1-ma’ruza. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Reja



Yüklə 388,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü388,18 Kb.
#124019
1   2   3   4   5   6
TTB 1-ma\'ruza

Funksional sxema 
Bu sxema tizimning qanday elementdan tashkil topganini bildiradi. Unda har 
bir elementga mos ravishda shu elementning nomi yoki u bajaradigan funksiyasining 
nomi keltiriladi. Oddiy avtomatik boshqarish tizimlarining funksional sxemasiga 
misol qilib, kirish va chiqish kattaligi bitta bo‘lgan bir o‘lchamli tizimni keltiramiz 
(1.3-rasm). 


1.3-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABT funksional sxemasi. 
bu yerda x(t) – kirish signali; y(t) – chiqish (rostlanuvchi yoki boshqariluvchi) 
kattalik; x
b
(t) – boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymati; ∆x=x
b
(t)–y
yt
(t) – 
boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymatdan chetlashishi yoki og‘ishi; F(t) – 
qo‘zg‘atuvchi signal yoki ta’sir; y
tb
(t) – asosiy teskari bog‘lanish signali; y
0
(t) – 
maxalliy teskari bog‘lanish signali; x
p
– boshqaruvchi, rostlovchi kattalik yoki 
signal.
1 – topshiriq beruvchi element. Boshqarish maqsadiga muvofiq keladigan 
boshqarish signallarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
2, 2' – taqqoslovchi yoki solishtiruvchi element. Bunda bir necha signal mutloq 
(absolyut) qiymati bo‘yicha solishtiriladi. 
3, 4 – kuchaytiruvchi va o‘zgartiruvchi element. Bu boshqarish maqsadiga 
muvofiq signallarni kuchaytirish va o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
5 – ijro etuvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq boshqaruv 
obyektiga ta’sir etuvchi signalni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
6 – boshqarish obyekti. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq, o‘z holatini 
o‘zgartirishi kerak bo‘lgan har qanday fizik tabiatli jarayonlar, qurilmalar va 
hokazolar bo‘lishi mumkin.
7 – mahalliy teskari bog‘langan element yoki korrektlovchi qurilma. Bu 
tizimning dinamik xususiyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.
8 – asosiy teskari bog‘lanish elementi yoki axborot datchiklari deyiladi. Bu 
tizimda bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida teskari bog‘lanish zanjiri orqali ma’lumot 
olish uchun mo‘ljallangan (1.4-rasm). 
1.4-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABT soddalashtirilgan funksional sxemasi. 



Yüklə 388,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin