1-Ma’ruza. Biokimyo va molekulyar biologiya fanining predmeti va
vazifasi.
Reja:
1. Biokimyo fanining predmeti va vazifalari va fanning rivojlanish tarixi
2. Biokimyo faninig asosiy yo’nalishlari va boshqa fanlar bilan
bog’lanishi.
3.
Biokimyoviy tadqiqotlar va ularning uslubi.
Tayanch iboralar: Biologik kimyo, Dinamik biokimyo, Statistik biokimyo,
Funksional biokimyo, M.V.Lomonosov, A.,
F., N. I. Zinin, M. Bertlo, A. M. Butlerov,
A. Ya. Danilevskiy, Ye., V. Ingrem.
1.1. Biologik kimyo fanining predmeti va vazifalari. Biologik kimyo –
barcha tirik organizmlarda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o’rganuvchi fan. Bu
jarayonlar
organizmlarda, uning to’qima va a’zolarida, hujayra hamda uning
tarkibidagi tuzilmalar (strukturalar)da doim sodir bo’lib turadigan moddalar va
energiya almashinuvidan iborat. Moddalar almashinuvini o’rganishdan oldin turli
organizmlar tarkibida o’zgarib turadigan moddalar bilan tanishib chiqish zarur.
Biologik
kimyo fani oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar,
vitaminlar
hamda anorganik birikmalarning kimyoviy
tuzilishlari, xossalari, ularni
organizmning turli qismlarida, jumladan, hujayra va uning elementlarida
tarqalishi,
joylashishini o’rganish bilan shug’ullanadi. Biologik kimyo tadqiqot ob’ektiga ko’ra
odam va hayvonlar biokimyosi, o’simliklar biokimyosi va mikroorganizmlar
biokimyosiga bo’linadi.
Biologik kimyo biologiya va kimyo fanlari oralig’idagi bir soha bo’lganligi
uchun u shu ikki fanning ma’lumotlari va g’oyalariga asoslanadi. Bu fan alohida fan
sifatida biologiya va kimyo fanlarining ma’lum rivojlanish bosqichida paydo bo’lgan.
Biologik kimyo haqidagi dastlabki tushuncha mashxur fransuz olimi Lavuaz’e (1743-
1794) ning XVIII asr oxirlarida olib borgan tajribalaridan boshlangan deb
hisoblanadi. Uning oksidlanish va bu jarayonda kislorodning o’rni haqidagi klassik
tadqiqotlari tanadagi “yonish” hodisasining kimyoviy asosini aniqlashga olib keldi.
Lavuaz’e bu reaksiyada kislorod yutilib, karbonat angidrid ajralib chiqadi va issiqlik
hosil bo’ladi, degan xulosaga kelgan edi.O’rta asrning buyuk allomasi va tabibi Abu
Ali ibn Sino (980-1037) o’zining “Tib qonunlari” asarida tibbiyotda qo’llaniladigan
kimyoviy
moddalarning tasnifini, tananing “suyuq”ligi va siydik tarkibidagi
moddalarni aytib o’tgan.
Insonlarning kasalliklar sababini tushunish va unga qarshi dori izlashga bo’lgan
tabiiy intilishlari tirik organizmlarda kechadigan jarayonlarga qiziqish uyg’ota bordi.
Farmasevtika amaliyotida biokimyo yangidan-yangi o’rinlarni egallamoqda.
Jumladan, biologik katalizatorlar bo’lgan – fermentlar sanoatda dori moddalari
(masalan, steroid gormonlar)ni sintez qilishda qo’llanilmoqda. Gen injeneriyasi usuli
yordamida tabiiy dori preparatlarini ishlab chiqarishning istiqbolli yo’llari ko’rib
chiqilmoqda. Mikroorganizmlar biokimyosini bilish aminokislotalar,
nukleotidlar,
nukleozidlar, vitaminlar, antibiotiklar kabi dori preparatlarini sanoatda ishlab
chiqarishning qulay va iqtisodiy jihatdan samarali usullarini yaratish imkonini berdi.
Fermentlardan analitik reagent sifatida foydalanib dorilarni tez va o’ziga xos
(spesifik) tahlil qilish usullari ishlab chiqildi.
Amaliyotda dorilarning ta’sir mexanizmlarini bilish katta ahamiyatga ega.
Hujayraning ferment sistemasi tomonidan dorilarning o’zgarishga uchrashini
o’rganish qo’llaniladigan dorining me’yorini, uning
organizmda almashinuvini
boshqarish va ta’sir etuvchi moddaning tabiatini, ya’ni uning samarasi dastlabki
moddaning ta’sirimi yoki uning almashinuv mahsuloti ekanligini tushunish
imkoniyatini beradi.