24-mavzu. Chuqur joylashuvchi poydevorlar reja



Yüklə 372,31 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü372,31 Kb.
#117316
  1   2
24-mavzu-GMZP ma`ruza


24-MAVZU. CHUQUR JOYLASHUVCHI POYDEVORLAR
Reja

  1. Chuqur joylashuvchi poydevorlarni loyihalashning umumiy qoidalari

  2. O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqdar

  3. Kesson poydevorlar


Chuqur joylashuvchi poydevorlarni loyihalashning umumiy qoidalari
Zaminga katta qiymatli vertikal hamda gorizontal bosimlarni uzatuvchi, o‘ta og‘ir inshootlarni mustahkamligini ta’minlash uchun odatda, ularning poydevorlarini yetarlicha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan chuqur joylashgan qatlamlarga joylashtirish lozim bo‘ladi.
Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga yetib borish uchun ko‘pincha ustun qoziqli poydevorlarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmaydi.
Shuning uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan o‘rnatiluvchi chuqur joylashtiriladigan poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bunday poydevorlarni qo‘llash sohalari quyidagilar: yer osti qurilishlari, ko‘prik tayanchlari, suv bo‘yi inshootlari, industrial sexlar va boshqalar.
Chuqur poydevorlarning quyidagi muhim xususiyatlari mavjud:

  1. bunyod etish jarayonida xandaq yoki quduq qazish shart emas;

  2. vertikal yuk esa fakat poydevorning tovoni bilan, balki yon sirti bilan ham hosil qilinadi (yon ishqalanish hisobiga);

  3. gorizontal yuklarga yaxshi qarshilik qiladi;

4) sitib (sirpanib) chiqish (vypiranie) xodisasi bo‘lmaydi; Xozirgi zamonda chuqur joylashtirilgan poydevorlarning bir necha turlari mavjud:

  1. o‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqlar;

  2. yig‘ma temir-beton qobiqlar;

  3. kesson poydevorlar.


O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqdar

O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqlar yer osti inshootlari qurilishida, ya’ni nasos stansiyalari, suv yig‘ma inshootlari, domna pechlari qurilishida, uzluksiz po‘lat quyish uskunalari, yer osti garajlari va ko‘prik tayanchlari qurilishlarida ishlatiladi.


O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish jarayoni quyidagicha: yer ustida ma’lum balandlikdagi quduq tayyorlanib olinadi. Quduq ichidagi grunt har xil mexanizmlar bilan qazib olinadi. Tayanch yo‘qolgan quduq o‘z og‘irligi ta’sirida chuqurlashib boradi. Loyihadagi chuqurlikka yetganda grunt qazish to‘xtatilib, quduqning ichi ma’lum balandlikkacha beton bilan to`ldiriladi.
O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish bosqichlari:
a) yer yuzasida quduq tayyorlab olish;
b) greyfer yordamida grunt qazib olish va quduqning pastlashuvi;
с) o‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqni betonlash (7.1 -rasm). Hozirgi vaqtda diametri 6....70 m va chuqurligi 40-70 m gacha bo‘lgan o‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqlar barpo etilmoqda. (Adabiyotlarda D 70 m va chuqurligi 70 metrli o‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqlar keltirilgan. Dalmatov B.I.).
Rejadagi shakllariga qarab doiraviy shaklida, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, kvadrat shaklida va ellips shaklida bo‘lishlari mumkin (7.2-rasm).
Materialiga karab temir-betondan qilingan, betondan qilngan, metalldan qilingan, g‘isht-toshdan qilingan va h. lardan qilingan o‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqlarga bo‘linadi.
O‘z og‘irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlarni hisoblash.
Pastlashuvchi quduqning o‘lchamlarini aniqlash uchun uning bo‘y o‘lchamlari (vertikal) odatda geologik kesimlar yordamida aniqlanadi.




Quduqning o‘lchamlari quyidagi ifodadan aniqlanadi:



bunda N - quduqning chuqurligi;
h - quduqning balandligi;
Quduqning ko‘ndalang kesimi quyidagi shartdan aniqlanadi:

(7.1)

bunda N - inshootdan ta’sir etuvchi kuch;
G — quduqning og‘irligi;
Rs- quduqning ostki qismiga nisbatan gruntning bosimi;
Rf - ishqlanish kuchi;
G = H  A  γ (7.2)

bunda A - quduqning ko`ndalang kesim yuzasi;
γ - quduq matyerialining solishtirma og‘irligi;

(7.3)

bunda - quduq ostki qismidagi gruntning hisobiy qarshiligi;

(7.4)

bunda Rf - ishkalanish kuchi;
U - quduq poydevorining perimetri, i=2*g,
Fo - ishqalanish koeffitsienta;
(4.2), (4.3), (4.4) larni (4.1) ga ko‘yib quyidagini hosil kilamiz:

(7.5)

Ushbu ifoda yordamida pastlashuvchi quduqning ko‘ndalang kesimi aniqlanadi

yoki
(7.6)



Yüklə 372,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin