1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə5/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

1-jadval







Prokat turkumi




1

2

3

4

5

Me’yorlangan
xarakteristikalar

Oquvchanlik chegarasi


-

-

-

+

+

Vaqtincha qarshilik

-

+

+

+

+

Nisbiy cho’zilish

-

+

+

+

+

Qattilqlik

-

-

-

-

+

Sferik o’yiq chuqurligi

+

-

+

+

+

Bo’rttirishga moyilligi

СВ, ВГ

СВ, ВГ, ОСВ

ОСВ, СВ, ВГ


ВОСВ,
ОСВ,


ВОСВ-Т, СВ

ВОСВ,
ОСВ,


ВОСВ-Т, СВ

Prokat qalinligi, mm


2,0 gacha


3,9 gacha


2,0 gacha


2,0 gacha


2,0 gacha




2-jadval

Bo’rttirishga moyilligi


ВОСВ

ВОСВ-Т

ОСВ

СВ

ВГ

Oquvchanlik chegarasi т, N/mm2, ko’p











emas

185

175

195

205

-

Vaqtincha qarshilik в, N/mm2


250-
350


250-320

250-
350

250-
380


250-
390


Nisbiy cho’zilish , %, kam emas, prokat qalinligida


0,7 <

38

40

34

32

26

0,7 ≤

≤ 1,5

40

42

36

34

28

1,5 <

≤ 2

42

44

40

38

29

2 <

≤ 3,9

-

-

42

40

30




HR15T




0,5 <

≤ 0,8

76

75

76

78

-

HR30T

0,8 <

≤ 1,7

51

45

51

53

-

HRB

1,7 <

≤ 2

46

43

46

48

-

usuliga ko’ra sovuq prokatlangan va issiq prokatlangan bo’lib bo’linadi. Sirt sifati yuqori bo’lmaganligi sababli issiq prokatlangan listli prokat avtokuzovsozlikda deyarli qo’llanilmaydi. Ushbu standartga ko’ra prokat quyidagicha bo’linadi:

  1. cho’zilishga vaqtincha qarshilikning kichik qiymati bo’yicha mustahkamlik guruhlariga (belgilanishda “B” harfi ko’rsatiladi): К260В, К270В, ОК300В, К310В, К330В, К350В, ОК360В, ОК370В, К390В, ОК400В, К490В.


Dastlabki harflar quyidagi ma’nolarni beradi: K – sifatli po’lat, ОК – odatiy sifatli po’lat; raqamlar cho’zilishga vaqtincha qarshilik ning kichik qiymatini N/mm2 da ko’rsatadi;


  1. bo’rttirishga moyilligi bo’yicha ikki turga: Г – chuqur bo’rttirish uchun, Н – normal bo’rttirish uchun. Bo’rttirishga moyillik faqat 2 mm gacha qalinlikdagi


sovuq prokatlangan prokatning К260В, К270В, К310В, К330В, К350В


mustahkamlik guruhlari uchun tartiblanadi.
Mahsulot turlari va sirt pardozlash sifati bo’yicha bo’linish ГОСТ 9045-93 dagi kabi bo’ladi.
Har bir mustahkamlik guruhlari uchun po’lat markalari 3-jadvalda berilgan.
3-jadval

Mustahkamlik guruhi


Po’lat markasi


К260В

08кп

К270В

08пс, 08, 10кп, 10пс, 10

К310В

15кп, 15пс

К330В

15, 20кп

К350В

20пс, 20

К390В

25, 30

К490В

35, 40, 45, 50

ОК300В

Ст1, Ст2 (kisloroddan tozalashning barcha darajalari)

ОК360В

Ст2 (kisloroddan tozalashning barcha darajalari)

ОК370В

Ст3пс, Ст3сп

ОК400В

Ст4 (kisloroddan tozalashning barcha darajalari),
Ст5пс, Ст5сп

Sortament uchun standart (ГОСТ 19904-90) eni 500 mm va undan ortiq listli sovuq prokatlangan prokatni tartiblaydi, bunga ko’ra listlar 0,35-5,0 mm qalinlikda va rulonlar 0,35-3,5 mm qalinlikda tayyorlanadi. Standart qalinligi, eni va uzunligi bo’yicha qator o’lchamlarni, ushbu o’lchamlarning chekli og’ishlarini, prokatning tekisligini, qirralari tabiatini (kesilgan, kesilmagan) va b. xarakteristikalarini (to’lqinsimonlik, o’roqsimonlik, teleskopsimonlik va b.) tartiblaydi.


Listli kam uglerodli po’latlarning shtamplanishi, ya’ni, materialning berilgan deformatsiya darajasigacha plastik deformatsiyalanishi, kerakli shaklni olishi va bunda buzilmasligi listli kam uglerodli po’latlarning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Standartlar bilan aniqlanuvchi, yuqorida sanalgan xarakteristikalardan po’latning shtamplanishiga eng ko’p ta’sir o’tkazuvchi ko’rsatkichlarga uning bo’rttirishga moyilligi, kimyoviy tarkibi, strukturasi, sirt sifati va qalinligi kiradi.
Po’lat tarkibidagi uglerod uning shtamplanishiga katta ta’sir o’tkazadi. Uglerod miqdorining ortishi bilan po’latning mustahkamligi ortadi va plastikligi pasayadi, bunda shtamplanish yomonlashadi. Shuning uchun, juda murakkab bo’rttirish hollarida po’lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,1 % dan ortmasligi lozim, nochuqur bo’rttirish va bukish uchun esa uglerod miqdori 0,15-0,2 % ga yetishi va undan ko’proq bo’lishi mumkin.
Nometall qo’shilmalardan erkin sementit shtamplanuvchanlikka eng ko’p salbiy ta’sir o’tkazadi, u ferrit zarralari chegaralari bo’ylab joylashadi va shtamplash paytida po’latning uzilishlariga sabab bo’ladi. ГОСТ 9045-93 ferritli zarralar o’lchami va erkin sementitning po’latdagi tarkibini tartiblaydi.
Oxirgi paytda avtomobil massasini kamaytirish maqsadida yuqori mustahkamlikka ega po’latlardan foydalanish tobora keng qo’llanilmoqda. Bular uzilishga vaqtinchalik qarshilik ko’rsatish qiymati 400 MPa dan ziyod bo’lgan kam uglerodli po’latlardir. Shu bilan birga ularning plastikligi yetarlicha yuqori (
20 %), bu esa ularning yuqori shtamplanuvchanligini ta’minlaydi. Legirlovchi elementlarning yig’indi tarkibi bo’yicha yuqori mustahkamlikli po’latlarni kam legirlangan po’latlarga kiritish mumkin. Ushbu po’latlar tarkibiga kam miqdorda marganes, kremniy, alyuminiy, vanadiy, niobiy, titan, nikel, mis va azot kiritiladi.
Mexanik xususiyatlarning optimal darajasi kompleks legirlash bilan ta’minlanadi, bunda po’lat tarkibiga bir nechta legirlovchi elementlar kiritiladi.
Kuzovsozlikda 08ГСЮТ, 08ГСЮФ, 07ГСЮФ markali po’latlar eng ko’p qo’llaniladi. Ushbu po’latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xususiyatlari 4jadvalda keltirilgan.
4-jadval

Po’lat markasi




Kimyoviy tarkibi, %






Mexanik xususiyatlari


C

Si

Mn

Ti

Al

Cr

V

,
MPa

,
MPa


,
%


Qattiqlik,


HRB

08ГСЮТ

0,08

0,45

0,9

0,06

0,05

0,1

-

350

450

28

55-74

08ГСЮФ

0,08

0,45

0,9

0,06

0,05

0,1

0,06

300

400

28

55-72

07ГСЮФ

0,07

0,4

0,75

0,06

0,05

0,3

0,04

300

292-
440

26

55-74

Ushbu po’latlar tarkibiga, shuningdek, nikel (~0,1 %) va mis (~0,15 %)


kiradi.
Yuqori mustahkamlikli po’latlarning alohida guruhini ikki fazali (ferritmartensit) po’latlar tashkil qiladi. Ba’zi ikki fazali po’latlarning boshlang’ich holatdagi kimyoviy tarkibi va mexanik xususiyatlari 5-jadvalda keltirilgan. Solishtirish uchun 08кп po’latining mexanik xususiyatlari berilgan.
Ushbu po’latlarning asosiy afzalliklariga berilgan mustahkamlik bilan bir qatorda, yuqori plastiklik va deformatsion puxtalanishning yuqori ko’rsatkichlari kiradi. Ular oquvchanlik chegarasi ning cho’zilishga mustahkamlik chegarasi ga nisbatining past qiymatlariga, shuningdek, deformatsiyaning kichik (~5 %) darajalarida puxtalanish xususiyatiga ega. Bu po’latlar uchun keng mustahkamlik intervali – 400 dan 1000 MPa gacha qiymatlar xosdir. Po’latlarning boshlang’ich holati uchun т/ в nisbatning past qiymati bo’rttirishning ОСВ, СВ va ВГ turkumlariga mos keluvchi, yaxshi shtamplanish xususiyatlarini belgilaydi.
Ikki fazali po’latlar bahosi odatdagi listli po’latlardan 35-40 % ga yuqori bo’ladi.

5-jadval

Po’lat markasi




Kimyoviy tarkibi, %




Mexanik xususiyatlari


т/ в


C

Mn

Si

Al

V

Cr

,
Mpa


,
Mpa


, %

06Г2СЮ

0,06

1,7

0,5

0,03

-

-

295

570

22,0

0,51

06Г2СФЮ

0,06

1,7

0,5

0,03

0,06

-

330

620

18,0

0,53

06ХГСЮ

0,06

1,0

0,6

0,03

-

1,0

300

615

17,0

0,48

03ХГЮ

0,03

1,0

0,2

0,03

-

1,0

260

520

20,5

0,5

08кп

0,08

-

-

-

-

-

243

387

32

0,62

Oxirgi vaqtda, avtomobilsozlikda alyuminiyli qotishmalarni qo’llash kengaymoqda. Bu holat ularning kichik solishtirma og’irligi, yaxshi mustahkamlik xarakteristikalari, korroziyabardoshligi, qoniqarli texnologik xususiyatlari bilan izohlanadi.


Avtokuzovsozlikda, asosan, Al-Cu, Al-Mg, Al-Mg-Si, Al-Mg-Mn tizimli listlar, lentalar, profillar ko’rinishida ishlab chiqariladigan alyuminiyli qotishmalar qo’llaniladi. Ilg’or avtomobil korxonalari kichik seriyali avtomobillar kuzovlarini ishlab chiqarishda alyuminiyli qotishmalardan foydalanadilar. Alyuminiyli qotishmalarni keng qo’llash, ularning nisbatan yuqori narxi va bir qator texnologik qiyinchiliklar sababli imkonsiz bo’lib turibdi.


Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin