Gomogenlash. Biokimyoviy tadqiqotlar hujayra, to’qima, organ tarkibiy
qismlarida
joylashgan organoid yoki uning bo’lakchalarida, masalan,
membranalarida o’tkaziladigan bo’lsa, unda hujayra yoki to’qimani avval maydalash
kerak bo’ladi. Buning uchun ko’pincha to’qimani gomogenizator yordamida mexanik
parchalash usuli qo’llaniladi. Gomogenizator ko’rinishi bo’yicha shisha stakanga
o’xshash bo’lib, o’ajmlari har xil. Ushbu stakanga qaychi bilan maydalangan to’qima
bo’lagi va olinayotgan hujayralar bo’lakchasini intaktligini saqlovchi mu’it suyuqligi
(odatda sa’aroza, kaliy xlorid) solinadi. Elektr toki yordamida stakandagi
gomogenizator dastasining aylanishi natijasida hujayra membranasi parchalanadi,
struktura bo’lakchalari ajraladi. Oddiy sharoitda gomogenat to’qimani farforli
o’ovonchada shisha kukuni yoki kvarts qumi bilan maydalab olinadi.
Gomogenatlar tarkibi bo’yicha to’qima, hujayra bo’laklarining o’lchovi, shakli,
kimyoviy tuzilishi jihatidan har xil bo’lgan murakkab aralashmasidan iborat.
Biokimyoviy tadqiqotlar o’tkazish uchun ularni molekulasi bo’yicha taqsimlash va
ajratib olishda bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Sentrifugalash - suyuqlik tarkibidagi og’ir qismlarni markazdan qochuvchi
kuch ta’sirida engil qismlaridan ajratish usuli. Aralashmadagi og’irligi katta bo’lgan
bo’lakchalar birinchi navbatda cho’kadilar. Ular ajratib olingach, cho’kma usti
suyuqligini (superNKatant) qayta katta tezlikda sentrifugalab, boshqa qimslarini ham
ajratish mumkin. Aralashmadagi komponentlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladigan
sentrifugalashni preparativ sentrifugalash deb atalib, undan qonning shaklli
elementlarini ajratishda, siydikdagi hujayralarni cho’ktirib, ajratib olishda va boshqa
maqsadlarda foydalaniladi.Klinik-biokimyoviy laboratoriyalarda qo’llaniladigan
kichik o’ajmdagi sentrifugalarning maksimal tezligi daqiqasiga 6000 aylanishdan
oshmaydi. Maxsus biokimyoviy tadqiqotlarda oqsillar va nuklein kislotalarning
molekula og’irligini aniqlashda o’lchovi va zichligi bo’yicha farqlanuvchi
zarrachalarni bir-biridan taqsimlashda yuqori tezlikdagi ultrasentrifugalar (aylanish
tezligi daqiqasiga 70000 gacha) qo’llanganligi uchun analitik sentrifugalash deb
ataladi.
Zarrachalar cho’kish tezligi markazdan qochish kuchini ortishi bilan o’lchanadi. U g
(gravitatsiya doimiyligi 980 sm∙s-2) birligida ifodalanadi. Amaliyotda g har bir
ultrasentrifugani nomogrammasida ko’rsatilgan qo’llanma bo’yicha tuziladi.
Masalan, qon shaklli e’lementlari 300-400 g da 20-30 daqiqa sentrifugalanganda
cho’kadi va o’.k. Differentsial sentrifugalash yordamida sub’ujayra qismlari - yadro,
mitoxondriya, lizosomalar, mikrosomalar va boshqalar ajratiladi.
Tahlil usullari. Elektroforez deb tashqi elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan
zarralarni taqsimlanishiga aytiladi. Elektroforez biologik eks’erimentlarda, klinik
meditsinada qon oqsillari va peptidlari, ayniqsa, qon zardobini tahlil qilishda
qo’llaniladigan zamonaviy usul hisoblanadiZaryadlangan zarralar o’lchovi va
zaryadining katta-kichikligiga qarab elektr maydonida har xil tezlikda
harakatlanadilar, bu esa ularni o’zaro ajralib, taqsimlanishiga olib keladi.
elektroforezni ikkita asosiy turi bo’lib, frontal va zonal usullarga bo’linadi, ulardan
keyingisi ko’proq tarqalgan. Bunda oqsil eritmasi bufer eritmasiga yu’qa qavat
ko’rinishda joylashtiriladi. Elektroforez davomida har xil oqsil molekulalari alohida
fraktsiyalarga bo’linadi. Bu fraktsiyalarni alohida-alohida ajratib, osonlik bilan kesib
olinadi. Zonal elektroforezni asosi sifatida filtr qog’ozi tasmasi, atsetiltsellyuloza,
kraxmal
kukuni,
agar,
poliakrilamid
geli
va
boshqa
materiallardan
foydalaniladi.Hozirgi vaqtda biologik va tibbiy tadqiqotlarda maxsus a’’arat
poliakrilamidli gel elektroforezi ko’proq ishlatilmoqda. Fraktsiyalarga bo’lingan
moddalarning foregrammasi kumassi ko’ki, bromfenol ko’ki yoki amidoshvarts 10 V
eritmasida 20-30 daqiqa ushlanadi va miqdori ular bo’yalgan bo’yoqning quyuqligiga
qarab aniqlanadi, ya’ni har xil oqsilni bo’yoq bilan bog’langan ko’rsatkichi shu
oqsilning miqdoriga to’g’ri pro’ortsional.
Xromatografiya. Xromatografiya har xil aralashmalarni o’z tarkibiy qismlariga
taqsimlanishini o’rganadi. Xromatografiyaning asosan to’rt turi mavjud.
a) Informatsion kolonkali xromatografiya - bu usul ion ko’rinishida bo’lgan
eruvchi moddalarni taqsimlashda qo’llaniladi. Usulni harakatsiz va harakatli fazalari
farqlanib, harakatsiz fazasi asosini ion almashuvchilardan iborat bo’lgan organik
polimerlar - smolalar tashkil etadi.
b) Suyuqlikli xromatografiyada harakatsiz faza o’RNKida mikrosko’ik zarralar
qo’llaniladi. Bu usul katta tezlikka ega bo’lib, qisqa vaqt oralig’ida deyarli har qanday
birikmani taqsimlay oladi.
v)
Taqsimlovchi
xromatografiyada
aralashma
tarkibidagi
moddalar
radikallarining katta-kichikligi, funktsional (gidrofil) guruhlarining bor-yo’qligi,
harakatli va harakatsiz eritmalarda har xil erishiga qarab o’z individual
komponentlariga
taqsimlanadilar.Xromatografik
qog’oz
tasmasining
pastki
chegarasidan 1 sm yuqoriga bir tomchi tekshirilayotgan modda tomizilib, tagida
harakatlanuvchi eritma, ko’pincha, organik eritma saqlagan xromatografiya
kamerasiga joylashtiriladi. Kamera atmosferasidagi suv bug’lariga to’yingan modda
harakatsiz (polyar) eritmani hosil qiladi. harakatlanuvchi eritma yuqoriga o’zi bilan
birga gidrofob moddani olib harakatlanadi, gidrofil moddalar esa suvda erigani uchun
startda qoladi. har bir moddani bo’yalgandan shng individual Rf lari o’lchanadi yoki
standart modda bilan identifikatsiya qilinadi.Optik usullar. Fotokolorimetrik usulda
tahlil
qilishda
tekshirilayotgan
eritma
rangining
ravshanlik
darajasi
(kontsentratsiyasi) avvaldan ma’lum bo’lgan standart eritma rangi bilan solishtiriladi.
Kolorimetrik aniqlashda miqdori o’lchanayotgan moddaning boshqa modda bilan
rangli birikma hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Olingan eritma rangini
jadalligi bo’yalgan moddaning miqdoriga to’g’ri pro’ortsional. Rang jadalligi
qanchalik ko’p bo’lsa, optik zichlik ham shunchalik yuqori bo’ladi. Grafik
bog’liqlikni aniqlashda abtsissa o’qiga mol’/l (S) da modda miqdori, ordinata o’qiga
esa eritmaning optik zichligi (D) qo’yiladi. Uslubni qo’llash uchun D va S
ko’rsatkichlari o’rtasida pro’ortsional bog’liqlik bo’lishi shart.
Spektrofotometrik tahlil usulida eritmadagi yoki qattiq muhitdagi moddaning nur
yutishi ma’lum to’lqin uzunligiga to’g’ri kelishi aniqlanadi. S’ektrofotometrni qo’llab
s’ektrni ko’zga ko’rinadigan (600 dan 1100 nm), ultrabinafsha s’ektr qismida (220
dan 650 nm gacha) ishlash mumkin.
Biologik birikmalarning tuzilishi, almashinuvi va vazifalarini o’rganish uchun
kimyo, fizik-kimyo, matematika, fiziologiya usullari bilan bir qatorda biologik
kimyoning o’zining xususiy tadqiqot usuli – fermentativ tahlil usuli ham bor. Bu usul
amaliy tibbiyotda, farmasiya va ilm-fanning turli shalarida hamda xalq xo’jaligida
keng qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |