qonuniyatlari topilishi, umumlashtirib, xulosalar chiqarilishi lozim.
Faktlar
o‘rganilayotgan va umumlashtirilayotganda ular yetarli yoki birbiriga zid bo‘lishi
va uzilkesil xulosalar chiqarish uchun asos bermasligi mumkin. Bunday holda
kuzatishlar davom ettirilishi kerak. Takroriy kuzatish chog‘ida olingan
ma’lumotlar asosida avval chiqarilgan xulosalar shubha ostiga olinishi va eng
oldingipotezaga, kuzatishni tashkil etishga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Kuzatish o‘z sog‘lig‘i, ahvolini kuzatish harakteridagi o‘zo‘zini nazorat
qilish formasida bo‘lishi mumkin. O‘zo‘zini kuzatish jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanish jarayonida ham, ulardan so‘ng mashqlarning organizmga ta’sirini
o‘rganishda ham qo‘llaniladi. Bunda faqat sub’ektiv sezgilargagina emas,
balki
ob’ektiv ma’lumotlar: puls ko‘rsatkichi, qon bosimi va boshqalarga ham qarab ish
tutish lozim. O‘zo‘zini kuzatish ma’lumotlarni maxsus kundalikka yozib qo‘yilishi
va tahlil qilinishi kerak.
E
ksperimental metodlar.
Tipik sharoitlarning o‘zgarishi darajasiga
ko‘ra tabiiy va laboratoriya eksperimenti farq qilinadi.
Tabiiy eksperimentda mashg‘ulotlar odatdagi shartsharoitdan chetga chiqmasdan
o‘tkaziladi, agarda chetga chiqilsa, juda kam bo‘ladi.
Laboratoriya eksperimenti maxsus sharoit yaratishda va boshqa ta’sirlarni bartaraf
qilish, tasodifiy hollarga chek qo‘yish va zarur materialni yig‘ishni
to‘xtatmaslikdan iborat.
Eksperimentlar muayyan faktlar yoki bog‘likliklarni aniqlash —
absolyut (mutlaq) eksperimentga erishish maqsadida ham o‘tkazilishi mumkin.
Ayrim
eksperimentlarning
maqsadi
ko‘rsatkichlarni
(jismoniy
tarbiya
vositalarining samaradorligi, ta’lim usullari va boshqalar) qiyoslashga qaratilgan.
Bunday eksperimentlar qiyosiy deb ataladi.
Eksperiment o‘tkazishdan oldin. vazifalarni aniqlab olish, tadqiqot
rejasini, ishchi ginotezani tuzish, eksperiment mashg‘ulotlari
metodikasini,
faktlarni qayd etish va qayta ko‘rib chiqish metodikasini ishlab chiqish zarur.
Qiyosiy eksperimentlarda ikki yoki bir necha turdagi guruhlar (jinsi,
yoshi va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha) ishtirok etadi. Ulardagi mashg‘ulotlar
o‘zining birorbir omili bilan (masalan, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda
yordamchi
mashqlarning
kiritilishi)
farqlanadi.
Eksperiment
so‘ngida
harakatlarning o‘zlashtirish bo‘yicha qaysi guruhda yuqoriroq natijaga erishilgani
aniqlanadi.
Eksperiment mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan guruhni eksperimental
guruh deb ataladi. Odatdagi metodika (umumiy qabul qilingan, an’anaviy)
bo‘yicha shug‘ullanadigan guruh kontrol guruh deb ataladi.
Eksperiment natijalari juda ishonchli bo‘lishi uchun almashma
eksperiment degan sxema qo‘llaniladi. Masalan, birinchi eksperimentda bir guruh
birinchi metodika, ikkinchisi ikkinchi metodika bo‘yicha shug‘ullanadi.
Ikkinchi
eksperimentda birinchi guruh ikkinchi metodika, ikkinchi guruh birinchi metodika
bo‘yicha shug‘ullanadi.
Uch va undan ortiq variantlar qiyoslanadigan tadqiqotlarda
eksperimentlar uch va undan ortiq bosqichda o‘tkaziladi va shu tarzda
variantlardan birining afzalligi aniqlanadi.
Eksperiment tadqiqotlari bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Dastlab
materialni (kuzatishlar va hokazo) yig‘ish metodikasini qo‘llash eksperiment
mashg‘ulotlari metodikasini aniqlash bo‘yicha izlanish eksperimenti tashkil etiladi.
Shundan so‘ng tasdiqlovchi eksperiment o‘tkaziladi. Masalan, harakat
ko‘nikmalari, jismoniy sifatlar, shuningdek, tajriba
va kontrol guruhdagi
bolalarning jismoniy tarbiya haqidagi bilimlari rivojlanishining darajasi
tekshiriladi. Shundan so‘ng o‘rgatuvchi tarkib toptiruvchi eksperiment o‘tkaziladi
va mashg‘ulotlar o‘tkazishning ishlab chiqilgan metodikasi tekshiriladi. Tajriba
mashg‘ulotlarini o‘tkazish davomida kuzatishlar olib boriladi, foto, video va
boshqalar yordamida harakat texnikasi qayd etiladi. Kuzatish ma’lumotlari
bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Eksperiment tugagandan so‘ng bolalar tasdiqlovchi eksperimentda
ko‘zda tutilgan parametrlar bo‘yicha qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kuzatish
ma’lumotlari miqdor va
sifat jihatdan tahlil qilinadi, statik (matematik) jihatdan
ishlab chiqiladi.
Eksperiment o‘tkazilgandan so‘ng xulosa va tavsiyalarni amalda
tekshirish tashkil etiladi. So‘nggi bosqichda olingan natijalar bolalar muassasalari
ishiga tatbiq qilinishi lozim.
Matematik metodlar. Eksperiment materiallari to‘plangach, ta’sir
etuvchi faktorlar ta’sirida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishidagi
individual natijalar chiqarilgan xulosalarning to‘g‘riligini aniqlash (statik jihatdan
aniq umumiy ma’lumotlar olish) maqsadida matematik jihatdan qayta ishlanishi
kerak. Eksperiment natijalariga ko‘ra ko‘pincha ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi
funksional bog‘lanish o‘rnatishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday holda korreksiya,
regressiya metodlari va dispersion analiz qo‘llaniladi. Matematik qayta ishlash
ma’lumotlari jadvallar, diagrammalar va grafik holida keltirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: