6. Jismoniy tayyorgarlik natijasida nimaga erishiladi?
7. Jismoniy rivojlanish jarayoni qanday ko‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi?
8. Jismoniy tarbiya nazariyasi qanday fanlar turkumiga kiradi?
9. Jismoniy tarbiya nazariyasi fani o‘zida qaysi fanlarni mujassam etgan?
10. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
sabablarini ochib bering.
11. “Jismoniy tarbiya tizimi” deganda nimani tushunasiz?
12. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi nimadan iborat?
13. Jismoniy tarbiya tizimi tushunchasiga nimalar kiradi?
14. Jismoniy tarbiya tizimi maqsadi nimalarga asoslangan?
15. Jismoniy tarbiya tizimi vazifalariga ta’rif bering.
16. Tarbiyalash vazifasining mohiyatini ochib bering.
Bolalar jismoniy tarbiyasi
texnologiyasi
fanining tadqiqot metodlari.
REJA:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasida tadqiqot metodlari.
2. Pedagogik tadqiqot metodlari ta’rifi.
3. Eksperimental metodlar tasnifi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‘rganadigan masalalar
doirasi keng. Shuning uchun tadqiqot olib borishda
faqat pedagogik metodlar
emas, balki aralash fanlar sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, bioximiyada va
tibbiyotda foydalaniladigan metodlar ham qo‘llaniladi.
Jismoniy tarbiya
nazariyasida nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik tekshiruv va tajriba
metodlaridan foydalaniladi.
Nazariy tahlil va umumlashtirish metodlari. Har qanday tadqiqot adabiy
manbalarni o‘rganish, tahlil va umumlashtirishdan boshlanadi. Buning uchun
tadqiqotchi bibliografiya bilan tanishadi va o‘ziga tahlil qilish uchun zarur adabiy
manbalarni tanlab oladi, so‘ng ularni o‘rganish rejasini tuzadi, yozib olish va tahlil
qilish metodikasini o‘ylab oladi.
Nazariy tadqiqotlar uchun bu metodning o‘zi kifoya kilishi mumkin.
Shu tariqa
jismoniy tarbiya nazariyasining u yoki bu masalasiga qarashlar qay tarzda
rivojlanib borganini kuzatish mumkin (masalan, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
tuzilishining konkret tarixiy sharoitlarga ko‘ra o‘zgarib turishi).
Eksperimental tadqiqotlar uchun adabiyotlarni o‘rganishda qaysi
masalalar o‘rganib chiqilgan, ular qay darajada yoritilgan
va ulardan qaysilari
yanada asoslanishni va tajribada sinab ko‘rishni talab qilishini aniqlash zarur.
Jismoniy tarbiya nazariyasiga oid ko‘plab muhim ma’lumotlarni maktabgacha
tarbiya muassasalari xodimlari tuzgan turli hujjatlarni analiz qilish paytida topish
mumkin (masalan, haftalik ish rejasi, jismoniy trabiya mashg‘ulotlari,
ertalabki
gimnastika, harakatli o‘yinlarning borishi, pedagogik kengash bayonnomalari va
boshqalar). Bu hujjatlarni tahlil qilish chog‘ida aniqlangan ma’lumotlar ishchi
gipoteza sifatida (eksperimental tadqiqotlarning nazarda tutiladigan natijalari)
foydalanilishi mumkin.
Faktlarni yig‘ishda anketa va so‘roq varaqalaridan ham foydalanish
mumkin. Anketalarda savollar «ha» yoki «yo‘q» degan kisqa javoblar olinadigan
qilib qo‘yiladi. So‘roq varaqalaridagi javoblar
batafsil tarzda keltiriladi, masalan,
kishining yoshi, ish tajribasi, ma’lumoti, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
sharoitining xarakteristikasi va boshqalar. Har ikki holda ham javoblar yozma
bo‘lishi lozim. Anketalar va so‘roq varaqalari ko‘proq tadqiqotning boshlanishida
qo‘llaniladi va ular yordamchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tadqiqotchini qiziqtirgan materiallar oldindan ishlab chiqilgan reja
bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat vaqtida ham yig‘ilishi mumkin.
Savollar bemalol
berilishi va atroflicha javob olinadigan tarzda bo‘lishi kerak. Masalan, tarbiyachi
boladan: «Sen to‘g‘ri tura olasanmi? Qanday turishni ko‘rsatchi. Qani endi aytchi,
qanday qilib to‘g‘ri turish kerak?» deb so‘raydi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: