Metallarning ko‘pchiligi qattiq holatda magnitga tortiladilar (paramagnit). Davriy sistemaning bosh guruh metallari diamagnit (I, II va III metallari bundan mustasno, ular magnitga kuchsiz tortiladilar). Bor va berilliylar diamagnit. Bosh guruh metallarining ionlari inert gaz elektron konfiguratsiyasiga ega bo‘lganliklari uchun diamagnit.
Metallarning paramagnitizm xossasi ularning kristall panjaralaridagi erkin elektronlar hisobiga yuzaga keladi. O‘tuvchan d-metallar paramagnit (I va II qo‘shimcha guruh elementlari Cu, Ag, Au, Zn, Cd, Hg lar diamagnit) d-metallarning paramagnit xossalari, bosh guruhlar metallarnikiga nisbatan ancha yuqori va tartib raqamining ortib borishi bilan ancha ortib boradi.
d-metallarning birinchi qatorida Sc dan Mn gacha paramagnitliklari ancha ortib boradi, shu bilan bir vaqtda marganetsdan keyingi metallar Fe, Co, Ni ferromagnit. d-metallarda paramagnitizmlikning yorqin ifodalanishi, ularning panjaralari ionlardan tuzilgan bo‘lib ularda bitta toq elektronlar joylashgan orbitallarning ortib borishi bilan tushuntiriladi.
Ferromagnitizm – paramagnitizmning xususiy holi bo‘lib, agar ferromagnitli metall, magnit maydoniga joylashtirilsa, o‘zining shaxsiy maydonini cheklanmagan holda saqlash xossasi bilan xarakterlanadi.
Ferromagnitizm – faqat Fe, Co, Ni va ayrim lantanoidlar orasida uchraydi. Ferromagnitizm faqat metallarda past temperaturada namoyon bo‘ladi va metall ma’lum temperaturagacha qizdirilganda ferromagnitizm xossasi tez yo‘qoladi. Bu nuqtaga Kyuri nuqtasi deyiladi. Masalan: temir uchun Kyuri nuqtasi 7690, Ni uchun 3560S, So uchun 10750S va kadmiy uchun 160S dir.
Bu temperaturada boshqa xossalaridagi o‘zgarishlarda uzluksizlik uzilsada masalan, issiqlik sig‘imida biroq kristallik panjarada o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Diamagnitizm va paramagnitizmdan farqli ravishda ferromagnitizm va paramagnitizm, metall atomining emas, balki kristallik panjara xossasi bo‘lib hisoblanadi.
Bu temperaturada boshqa xossalaridagi o‘zgarishlarda uzluksizlik uzilsada masalan, issiqlik sig‘imida biroq kristallik panjarada o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Diamagnitizm va paramagnitizmdan farqli ravishda ferromagnitizm va paramagnitizm, metall atomining emas, balki kristallik panjara xossasi bo‘lib hisoblanadi.
Metallarning kristallik strukturasi
Aksariyat ko‘pchilik metallar quyidagi 3 ta tipdagi kristallik panjaralaridan bittasi bo‘yicha kristallanadilar.