1-маъруза : жисмоний тарбия назарияси ва усулияти предмети


CHaqqonlikni rivojlantirish uslubiyati. Muskullarni ratsional bO`shashtirish va uni takomillashtirish uslubiyati



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə23/28
tarix06.02.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#83113
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Jismoniy tarbiya nazariyasi 2

CHaqqonlikni rivojlantirish uslubiyati. Muskullarni ratsional bO`shashtirish va uni takomillashtirish uslubiyati.
Xar qanday harakat mahlum mahnoda muskullardagi qO`zg`alish va bO`shashish birligining natijasidir. Harakatlarning muvaffakiyatli bajarish uchun qO`zg`alish qanchalik zarur bO`lsa, muayyan muskullarni kerakli paytda bO`shashtirish ham shunchalik zarurdir. Muskul zO`riqishi turli sabablarga kO`ra iaydo bO`lishi va uch shaklda kO`rinishi mumkin:
1) harakatsizlik sharoitida muskullardagi zO`riqish ortib ketgan;
2) bO`shashish gezligining etarlicha bO`lmasligi;
3) takomillashmagan koordinatsion harakat iatijasida bO`shashish vazifasida muskul ozmi — kO`nmi qO`zg`alganicha qoladi.
Tonik zO`riqishga qarshi kurashish.
Fiziologiyadan mahlumki, xatto kO`rinib turgan harakat aktivligi bO`lmaganda ham ozroq zO`riqish bO`ladi. Bu zO`])iqishning tabiati ikki xildir, muskulning O`zi mahlum darajada yopishqoq — chO`ziluvchan xususiyatlarga ega, muskulga deyarli xar doim impulg`slar kelib turadi.
Tonik zO`riqishga qarshi kurash muskulning elastiklik xususiyatini O`zgartirish yO`li bilan ham, harakatsizlikda namoyon bO`ladigan chO`zilish reflekslari darajasini iasaytirish yO`li bilan ham olib boriladi. Buning uchun qO`l, oyoq va gavda bilan erkin harakatlar tinidagi muskullarni bO`shashgiradigan mashqlardan foydalaniladi.
Tezkorlik zO`riqishga qarshi kurashish.
Muskulning qO`zg`algan holatdan bO`shashgan xolatga O`tish tezligi odatda bO`shashish xolatidan qO`zg`alish xolatiga O`tish gezligidan sekin bO`ladi. Muskulning bO`shashish tezligini oshirish uchun zO`riqish va bO`shashish tez almashinishini talab qiladigai mashqlardan foydalaniladi. Sakrash, uloqtirish mashqlari bunga misol bO`la oladi.
Koordinatsion zO`riqishga qarshi kurashish.
Koordinatsion zO`riqish xususiy va umumiy bO`lishi mumkin. Xususiy zO`riqish deganda biror bir harakatii O`rgatishning dastlabki etaplarida namoyon bO`ladigan zO`riqish tushuniladi. Umumiy koordinatsion zO`riqish, odatda, jismoniy mashq bilan shug`ullanmaydigan kishilarga hos bO`lib, kO`ngina kundalik harakatlarda namoyon bO`ladi. Bunday kishilarning harakatlari sekin, besunaqay bO`ladi; ular erkin harakatlar qilishga qiylanadilar.
CHaqqonlikni tarbiyalash jarayonida umumiy koordinatsion zO`riqish asta — sekin yO`qotilib boriladi. Biroq unga qarshi kurashda maxsus usullardan foydalaniladi:
1. SHug`ullanuvchilarga harakatlarni zO`riqmay, engil va erkin bajarish zarurligini tushuntirish.
2. BO`shashtirishga doir maxsus mashqlar.
Bulardan maqsad —muskullarning bO`shashgan holatini idrok qilishni va muskullarni erkin bO`shashtirishni O`rgatish. Muskullarni zO`riqqan xolatdan bO`shashgan xolatga O`tkazish uchun foydalaniladigan mashqlar — bir muskullarning bO`shashishi boshqalarning zO`riqish bilan uyg`unlashib keladigan mashqlar. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida shug`ullanuvchilarga dam olish vaqtini mustaqil ravishda aniqlash va bu vaqtda muskullarni maqsimal bO`shashtirish tavsiya qilinadi. BO`shashtirish mashqlarni bajarishda muskullarning zO`riqishi nafas olish va nafas tutib turish bilan, bO`shashtirish esa aktiv nafas chiqarish bilan mos kelishi lozim.

Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin