1.3-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABT funksional sxemasi.
bu yerda x(t) – kirish signali; y(t) – chiqish (rostlanuvchi yoki boshqariluvchi)
kattalik; x
b
(t) – boshqariluvchi
kattalikning berilgan qiymati; ∆x=x
b
(t)–y
yt
(t) –
boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymatdan chetlashishi yoki og‘ishi; F(t) –
qo‘zg‘atuvchi signal yoki ta’sir; y
tb
(t) – asosiy teskari bog‘lanish signali; y
0
(t) –
maxalliy teskari bog‘lanish signali; x
p
– boshqaruvchi,
rostlovchi kattalik yoki
signal.
1 – topshiriq beruvchi element. Boshqarish maqsadiga muvofiq keladigan
boshqarish signallarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
2, 2' – taqqoslovchi yoki solishtiruvchi element. Bunda bir necha signal mutloq
(absolyut) qiymati bo‘yicha solishtiriladi.
3, 4 – kuchaytiruvchi va o‘zgartiruvchi element.
Bu boshqarish maqsadiga
muvofiq signallarni kuchaytirish va o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
5 – ijro etuvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq boshqaruv
obyektiga ta’sir etuvchi signalni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
6 – boshqarish obyekti. Bu
boshqarish maqsadiga muvofiq, o‘z holatini
o‘zgartirishi kerak bo‘lgan har qanday
fizik tabiatli jarayonlar, qurilmalar va
hokazolar bo‘lishi mumkin.
7 – mahalliy teskari bog‘langan element yoki korrektlovchi qurilma. Bu
tizimning dinamik xususiyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.
8 – asosiy teskari bog‘lanish elementi yoki axborot datchiklari deyiladi. Bu
tizimda bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida teskari bog‘lanish zanjiri orqali ma’lumot
olish uchun mo‘ljallangan (1.4-rasm).
1.4-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABT soddalashtirilgan funksional sxemasi.