bu elektron, ionli va yarimo‘tkazgichli asboblarni tadqiq qilish, ishlab chiqarish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan fan va texnikaning bir yo‘nalishidir
Elektronika - bu elektron, ionli va yarimo‘tkazgichli asboblarni tadqiq qilish, ishlab chiqarish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan fan va texnikaning bir yo‘nalishidir.
Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchars bog‘liq bo'lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Birinchi bosqichasboblari: rezistorlar, induktivlik g‘altaklari, lar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
1.1.-rasm. Passiv elementlar.
Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallami o‘zgartiruvchi va eng muhimi, quwat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob boidi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallami kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so'zlashuvlami, keyinchalik esa tasvirlami ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televidenie) paydo bo‘ldi. Bu davming elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar - elektron lampalardan iborat edi.
1.2.-rasm. Triod lampasi.
Uchinchi bosqichDj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo‘lgan bipolar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
1.3.-rasm. Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shokli birinchi Bipolyar transistor ixtirochilari (1948-yil)
To‘rtinchi bosqichintegral mikrosxemalar (IMS) asosida electron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.