab chiqarish 
va kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liqdir. 
Meffert X. 
Marketingning zamonaviy, umumlashtirilgan va keng ma’nodagi talqini 
marketingni ayirboshlash jarayonidagi ikki shaxs o‘rtasidagi kelishuvga 
o‘xshatilishidir. 
Marketing – bukorxonalarni bozorga yo‘naltirilgan holda boshqarish, 
rejalashtirish, muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishdir. 
Rayon U. 
Marketing iste’molchini o‘rganish orqali tovar va xizmatlarni yaratish
ular xohishini qondirish va talabni keng aytirishdir. 
Levit T. 
Marketingni tovar sotish bilan o‘xshatish mumkin emas. Savdo 
funksiyasi ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat bo‘lsa, 
marketingning vazifasi - bozorga iste’molchi ehtiyoj sezgan tovar va 
xizmatni olib chiqishdan iborat. 
Kulakov S.N. 
Zamonaviy marketingning mohiyati xaridorning talabini korxona 
daromadiga aylantirishdan iborat bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 
Rossiyada marketingning evolyutsion rivojlanishi bir necha bosqichda amalga oshirildi.
3
1-bosqich. 1970-yildan boshlab marketing haqida ilk ilmiy maqolalar paydo bo‘la boshladi. G. 
Abramishvili, V. Voyna, N. Gerchikova, A. Goryachev, V. Demidova, P. Zavyalov, K. Kostyuxin, I. 
Kretov, B. Solovyov, Yu.Trusov va boshqalar Rossiyada marketing nazariyasi va amaliyotini 
shakllantira boshladilar. 
2-bosqich. 1980-yillarning o‘rtalari va 1990-yillarga to‘g‘ri kelib, bu davrda marketolog olimlar 
qatori kengaydi. A.Braverman, I.Gerchikova, E.Golubkov, N.Kapustin, I.Kretov, N.Moiseyeva, 
R.Nozdrev, A.Porshnev va boshqalar bozor sharoitida marketingning ahamiyatini uni firmalar 
faoliyatiga qo‘llash samarasini o‘z ilmiy ishlarida o‘rgandilar. 
3-bosqich. 1990-yillar o‘rtalari va hozirga qadar hisoblanib, bu davr marketingning barcha sohalarga 
tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Oliy ta’lim muassasalarida marketing kafedralari tashkil qilinib
marketing bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Yirik kompaniya va firmalar faoliyati 
marketingsiz amalga oshirilmaydi, chunki bozor sharoitida iste’molchi talab va ehtiyojlarini 
qondirish, so‘ngra daromad yoki foydani o‘ylash bozor talablaridan biriga aylandi. Raqobatning 
vujudga kelishi tufayli tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’molchini 


o‘ziga jalb qilishda faollik korxona samarasining muhim omiliga aylandi. Bu davrda nazariya va 
amaliyotga yangicha qarash va yondashuvlarning paydo bo‘lishida bir qator rus olimlari ma’lum 
hissa qo‘shdilar. G. Azoyev, G. Bagiyev, D. Barkan, I. Berezin, A. Goltsev, O. Dmitriyev, V. 
Domnin, A.Yegorov, B. Zamyatin, A. Pankruxin,E. Popov, M.Sokolova va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
1.2- jadval 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin