ABTda jarayonlarni o‘rganishda muhim jihatlardan biri bu axborotdir. Bu
jarayonlar signal o‘zgartirgichlar hisoblanadi.
Signal -
bu muayyan fizik kattaliklarni o‘zgarishi. Obyektning o‘zida
o‘zgarishlarni tavsiflovchi kattaliklarga
ichki kattalik yoki obyekt holati
deyiladi.
Ular ichidan obyekt holatini tavsiflovchi va atayin o‘zgartiriluvchi yoki doimiy
ushlab turiluvchi -
boshqarish kattaligini
alohida keltirish mumkin.
Kundalik hayotimizda biz har xil jarayonlami boshqarishga duch kelamiz.
Masalan, korxona faoliyatini, harbiy operatsiyalarni, transport vositalarini va
hokazo. U yoki bu jarayonni oldiga qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltirishga boshqarish
deyiladi.
Har qanday jarayonni boshqarish quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat. Buni
sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin
1.4-rasm. Boshqarish bosqichlari:
I - boshqarish maqsadi; II - boshqarish to‘g‘risida axborot; III - taqqoslash,
tahlil etish va qaror qabul qilish; IV — qabul qilingan xabarni bajarish.
Boshqarish jarayonini hamma bosqichlarini bajarilishini ta’minlaydigan texnik
vositalar to‘plamiga
boshqarish tizimi
deyiladi.
3)AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARNING SXEMALARI:
1. Funksional sxema
2. Strukturaviy sxema (model)
3. Prinsipial sxema
Dostları ilə paylaş: