1-маъруза : жисмоний тарбия назарияси ва усулияти предмети


Kuch mashqlarni bajarishdagi



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə17/28
tarix06.02.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#83113
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Jismoniy tarbiya nazariyasi 2

Kuch mashqlarni bajarishdagi talab1ar.
Nafas olish kuch mashqlarini bajarish vaqtida maxsus tartibda bO`lishi kerak. Mahlumki, kishi faqat zuriqqandagina, nafas chiqarish muskullari, tovush yO`li yopiq xolatda kuchlangandagina chegara kuchlanish mumkin. ZO`riqish kuch kO`rsatkichlarini oshiradi. Kuch mashqlarini bajarishda kO`ngilsiz xodisalarning oldini olish uchun bir necha asosiy qoidalarga rioya qilish kerak:
1) fakat zarur bO`lgan xollarda, qisqa vaqtli maksimal kuchlanish vaqtidagina zO`riqishga yO`l qO`yish mumkin;
2u yangi shug`ullanuvchilarga chegara va chegaraga yaqin kuchlanishli mashqlarni kO`p bermaslik kerak;
3) kuch mashqlarini bajarishdan oldin maksimal darajada chuqur nafas olmaslik kerak, bu kO`krak qafasidagi bosimni va zO`riqish vaqtida bO`ladigan O`zgarishlarni oshirib yuboradi;
4) tovush naychalari oraligi toraygan vaqtda nafas chiqarishdagi kuch kO`rsatgichlari ham zO`riqishdagi kabi bO`lganligi uchun, nafasni tO`xtatmay chiqara turib maksimal zO`r berish mumkin;
5) yangi shug`ullanuvchilar mashqning O`rtalarida, nafas olish va nafas chiqarishlarini talab etish kerak.
Kuch mashklarini bajarishda gavda xolatinish ahamiyati.
Inson namoyon qilishi mumkin bO`lgan kuch uning gavda xolatiga bog`liq. Xar bir harakat uchun gavdaning eng kO`p va eng kam kuch namoyon bO`ladigan xolatlari bor. Buni amalga oshirishni uchta yO`li bor.
Birinchi yO`l — gavdaning dastlabki xolagini tanlash. Ikkinchi yO`li —maxsus moslamalardan va amortizatorlar bilan bajariladigan mashqlardan foydalanishdir. Amorgizator va espanderlar bilan bajariladigan mashqlarning qimmati ham mana shundadir.
Uchunchi yO`li — mashqlarni kam tezlikda bajarishdir. Airim muskul gruppalarining kuchi bir —biridan farq qiladi. Turli muskul gruppalari maksimal kuchining nisbatini kuch topografiyasi Deb atash qabul qilingan. Biron bir kishidagi kuch topografiyasi xaqida tO`liq tasavvurga ega bO`lish uchun uning mumkin qadar kup muskul gruppalari kuchini O`lchash kerak. Sport bilan shug`ullanmaydigan kishilarda yuklama kuchiga qarshilik kO`rsatuvchi muskullar, qaddini va oyoqlarini rostlovchi, qO`llarni bukuvchi muskullar eng yaxshi rivojlangan bO`ladi. Agar kuch mashqlaridan mashg`ulot asosiy qismining boshlarida foydalanilsa, ularning samaradorligi kO`proq bO`ladi. Ayrim vaqtlarda, kuch mashqlarini dars asosiy qismining oxiriga kO`chirishga tO`g`ri keladi; bunda bu mashqlar shug`ullanuvchilarorganizmiga kamroq tahsir kO`rsatadi.
Xar xil sport turlaridagi trenirovka mikrotsikllarida kuch mashqlari turli kunlarda O`tkaziladi. Sportning tezkor — kuchlilik turlarida kuch mashqlarini tsiklning dam olish kunidan keyingi birinchi kunidayoq O`tkazish tavsiya qilinadi. Kuch mashqlari mashg`ulotlari chastotasi qator faktorlarga, shug`ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog`liqdir. Tajribalar yangi shug`ullanuvchilar bilan xaftada 3 mashg`ulot O`tkazish samarali bO`lishini, lekin xafgada 1, 2 yoki 5 mashgulot O`gkazish esa foydaliroq bO`lishini kO`rsatadi. Malakali sportchilarda mashg`ulotlar chastotasi ortiqroq bO`lishi mumkin.

Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin