Umumiy ma’lumotlar
Mashinalar ishlab chiqarishning o’sishi va buning natijasida ular uchun ehtiyot qismlarning ko’proq miqdorda zarurligi bitta mahsulotni yoki o’xshash tipli, bir nechta mahsulotlarni yig’ishga mo’ljallangan, maxsus, yuqori samaradorlikli mashinalar va yig’ish qatorlarini ishlab chiqish hisobiga yig’ish jihozlarining samaradorligini orttirishni talab qiladi. Ammo, ishlab chiqarish ob’yektlarining doimiy takomillashuvi, modernizatsiyasi va tezda yangilanib turishi moslashuvchan va muayyan darajada universal jihozlarni qo’llash zaruratini asoslaydi, bu esa yig’ish o’tishlarining konsentratsiyasiga va o’z navbatida yuqori samaradorlikka erishishga to’sqinlik qiladi.
Ushbu bir-biriga zid talablarni qanoatlantirish uchun optimal operatsiyalar konsentratsiyasiga ega avtomatlashtirilgan jihoz qayta sozlashni, shuningdek, yetarlicha yuqori samaradorlik bilan avtomatik qayta sozlashni, tayyorlash muddatlarining qisqaligini, past tannarxni va maqsadga muvofiq qoplash muddatlarini ta’minlashi lozim.
Jihozlarni agregatlash prinsipi, ya’ni, standart (unifikatsiyalangan) uzellardan yig’ish mashinalari va qatorlarini tuzish ushbu talabni ko’proq darajada qanoatlantiradi.
Agregatli jihoz ham xuddi maxsus jihoz kabi yuqori samaradorlikni ta’minlaydi, o’xshash maxsus jihozga nisbatan soddaroq konstruksiyaga ega bo’ladi, ham asosiy ham yordamchi operatsiyalarni oson avtomatlashtirishga imkon beradi. Yangi mahsulotni yig’ishga o’tish zarur bo’lganida agregatli jihozni qayta sozlash uchun nisbatan kamroq sarflar talab qilinadi.
Yig’ish mashinalari va qatorlarini agregatlashning afzalliklari qiyidagilardir:
Jihozni optimal texnologik jarayon bo’yicha tuzish imkoni paydo bo’ladi, chunki ushbu holda dastlab eng maqsadga muvofiq yig’ish jarayoni ishlab chiqiladi, so’ngra jihoz tayyor uzellardan komponovka qilinadi. Shu bilan birga texnologik jarayonni oldin loyihalangan jihoz imkoniyatlariga moslashtirish zarurati yo’q, ayni vaqtda maxsus yoki universal yig’ish mashinalarini qo’llashda bu ish majburiy zarurat bo’lib hisoblanadi.
Jihozni loyihalash va ishlab chiqarish muddatlari maxsus mashinalar bilan solishtirganda 6-10 marta qisqaradi.
Ishlab chiqarish ob’yektlari almashganida ham yig’ish mashinalari ko’pchilik uzellarining ko’p martalab qo’llanilishi ta’minlanadi, bu esa ishlab chiqarishni tezda qayta qurish va yig’iluvchi mahsulotlar konstruksiyalarini tez-tez takomillashtirishga imkon beradi.
Yig’ish jihozlari uzellarining konstruksiyalarini doimiy takomillashtirish, yangi, ko’proq takomillashgan bajaruvchi mexanizmlar va
avtomatlashtirish qurilmalarini kiritish bilan jarayonni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish imkoni paydo bo’ladi.
Agregatlash yig’ish, payvandlash, mexanik ishlov berish, nazorat qilish, rostlash va b. turlicha operatsiyalarni bitta yig’ish mashinasida bajarishni ta’minlaydi va bu bilan ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishga imkon beradi.
Turlicha yig’ish mashinalari va qatorlarini uzellar va detallarning cheklangan to’plamlaridan komponovka qilish ushbu uzellarni ishlab chiqarishning seriyaliligini orttiradi, ularni tayyorlashda yuqori samaradorlikli jihozlarni qo’llashga imkon beradi va buning natijasida yig’ish jihozining tannarxi sezilarli pasayadi.
Shu sababli yig’ish mashinalari va qatorlarini tuzishning agregatlimodulli prinsipi yig’ish ishlab chiqarishini avtomatlashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Rezbali shpilkalarni burash uchun unifikatsiyalangan uzellar va qurilmalardan tuzilgan, shpilkali taqsimlovchi tishli g’ildiraklar qopqog’ini yig’ish uchun mo’ljallangan yarimavtomat 1-rasmda ko’rsatilgan.
Qopqoq qo’lda o’rnatiladi va yechib olinadi, shpilkalar vibrobunkerdan uzatiladi, uzunligi bo’yicha mo’ljallanadi va pnevmoshpilkaburagich yordamida qopqoqqa buraladi. Yarimavtomat boshqa mahsulot uchun qayta komponovka qilinishi mumkin.
Ushbu jihozni qo’llash mehnat samaradorligini 1,5 marta orttirishga, yig’ishning yuqori sifatini va yig’ish mashinalari ishining yuqori ishonchliligini ta’minlashga, yig’uvchi-ishchilar mehnat sharoitini yaxshilashga imkon berdi.
Agregatli yig’ish mashinalari bir pozitsiyali va burish stollariga ega, ko’p pozitsiyali bo’lishi mumkin va konstruksiyalari nisbatan nomurakkab mahsulotlar hamda katta bo’lmagan miqdordagi yig’ish o’tishlarini bajarish uchun mo’ljallanadi.
Unifikatsiyalangan elementlarni qo’llash oddiy va o’rta murakkablikdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatlarda yig’ish-konveyerli qatorlarni tuzishga imkon beradi. Bunda mexanizatsiyalashgan asbob yordamida yoki qo’lda, katta bo’lmagan mahsulotlarni seriyali yoki yalpi ishlab chiqarish sharoitida yig’ish ishlari olib boriladi.
Bir necha o’nlab detallardan tashkil topgan murakkabroq mahsulotlarni yig’ish uchun, turli ko’rinishdagi tashuvchi qurilmalarga ega yig’ish qatorlari loyihalanadi. Yig’ish qatorlari bugungi kunda yig’ish jihozining eng takomillashgan ko’rinishi hisoblanadi.
Dastlab yig’ish qatorlari ham xuddi detallarga mexanik ishlov berish uchun mo’ljallangan avtomatik qatorlarga o’xshab qurilgan, va odatda, quyida nomlari keltirilgan, bir xil konstruktiv elementlardan tashkil topgan: kesuvchi
Yarim avtomatning texnik xarakteristikasi:
Sikl vaqti, s………………………………………….14
Burovchi moment, Nm……………………………...20-60
Birdaniga buraladigan shpilkalar soni………………8
Shpilkalar o’lchamlari………………………………M8x18, M8x22, M8x40
Tashqi o’lchamlari, mm……………………………..2000x1390x1600
Massasi, kg…………………………………………..2900
Dostları ilə paylaş: |