1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə52/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Yig’ishni tashkil qilish. Yig’ish marshruti va operatsiyalarini qurishda yig’ish jarayonini tashkil qilish masalalari hal qilinadi. Yig’ish oqimli va oqimsiz bo’lishi mumkin. Oqimli yig’ishning samaradorligi yuqoriroq bo’ladi. Oqimli yig’ishda ishlab chiqarish sikllari va detallarning operatsiyalararo zahiralari (zadellari) qisqaradi, ishchilarning ixtisoslashuvi ortadi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoni paydo bo’ladi, mahsulotlarning mehnat sarfi kamayadi.
Oqimli yig’ishda yig’iluvchi obyektni bir ish o’rnidan boshqasiga siljitish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
  • qo’lda (verstak bo’ylab, rolgang bo’ylab, aravachalarda);


  • mahsulotlarni faqatgina operatsiyalararo tashish uchun qo’llaniluvchi, mexanik tashuvchi qurilmalar vositasida;


  • yig’ishni bajarish uchun davriy to’xtashlar bilan konveyerda;  to’xtovsiz harakatlanuvchi konveyerda.


Oqimli yig’ish obyektni qo’zgatmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu holda ishchilar ketma-ket, bir qo’zg’almas stenddan boshqasiga o’tgan holda operatsiyalarni bajaradilar. Yig’ishning ushbu tashkiliy shaklini katta donali vaqt holida seriyali ishlab chiqarishda, ayniqsa, siljitish qiyin bo’lgan, og’ir mashinalarni yig’ish uchun qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.


Yig’ish tempi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
= ( − . . . .)/ ,
bu yerda – ish smenasining davomiyligi; . . – ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti; . . – dam olish uchun tanaffuslar vaqti; – smenada ishlab chiqariladigan mahsulotlar soni.
Obyekt qo’zg’atmasdan yig’iluvchi va yig’iluvchi obyekt bir ish o’rnidan boshqasiga siljitiluvchi, yoki mexanik tashuvchi qurilmalar, yoki davriy to’xtash bilan tashuvchi konveyerda oqimli yig’ishda operativ vaqtning summasi va ishchilarning bir stenddan boshqasiga o’tishi yoki yig’iluvchi obyektning bir ish o’rnidan boshqasiga siljishi uchun sarflanuvchi vaqt amaldagi yig’ish tempidan ortib ketmasligi lozim.
To’xtovsiz siljuvchi konveyerda yig’ishda konveyer tezligi odatda 0,25-3,5 m/min ni tashkil qiladi.
Bunda mahsulot konstruksiyasi batafsil ishlanishi va oqimli ishlab chiqarish sharoitiga mos kelishi lozim. Yig’ish qatori detallar va uzellar bilan yig’ish tempiga bog’langan holda, uzilishlarsiz ta’minlanishi lozim. Chilangarlik-moslash ishlariga faqatgina bunday ishlar vaqt bo’yicha tartibga solingan va yig’ish tempiga bog’langan bo’lsagina ruxsat qilinadi. Mahsulot elementlarini individual moslash holatida bunday elementlar yig’ishga birgalikda yetib kelishi zarur.
Oqimli yig’ish mehnat samaradorligini orttiradi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin