1-маъруза : жисмоний тарбия назарияси ва усулияти предмети


Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə26/28
tarix06.02.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#83113
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Jismoniy tarbiya nazariyasi 2

Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya
Jisman etarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi.
“Har qanday mehnat bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o`ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o`zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi cnernishevskiy.
Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko`rsatgani-dek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog`liq. Aqlning o`sishi va rivojlanishi o`z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli hal qilinadiki, shug`ullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashg`ulotlariga qiziqib, tashabbus ko`rsatib ijodiy yondashsalar, organizmda harakat malakalarini to`g`ri shakllanishi, funktsional qobi-liyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo`ladi.
Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shug`ul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlangan-lik hamda soha bo`yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo`lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish ko`r-ko`ronalikka yo`l qo`ymaslikni talab qiladi. Mashg`ulotga ongli munosabatda bo`lmaslik talantni so`nishiga sabab bo`ladi. eng havflisi shug`ullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shug`ullanishgagina odat shakllanadi jamiyat uchun esa boqi-mandalar ko`payadi.
Sport trenirovkasi sirlariga sho`ng`ish, uni tushunish, shug`ullanuvchi mahoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jahon rekordlarini o`rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kura-shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa mashaqqatli mehnat, o`tkir intellekt sohibi bo`lishlik talab qilinadi.
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o`zaro bog`liqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulug` rus fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. “Men butun hayotim bo`yi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko`proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo`lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo`lim bilan bog`laganimda o`zimni juda yaxshi his qilar edim”, - deb yozgan edi ulug` rus olimi I.P. Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o`zaro uzviy bog`liq holda amalga oshirilishi lozim.



Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin