8-rasm. “Bosch” firmasining robotlari bazasida yig’ilgan, uchta koordinatalar bo’ylab siljuvchi yig’ish markazi: 1 – yo’ldoshlar; 2 – konveyer; 3 – vibrobunker; 4 – robot; 5-7 - uchta koordinatalar bo’ylab chiziqli siljitish mexanizmlari; 8 – rotatsion blok
hisobiga yig’ish markazi turlicha mahsulotlarni yig’ish uchun osongina qayta dasturlanishi mumkin.
Murakkab mahsulotlarni ketma-ket moslashuvchan yig’ish uchun ikkita umumlashgan markazlardan iborat yig’ish yacheykasi tuzildi.
Unifikatsiyalangan elementlardan nafaqat qatorlar, balki
yig’uvchilarning mexanizatsiyalashgan ish joylari agregatlanishi mumkin (9rasm). Mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida ergonomika yutuqlarini qo’llovchi, minimal kapital qo’yilmalarini talab qiluvchi va yig’uvchilar mehnatini sezilarli darajada yengillashtiruvchi bunday yechim qator hollarda eng tejamkor usul hisoblanadi.
Yig’ish jihozini “Bosch” firmasi taklif qilgan klassifikatsiya asosida qator umumiy alomatlar bo’yicha tizimlashtirish mumkin (10-rasm).
9-rasm. Yig’uvchining mexanizatsiyalashgan ish joyi va u komponovka qilinadigan elementlar Klassifikatsiya yordamida yig’ish jarayonining jihoz uchun sarflar (kapital va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq), dasturning seriyaliligi va mahsulotning murakkablik darajasi, ishlab chiqarishning moslashuvchanligi, ish haqiga solishtirma sarflar va b. parametrlarning sifat o’zgarishlarini tahlil qilish mumkin. Bunday yondashuv birinchi yaqinlashishda yig’ishni avtomatlashtirishning konkret masalalarini yechishda texnologning yiriklashtirilgan tanlovni amalga oshirishiga imkon beradi, ammo bunda keyingi hisoblar va asoslar zarur bo’ladi. 11-rasmdagi diagramma bo’yicha ishlab chiqarishning talab qilingan moslashuvchanlik darajasi va ishlab chiqarish dasturi bo’yicha ba’zi turdagi yig’ish jihozlarining ratsional qo’llanilish sohasini aniqlashtirish mumkin.
10-rasm. “Bosch” firmasi taklif qilgan, operatsiyalarni avtomatlashtirish darajasi va yig’ish pozitsiyalarining soniga bog’liq holda yig’ish jihozining klassifikatsiyasi