Metallarning fizikaviy xossalari. Metallarning davriy sistemadagi o‘rni, kimyoviy xossalari.
Texnikada metallar va qotishmalar. Metallarni olishning asosiy usullari. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Korroziya, unga qarshi kurash choralari.
Davriy jadvaldagi vodorod va geliydan tashqari barcha s-, p-, d- va f- hamda ayrim elementlardan hosil bo‘ladigan oddiy moddalar metallar hisoblanadi. Davriy sistemadagi 105 ta elementdan 83 tasi metaldir. Bulardan 52 tasi tipik metallar: s, p va d- tipik metallar 24 ta: Li, Na, K, Rb, Cs, Fr, Mg, Ca, Sr, Ba, Ra, Sc, Co, Ni, Cu, Ag, Cd, Zr, La, Hg, Tl, Ac, Ru, Ns.28 ta f-metallar (4f-metallar 14 ta lantanoidlar), (5 f-metallar 14 ta aktinoidlar). Aslida lantanoid va aktinoidlar (ya’ni – oid) atamasi o‘rniga lantanid va aktinidlar deb nomlash to‘g‘riroq bo‘ladi, ya’ni shunday deb atalganda ularning kimyoviy xossalari orasida farq namoyon qilingan bo‘ladi. -oid qo‘shimchasi mutlaq o‘xshashlikni ifodalaydi lantanidlarda ham, aktinidlarda ham kimyoviy xossalari orasida keskin farqlar mavjud. SHu sababli 4f metallarni lantanidlar 5f metallarni aktinidlar deb atash maqulroq bo‘lardi.
31 ta amfoter metallar mavjud. Simobdan boshqa barcha metallar odatdagi sharoitda qattiq holda bo‘ladi. Metallar qattiq holatda qolgan barcha qattiq moddalardan (oddiy va murakkab birikmalar) o‘zlarining xarakterli xossalari bilan farq qiladilar. Metallarning fizikaviy xossalariga: optik, termik, mexanik, elektr, magnit, plastikligi, qattiqligi, zichligi, suyuqlanish va qaynash temperaturalari kabilar kiradi. Metallarning optik xossalari: yaltiroqligi va shaffof emasligidir. Alyuminiy va magniy kukun va yaxlit holatda ham yaltiroq. Boshqa ko‘pgina metallar tekis sirtli yaxlit holida bo‘lganda yaltiroq, kukun holida yaltiramaydi. Ag, Pd, Zn lar eng ko‘p yaltiroqlikka ega. Metallar o‘ziga xos mexanik xossaga ega. Ular u yoki bu darajada bolg‘alanuvchan, ulardan ayrimlari cho‘zish yoki qisishga yuqori chidamli.

Metallar oddiy sharoitda yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Bu xususiyatlar ularning kristall panjarasida atom yadrosi bilan bog‘lanmagan ko‘p sonli (1 kub sm da 1022-1023) harakatchan elektronlar mavjudligi bilan bog‘liq.
Bu elektronlarga erkin elektronlar yoki “elektron gaz” deyiladi. Metallarning “elektron gaz” ichidagi ion kristall asos (negiz) shaklida tasavvur etish mumkin. Bu kristall asos ionlarning elektrostatik itarilishiga yo‘l bermay ularni muvozanatlaydi va shu tariqa qattiq jism (metall bog‘ ) qilib bog‘lab turadi.