Agar fransiydan ftorgacha diagonal chiziq o‘tkazsak chiziqning chap tomon pastki uchida eng aktiv metall (fransiy) o‘ng tomon yuqori uchida eng aktiv metallmas (ftor) joylashadi
Agar fransiydan ftorgacha diagonal chiziq o‘tkazsak chiziqning chap tomon pastki uchida eng aktiv metall (fransiy) o‘ng tomon yuqori uchida eng aktiv metallmas (ftor) joylashadi.
Agar fransiydan ftorgacha diagonal chiziq o‘tkazsak chiziqning chap tomon pastki uchida eng aktiv metall (fransiy) o‘ng tomon yuqori uchida eng aktiv metallmas (ftor) joylashadi.
SHunday qilib, davriy sistemaning chap tomon pastki qismida aktiv metallar, o‘ng tomon yuqori qismida aktiv metallmaslar joylashadi. Davriy sistemada s va r metallar asosiy guruhlarda, d va f metallar esa qo‘shimcha guruhlarda joylashgan.
Metallar o‘zlaridan faqat elektron berish xususiyatiga ega bo‘lgan elementlardir. SHu sababli metallar kimyoviy birikmalarida faqat musbat oksidlanish darajalarini namoyon qiladilar. Metallar uchun manfiy oksidlanish darajasini namoyon qilish mutlaqo xarakterli emas. Metallarning eng quyi oksidlanish darajalari nolga teng.
Metalarning ion radiusi qancha katta va zaryadi qancha kichik bo‘lsa, shuncha kuchli asos xossasini namoyon qiladi. Metalning ion radiusi kichik va ion zaryadi katta bo‘lsa, metall shuncha kuchli kislota xossasini namoyon qiladi.
Masalan: Na+ - 0,98 Å Mg+2 – 0,78 Å Cr6+- 0,52 Å Kislota
Asos K+ - 1,33 Å Ca2+ - 1,06 Å Mo6+-0,65 Å xossasi
xossasi Rb+ - 1,490 Å Sr2+ -1,27 Å W6+ -0,65 Å ortadi
Metallarni chapdan o‘ngga o‘tganda standart elektrod potensiallari (E0) algebraik qiymatlarini ortib borish tartibida ketma-ket gorizantal joylashgan qatoriga metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori deyiladi.
(bu qiymatlar suvli eritmalarda o‘lchangan).
Kuchlanishlar qatoridan kelib chiqadi:
ishqoriy va ishqoriy–er metallari suvdan hamda oksidlovchi xossasini namoyon qilmaydigan kuchli va kuchsiz kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi (HCl, HBr, HJ, H3PO4, CH3COOH, H2CO3, H2S …). Bu metallarga aktiv metallar deyiladi.
-kuchlanishlar qatorida magniydan vodorodgacha o‘rtacha aktivlikdagi metallar joylashadi, ular kuchli qizdirilgan suv bug‘laridan, issiq suvdan va kuchli hamda o‘rtacha kuchdagi oksidlamovchi kislotalardan N2 siqib chiqaradi.
-kuchlanishlar qatorida N2 o‘ngda passiv metallar joylashadi, ular suvdan va hatto kislotalardan ham N2 siqib chiqara olmaydilar.
-kuchlanishlar qatorida har bir metall o‘zidan keyingi metallarni ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi.
Metallarning aktivligi ularning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorida joylashgan o‘rni bilan aniqlanadi. Kuchlanishlar qatorida metall qanchalik chaproqda joylashgan bo‘lsa, uning kimyoviy aktivligi shunchalik katta (qaytaruvchilik xossasi shunchalik kuchli) agar u oddiy modda ko‘rinishida olingan bo‘lsa.