Men+- kationining kimyoviy aktivligi, neytral atomlarning kimyoviy aktivligiga teskari proporsionaldir, ya’ni Me0 qanchalik passiv bo‘lsa, Men+ kationining aktivligi yoki oksidlovchi xossasi shunchali
Men+- kationining kimyoviy aktivligi, neytral atomlarning kimyoviy aktivligiga teskari proporsionaldir, ya’ni Me0 qanchalik passiv bo‘lsa, Men+ kationining aktivligi yoki oksidlovchi xossasi shunchalik kuchli bo‘ladi.
Men+- kationining kimyoviy aktivligi, neytral atomlarning kimyoviy aktivligiga teskari proporsionaldir, ya’ni Me0 qanchalik passiv bo‘lsa, Men+ kationining aktivligi yoki oksidlovchi xossasi shunchalik kuchli bo‘ladi.
Metall oddiy modda ko‘rinishda ishtirok etadigan hamma reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridir, bunda metall atomi qaytaruvchi rolini o‘ynaydi.
Metallarning eng muhim kimyoviy xossalari ularning suvga, kislotalarga, ishqorlarga, metallmaslarga, tuzlarga, oksidlarga, bir-biriga va qizdirishga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Masalan: ishqoriy va ishqoriy-er metallari suv bilan odatdagi sharoitda ta’sirlashadilar. Ishqorlar hosil bo‘ladi va N2 ajraladi:
Metall passivroq bo‘lsa Mg, Al, Zn, Fe… reaksiya qizdirilganda boradi:
Mg + 2H2O Mg(OH)2 ↓ + H2 ↑
3Fe + 4H2O Fe3O4 + 4H2 ↑
Kislotalar bilan ta’sirlari: deyarli barcha metallar kislotalar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
Kislotalar bilan ta’sirlari: deyarli barcha metallar kislotalar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
Zn + H2SO4 (cuyul) =ZnSO4 + H2↑
Zn +2H2SO4 (kons)= ZnSO4 + SO2 ↑ + 2H2O
Amfoter metallar kislotalardan tashqari ishqorlar bilan ham ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi va vodorod ajralib chiqadi:
2Al + 2NaOH + 6H2O = 2Na[Al(OH)4] + 3H2 ↑
Metallar tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi: agar metall aktivroq bo‘lsa, tuz tarkibidagi metallni siqib chiqaradi:
Fe + CuSO4 =FeSO4 +Cu↓
Cu + Hg (NO3)2 = Cu(NO3)2 + Hg↓
Metallar bir-birilari bilan ta’sirlashmaydilar, ammo suyuqlantirilgan metallar bir-birlari bilan aralashadilar va eritmalar hosil qiladi, ular sovuganda qotib qotishmalar hosil qiladi, metallar odatdagi sharoitda yoki qizdirilganda inert gazlardan tashqari deyarli hamma metalmaslar bilan birikadilar.