2-rasm. Minimal sondagi yig’ish operatsiyalarini bajarish uchun yig’ish qatori
3-rasm. Maksimal sondagi yig’ish operatsiyalarini bajarish uchun yig’ish qatori (liniyaga kiritilgan dastlabki komponovka varianti rasmning o’ng qismida punktir chiziq bilan chegaralangan)
yig’ilayotgan mahsulotlarning navbatdagi siljishi faqatgina har bir ishchi tomonidan o’tishlar to’plamining bajarilishi tugatilganidagina amalga oshadi. Natijada qator ushbu onda cheklovchi pozitsiya takti bilan ishlaydi, bu esa uning samaradorligini pasaytiradi.
Ushbu kamchilikni nosinxron taktli yig’ish qatorlari – nosinxron yig’ish qatorlari bartaraf qilishga imkon berdi (NYQ). NYQning paydo bo’lishi yig’ishni avtomatlashtirishda mikrorevolyutsiya bo’ldi. Ushbu qatorlar ham sinxron qatorlar (SQ) tuziladigan strukturaviy sxemalar asosida tuziladi.
Nosinxron yig’ish qatorlari
Nosinxron yig’ish qatorlari (NYQ) pozitsiyalari o’rtasidagi moslashuvchan bog’lanishlar bitta oqimda ham avtomatik ham qo’lda bajariladigan yig’ish operatsiyalarini jamlashga imkon beradi. Odatda, bunday qatorlar o’zaro yopiq kontur bo’yicha bog’langan, yig’iluvchi mahsulotlar joylashtirilgan “suzuvchi” yo’ldoshlarga ega, uzluksiz harakatlanuvchi tashuvchi qurilmali, alohida (modulli) ishchi pozitsiyalardan tashkil topadi. Yo’ldosh va transportyor o’rtasida bikr bog’lanishning yo’qligi, ishchi pozitsiyalar orasida bo’sh bo’shliqlarning mavjudligi pozitsiayalarning mustaqil (nosinxron) ishlashini ta’minlovchi, yig’iluvchi mahsulotlarning katta bo’lmagan zahiralarini to’plashga imkon beradi. Siljituvchi element sifatida zanjir yoki lenta, ba’zida yuritmali va gravitatsion nov (lotok) lar qo’llaniladi (4-rasm).
NYQ ning qo’llanilishi mehnat sharoitini yaxshilaydi, chunki ishchi harakatlarining mexanizmlar ishlashi bilan bevosita sinxronlashishini bartaraf qiladi va buning hisobiga ishchining charchashi va operatsiyani bajarishga ajratilgan vaqtda ishni tugata olmaslik bilan bog’liq asabiy zo’riqishlarini kamaytiradi.
Ammo NYQ ning asosiy afzalligi bo’lib, sinxron qatorlarga nisbatan samaradorlikning 10-30 % yuqoriligi hisoblanadi. Bu holat NYQ da yig’ilayotgan mahsulot pozitsiyalar orasida har bir operatsiya tugatilgani zahoti boshqa pozitsiyalardagi operatsiyalarning tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar siljitilishining amalga oshirilishi bilan izohlanadi, ishning ritmi esa – pozitsiyalararo to’plagichlarni qo’llash hisobiga (pozitsiyalararo joylashgan, katta bo’lmagan miqdordagi, yig’ilayotgan mahsulotlar joylashtirilgan yo’ldoshlar) ta’minlanadi. Boshqacha aytganda, biror positsiyada ish to’xtaganida yoki ish vaqti cho’zilib ketganida qolgan pozitsiyalarda hali birmucha vaqt davomida ishlab turish mumkin bo’ladi (oldindagi to’plagich bo’shagunicha yoki keyindagisi to’ldirilgunigacha).
Dostları ilə paylaş: |