4-MA’RUZA Shtamplash texnologiyasi va jihozlari (shtamplar). Presslar qatorlari Reja:
Shtamplash operatsiyalarining turlari.
Bo’rttirish shtampining ishlash prinsipi va konstruksiyasi.
Yakuniy operatsiyalar shtamplari haqida ma’lumotlar.
Jihozlar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari.
1. Shtamplash operatsiyalarining turlari Kuzov detallarini tayyorlash list prokatni shtamplash usuli bilan amalga oshiriladi. Shtamplash operatsiyalarining nomlanishi ГОСТ 18970-84 da keltirilgan. Ushbu standartga ko’ra shtamplash operatsiyalari bo’laklash va shakl hosil qilish operatsiyalari deb farqlanadi.
1-rasm. Asosiy bo’laklash operatsiyalari sxemalari: a – kesib tushirish (otrezka); b – chiqindi bilan bo’laklash; v – chiqindisiz bo’laklash; g – teshish (virubka); d – bir yonlama kesish (nadrezka); e – prokolka; j – o’yib tushirish (probivka); z – kesib tashlash (obrezka); i – tozalash (zachistka); k – teshish (visechka); l – teshib o’tish (prosechka) (1 – tirak, 2 – puanson, 3 – siqish shaybasi (prijim), 4 – boshlang’ich zagotovka); 5 – matritsa; 6 – zagotovka; 7 – chiqindi; 8 – itargich; 9 – tag plita (podkladnaya plita); 10 – ajratkich (syomnik) Bo’laklash operatsiyalariga shunday operatsiyalar kiritiladiki, bunda deformatsiyalash jarayonida zagotovka buzilishgacha yetib boradi (1-rasm).
Shakl hosil qilish operatsiyalariga shunday operatsiyalar kiritiladiki, bunda plastik deformatsiyalash jarayonida zagotovka buzilishgacha yetib bormaydi (2rasm).
Murakkab kuzov detalini tayyorlash jarayoni 10 tagacha shtamplash operatsiyalarini o’z ichiga qamrab oladi. Shtamplash jarayoni zagotovkani olish bilan boshlanadi, so’ngra zagotovka asosiy shakl beruvchi operatsiya – bo’rttirish (вытяжка) ni bajarish hisobiga tayyor mahsulot shakliga yaqin holatga keltiriladi. Shundan so’ng yakuniy operatsiyalar bajariladi.
Shtamplash jihozining zagotovka olish, bo’rttirish (3-rasm) va yakuniy operatsiyalarni bajarishda qo’llaniladigan asosiy sxemalarini ko’rib chiqamiz.