O‘z og‘irligi bilan joylashuvchi quduqdar o‘rnatishda suv ostidagi gruntlar tarkibida yirik toshlar, yirik jinslar uchrab qoladi, lekin ularni quduq ostidan olib tashlash imkoniyati bo‘lmaydi.
Bunday hollarda siqilgan havo ta’sirida grunt suvlarini siqib chiqarish inkoniyatini beruvchi maxsus usti yopiq holdagi quduqdar ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday qurilma kesson deb ataladi.
Kessonlar chuqur joylashtirilgan ko‘prik osti ustunlari tagida keng qo‘llaniladi. Kessonlar asosan betondan va temir-betondan yasaladi. Kamera ichidagi grunt qazib olinishi natijasida kesson kamerasi o‘z og‘irligi va kesson usti poydevori og‘irligi bilan chuqurlashib boradi. loyhadagi chuqurlikka yetganda shlyuz apparati va quvurlarni chiqarib olib kamera va bo`shliq joylar beton bilan to`ldiriladi. Ishchilar shlyuzga kirganida bosim asta-sekin ortib boradi. Maksimal chuqurlik 35-40 m yana kessonga o‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduqqa ta’sir etuvchi yukdan tashqari, kesson usti poydevori termasining og‘irligi va siqilgan havoning bosimi ham ta’sir qiladi. Tushish vaqti 5-15 minut bo‘lsa, chiqish vaqti 3....3.5 marta ko‘proq bo‘ladi. Siqilgan bosimga va tashqi bosimga moslashish uchun bir marta chuqurlashtirish 0,5 soatdan oshmasligi kerak. Har chuqurlashtirilganidan so‘ng quduqning tikligi va hech qaysi tomonga buralib ketmasligi tekshirib boriladi.
Kesson kamerasi ichida ish yuritishda kessonning qiyshayib havo chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak
Kesson poydevor barpo etish tartibi:
a) kesson kamerasini tayyorlash;
b) shlyuz va shaxtani o‘rnatish;
v) kessonni chuqurlashtirish va kesson usti termasini poydevorini barpo etish;
g) shaxtani uzaytirish;
d) kessonni kesson usti termasy bilan to`ldirish va shaxta ildizlarini chiqarib olib bo‘sh joylarni beton qorishmasi bylan to`ldirish (7.3-rasm).
Bosim miqdori tashki suv bosimidan katta bo‘lganda kameradan suv butunlay siqib chikariladi. Qazib olingan gruntlar tashqariga shaxta va shlyuz orqali uzatiladi.
Nazorat savollari
Chuqur poydevorlarning qanday xususiyatlari mavjud?
O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish jarayonini aytib bering.
O‘z og‘irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish bosqichlari.
O‘z og‘irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlarni hisoblash tartibi.