1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Yig’ish qatorlarini tuzishning modulli prinsipi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə61/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Yig’ish qatorlarini tuzishning modulli prinsipi

Ta’riflangan nosinxron modulli transport tizimining davomiy rivojlanishi modullarni funksional bloklarga birikishiga olib keldi. Bunda ikkita asosiy blok-modul yuzaga keldi: texnologik stansiya va transport tizimining asosiy va qo’shimcha shoxalari orasida yo’ldoshlarni uzatish stansiyasi. Ushbu modullar to’liq avtonom bo’lib, har biri o’zining staninasi va mos kodli yo’ldosh tomonidan stansiyaga kirayotganida ishga tushiriluvchi boshqarish tizimiga ega.


“Texnologik stansiya” moduli (5-rasm) profillardan payvandlangan umumiy staninada joylashgan yo’ldoshlarni tranzit qilish uchun transport tizimining asosiy shoxa seksiyasi va yo’ldoshlarni ko’tarish, qayd qilish va qayta kodlash mexanizmlari va texnologik pozitsiya oldida va unda yo’ldoshni to’xtatish uchun mexanizmlar joylashgan, transport tizimining qo’shimcha shoxa seksiyasidan tarkib topadi.
Ushbu, qo’shimcha seksiyada shuningdek, turlicha texnologik, mo’ljallovchi, kuch yoki nazorat-sinov qurilmalarini o’rnatish uchun bazalovchi elementlar-uyalar ham nazarda tutiladi. Bu yerda, odatda, dasturlanuvchi kontroller va boshqaruvchi pnevmotaqsimlagichlar blokini ishga tushiruvchi, boshqarish tizimi ham o’rnatiladi.

5-rasm. “Texnologik stansiya” moduli:

1 – transport tizimi asosiy shoxasining seksiyasi; 2 - transport tizimi qo’shimcha shoxasining seksiyasi; 3 - yo’ldoshlarni ko’tarish, qayd qilish va qayta kodlash uchun mexanizmlar; 4 – yo’ldoshni to’xtatish uchun mexanizm; 5 – boshqarish tizimi


“Transport tizimining asosiy va qo’shimcha shoxalari orasida yo’ldoshlarni uzatish stansiyasi” moduli (6-rasm) asosiy va qo’shimcha transportlash shoxalari orasida siljuvchi, o’rtada joylashuvchi, rolikli siljuvchi karetkaga ega bo’ladi. Karetkada uning chekka holatlarida ochiluvchi, Гsimon dastalari bor bo’lgan, juft to’xtatgichlar joylashgan.
Unda boshqarish tizimi va odatda, bir nechta texnologik stansiya va uzatish stansiyalaridan tashkil topuvchi, transport tizimi uchastkasining yuritmasi uchun kuch qurilmasi joylashadi. Karetkadan o’ng va chapda asosiy va qo’shimcha transportlash shoxalarining rolikli seksiyalari joylashgan.
Chapdagi seksiyalarda yo’ldosh kodini sanash va uni u yoki bu shoxada karetka oldida to’xtatish uchun qurilmalar mavjud.


Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin