1-Ma’ruza. Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Reja



Yüklə 13,09 Kb.
səhifə1/4
tarix03.08.2023
ölçüsü13,09 Kb.
#138447
  1   2   3   4
1-Ma’ruza. Mavzu Bulutli texnologiyalar. Reja-fayllar.org


1-Ma’ruza. Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Reja

1-Ma’ruza.



Mavzu: Bulutli texnologiyalar.

Reja:



    1. Bulutli hisoblashlar (Cloud computing) va ularning asosiy tushunchalari.


    2. Bulutli saqlash modellari. Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari.


    3. Bulutli texnologiyalarning afzalliklari va kamchiliklari.

    1. Bulutli hisoblashlar (Cloud computing) va ularning asosiy tushunchalari.

Kerakli fayllarni axborot tashuvchi qurilmalar – disketa, kompakt-disk, flesh disk va tashqi hard-disklardan tashqari, hozirda «bulutli» servislarda saqlash kengroq tarqalmoqda. Bu turdagi xizmatlar – YAndeks.Disk, Google Drive, Dropbox lardir.


Bulutli texnologiyalar deganda nima nazarda tutiladi? Bulutli texnologiyalar (ingliz tilida cloud services, cloud technologies) – hozirgi kunda keng qamrovli atama bo‘lib, uning asosiy mazmuni – biror-bir dastur yoki dasturlar majmuasini foydalanuvchi qurilmasida emas, balki internet tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatuvchi qurilmasida ishlatgan holda ma’lum turdagi dasturiy xizmatlarni taqdim etish. Masalan: fayllarni saqlash, fayllarga ishlov berish, ma’lumotlarni tahlil qilish va hokozo. Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox — fayllarni saqlash xizmati, GoogleDocs — ofis ilovalari, SalesForce — CRM hamda ERP tizimlaridir.
Bulutli servislardan foydalanish uchun ko‘p hollarda foydalanuvchida internet tarmog‘i va brauzer bo‘lsa bas, ba’zida esa foydalanuvchi qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda qulay bo‘lishi uchun maxsus dastur ilovalar o‘rnatiladi. Masalan, Word, Excel dasturlarida qilinadigan ishlarni GoogleDocs orqali bemalol bajarishingiz mumkin, buning uchun kompьyuteringizda ofis ilovalari bo‘lishi shart emas.


Bizning yurtimizda ham bulutli xizmatlarni taqdim etib kelayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko‘payib borayotgani quvonarli holat. Ulardan biri FileCloud.uz bo‘lib, bu servis fayllarni, masalan, hujjatlar, rasm va videolar, elektron kitoblar, umuman olganda Sizga zarur bo‘lgan muhim fayllarni bulutli saqlagichda xavfsiz va barqaror saqlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu degani – endi zarur fayllarni fleshka yoki kompakt disklarda emas, ulardan hajmi ko‘p va imkoniyatlari keng bo‘lgan «bulutli» xotirada saqlashingiz mumkin.


Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan asosiy imkoniyatlari: fayllarni ko‘rsatilgan «bulutli» saqlagichda saqlash, ularni o‘z qurilmalari aro sinxronlash, fayllarni turgan joyida ko‘rish, o‘zgartirish, o‘chirib tashlash, qayta tiklash, ularni uchinchi shaxslar ko‘rishiga va o‘zgartirishiga, izohlar yozishiga ruxsat berish kabilardan iboratdir.

Yüklə 13,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin