2.Fizikaviy tushunchalar. Fizikaviy o'lchashlar, fizikaviy kattaliklar. Fizikada aniq o'lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini ifoda etadi va ularni aniq miqdoriy tomonidan o'lchash mumkin.
Fizik kattaliklarni o'lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy belgilanadi.
Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik kattaliklarni aniq o'lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi.
Fizikaviy jism- bizni o'rab turgan borliqning ixtiyoriy ob'ekti yoki predmeti.
Modda - fizikaviy jismni tashkil etuvchi barcha narsa.
Fizikaviy tajriba - jismlar bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlarni kuzatish yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o'rganish.
Fizikaviy asbob - fizik kattaliklarni o'lchash va tajribalarni o'tkazish uchun mo'ljallangan maxsus qurilmalar.
Fizikaviy qonunlar - barcha hodisalar va jarayonlar o'zaro bir – biri bilan bog'langan holda sodir bo'ladi. Kuzatish va tajriba yo'li bilan bu bog'lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan umumiy xarakterga ega bo'lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashkil etadi. Barcha fizikaviy hodisalarni tekshirishda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi.
Fizikaviy hodisa. Fizikaviy hodisa yoki fizikaviy jarayon deb, berilgan jismlarda vaqt o'tishi bilan ma'lum qonuniyatlar asosida sodir bo'ladigan o'zgarishlarga aytiladi. Bu o'zgarishlar o'lchov vositasida miqdoriy baholanadi.
Har qanday fanni asosiy maqsadi, shu jumladan, fizikani, bizning sezish organlarimiz orqali qayd qilinuvchi murakab hodisalarni sistemaga keltirish sifatida ko'rilishidir, ya'ni, “bizni o'rab turgan olam” ni tartibga solishdir.
Bizni o'rab turgan olam, bizning atrofimizdagi bevosita sezgilarimiz orqali aniqlanuvchi barcha mavjud narsalar materiyadan iboratdir.
Materiya – bu bizga xissiyotimiz orqali berilgan ob'ektiv borliq. Materiya yashashining ajralmas xususiyati va shakli bu harakatdir.
Harakat – keng man'oda – materiyaning turli tuman o'zgarishi – oddiy siljishdan murakkab fikrlash jarayonigacha.
Fizika faniga qat'iy tarif berish ancha murakkabdir, chunki fizika bilan boshqa o'zaro bog'liq fanlar orasidagi chegaralar shartlidir.
A.F.Ioffe (1880–1960y.) fizikani, modda va maydonni umumiy xususiyatlarini hamda harakat qonunlarini o'rganuvchi fan sifatida ta'rifladi.
Hozirgi paytda, barcha o'zaro ta'sirlar, maydonlar(masalan, gravitatsion, elektromagnit, yadro kuchlar maydonlari) orqali amalga oshirilishi tan olingan.
Maydon, modda bilan bir qatorda, materiyaning mavjudlik shakllaridan birdir.
Maydon bilan modda orasidagi uzviy bog'lanishni hamda ularning xususiyatlari orasidagi farqlarni fizika kursini o'rganishimiz jarayonida ko'rib chiqamiz.