1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Yakuniy operatsiyalar shtamplari haqida ma’lumotlar



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə12/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Yakuniy operatsiyalar shtamplari haqida ma’lumotlar

Yakuniy operatsiyalar shtamplari (5-rasm) kuzov detallarini yakuniy o’lchamlariga yetkazish (доводка) uchun xizmat qiladi. Shtamplar murakkabligi kuzov detallari shakli va o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida ko’pincha bitta shtampda bir nechta operatsiya umumlashtiriladi, chunki bu holat mehnat sarfining va qo’llaniladigan presslash jihozlarining kamayishini ta’minlaydi.


Ko’pincha, bo’rttirishdan keyin texnologik qo’yim kesib tashlanadi. Keshish chizig’i, odatda, murakkab fazoviy chiziqdan iborat bo’ladi. Ushbu holat kesib tashlash shtamplari konstruksiyasining murakkablashib ketishiga olib keladiki, buning natijasida kesib tashlash operatsiyasi ikkita yoki bir nechta o’tishlardan tarkib topadi.
Bir nechta o’tishlar bilan kesib tashlashda mehnat sarfi ortadi va asosiysi, shtamplanayotgan detal aniqligi va sifati pasayadi. Bunga sabab qilib, kesib tashlashdan keyin kuzov detali bikrligining keskin pasayishi ko’rsatiladi, lekin bikrlik texnologik jarayonning yakuniy bosqichida bajariladigan flanetslarni bukish (отгибка) operatsiyasidan keyin qisman tiklanadi. Kesib tashlashdan keyin bikrligini yo’qotgan kuzov detali prujinalanish hisobiga shaklini o’zgartiradi va uni keyingi operatsiyalarni bajarish paytida kerakli holatga keltirish qiyinlashadi. Shuningdek, detal o’z shakli va o’lchamlarini operatsiyalararo tashish natijasida ham o’zgartirishi mumkin. Demak, kesib tashlash operatsiyalari qancha kam bo’lsa, shtamplanayotgan detal sifati shuncha yuqori bo’ladi.

5-rasm. Kuzov detallarini tayyorlashning yakuniy operatsiyalari uchun shtamplarning yuqorigi va pastki qismlari
Agar kesib tashlash chizig’ining bir qismi detalning vertikal yoki qiya devorchasi orqali o’tsa, u holda murakkab ponasimon shtamplar qo’llaniladi. Bunday shtamplarning kesib tashlash seksiyalari qo’zg’aluvchan sirg’algichlarda joylashadi va shtampning yuqori qismiga mahkamlangan, vertikal siljuvchi ponalar ta’sirida harakatga keltiriladi. Pona mexanizmi press sirg’algichining vertikal siljishini shtamp kesib tashlash seksiyalarining gorizontal yoki qiya siljishiga aylantirib beradi. Detallarning vertikal va qiya devorchalaridagi teshiklarni teshish uchun qo’llaniladigan puansonlarga ham shu tarzda harakat beriladi.
Kuzov detallari kesib tashlash konturining aniqligini, odatda, juda aniq hisoblab bo’lmaydi, shuning uchun uni kesib tashlash shtamplarini tayyorlashdan oldin, tajriba usulida aniqlaydilar. Detalni taxminiy hisobdan keyin, dastaki usulda kesadilar va kesish konturining to’g’riligini keyingi yakuniy operatsiyalar shtamplarini sozlash vaqtida tekshiradilar. Kesib tashlash konturi to’liq ishlanganidan va ushbu konturga ega detal etaloni tayyorlanganidan so’ng, kesib tashlash shtampini tayyorlashga kirishiladi.
To’g’rilash shtamplari yordamida kuzov detallariga ishchi chizmadagiga maksimal yaqinlashgan va eng yuqori barqaror shakl beriladi. To’g’rilash operatsiyalarining zarurligi shu bilan asoslanadiki, bo’rttirish o’tishlarini loyihalashda detal konstruksiyasiga chizmadagiga nisbatan o’zgarishlar kiritiladi, masalan, burilish radiuslari orttiriladi. Bu holda to’g’rilash operatsiyasi bevosita bo’rttirish operatsiyasidan so’ng amalga oshiriladi. Agarda, shtamplashda hosil bo’luvchi, prujinalanish va boshqa nuqsonlar natijasida detal shaklining og’ishini yo’qotish uchun to’g’rilash operatsiyasi qo’llanilsa, bu holda texnologik jarayonda, to’g’rilash operatsiyasining zarurligi va qo‘llanilish o’rnini aniqlash judayam murakkab bo’ladi.
Amalda barcha kuzov detallari ular perimetrlari bo’yicha yoki teshik konturi bo’yicha joylashgan flanetslarga ega bo’ladi. Flanetslar detal bikrligini oshirish va ularni kuzovda boshqa detallarga mahkamlash uchun xizmat qiladi (ko’proq kontaktli nuqtali payvandlash usuli yordamida). Bo’rttirish operatsiyasi davomida, odatda, flanetslarni hosil qilish imkoniyati yo’q (5, a - rasmga qarang), shu sababli, texnologik jarayonga flanetslarni hosil qilish operatsiyasi – flansovka kiritiladi. Flansovka chiziqlari (ya’ni, flanetsning detal sirti bilan kesishish chiziqlari) ham kesib tashlash chiziqlari kabi murakkab shaklga ega bo’lishi mumkin. Murakkab kuzov detallari flanetslarini birdaniga bukish uchun shtamp ishchi qismlarining turli yo’nalishlarda harakatlanishi talab qilinadi, shu sababli, flansovka shtamplarida ham ponasimon yuritma keng qo’llaniladi.

    1. Yüklə 360,31 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin