Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi
— bu tizimda boshqarish vazifasini bir
qismi avtomatik boshqarish
qurilmasida bajariladi, bir qismi (ayniqsa, muhim va
murakkab qismi)ni esa inson bajaradi.
Qurilma (tizim)ning ishlash algoritmi
— bu qurilma (tizim)da texnik
jarayonni to‘g‘ri bajarilishi haqida yetakchi buymqlar majmui.
Boshqarish obyekti (BO)
- texnik jarayonni amalga
oshiruvchi va ishlash
algoritmini amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan tashqi ta’sirga muhtoj
qurilma (qurilmalar majmui), moslama yoki jarayon. Boshqarish obyekti - zaruriy
holatni ta’minnlashi kerak (1.3-rasm).
1.3-rasm. Boshqarish obyekti.
ABNda boshqarish
obyekti istalgan texnik obyekt, texnologik jarayon,
shuningdek, sodda ABT bo‘lishi mumkin.
Istalgan obyekt tashqi muhitning obyektga ta’siri,
rostlagichli boshqarish
signalining ta’siri, obyektning o‘zida jarayonlarni belgilovchi kattaliklar qatorida
tavsiflanadi.
Та’sir
deb tashqaridan obyektga ta’sir etuvchi kattaliklarga aytiladi (1.3-rasm).
Ta’sirlaming ikki turi mavjud:
1.
Boshqaruv ta’siri
«(boshqaruv signali, boshqaruvchi kirish kattaligi) - bu
boshqaruvchi qurilma tomonidan ishlab chiqiluvchi (yoki
inson tomonidan
beriluvchi) ta’sir.
2.
G‘alayon f
- boshqarish tizimiga bog‘liq bo‘lmagan obyektga ta’sir.
G'alayon yuklamaga - bu tizimning ishlashiga bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sir va
halaqitga - obyektda qo‘shimcha ko'rinishda bog‘liq bo‘lgan zararli tashqi ta’sirlarga
boMinadi.
Ta’sirlar uch jihatdan quyidagilarga bo‘linadi: energetik (energiyani
o‘zgartirish va uzatish), metabolik (kattalikning shakli va tarkibini o‘zgartirish),
axborot - energetik va metabolik hosil bo‘lgan har bir ta’sirlar bir vaqtni o‘zida
axborot bo‘ladi.
Boshqarish obyektining ishlashini tavsiflovchi o'zgaruvchilarga - chiqish
kattaliklari у (bular barchasi fizik kattaliklar) deyiladi. Ba’zida
ulami tizimning
chiqish koordinatalari deb nomlanadi (1.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: