Fizika yunoncha so‗z bo‗lib, ―physics‖- tabiat degan ma‘noni anglatadi. Fizika fani
boshqa fanlar kabi bizni o‗rab olgan moddiy dunyoni-materiyaning ob‘ektiv xossalarini
o‗rganadi.
Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi
va xususiyatlarini, ularning harakati qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fandir.
Materiya tushunchasi ob‘ektiv reallikni ifodalaydigan falsafiy kategoriya bo‗lib, bu
ob’ektiv reallikni inson o‘z sezgilari bilan idrok qiladi, undan nusha oladi va aks ettiradi.
Materiya bizni sezgi organlarimizga bog‗liq bo‗lmagan holda yashaydi.
Bizning atrofimizni o‗rab olgan moddiy dunyo doimo uzluksiz harakatda bo‗lgan
materiyadan iboratdir.
Materiya ikki ko‗rinishda – modda (elementar zarralar -elektron, proton, neytron v. b.,
atom va molekulalar, ionlar, fizik jismlar) va fizik maydonlar (gravitatsion, kuchli, kuchsiz,
elektronmagnit) shaklida bo‗ladi.
Fizika materiya harakatining eng umumiy ko‘rinishlarini va ularni bir-biriga
aylanishlarini o‘rganadi. Masalan, Yer va osmon jismlarining hammasi ximiyaviy jixatdan
sodda yoki murakkabligidan qat‘iy nazar fizika kashf qilgan butun dunyo tortishish qonuniga
bo‗ysunadi. Hamma tabiatda bo‗ladigan jarayonlar fizika aniqlagan qonunga
energiyaning
saqlanish qonuniga bo‗ysunadi.
Harakat deganda, materiyaning tabiatda bo‗ladigan barcha o‗zgarishlari, bir turdan
ikkinchi turga aylanishlari, barcha jarayonlar tushiniladi.
Fizikaviy tadqiqot usullari. Qonun keng ma’noda qandaydir zaruriy, ichki,
takrorlanuvchi ketma-ketliklarni bog‘lanish asosida bajarilayotgan, aniqlangan va umumqoida
bo‘lishi mumkin.
Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan holda
sodir bo‘ladi. Kuzatish va tajriba yo‘li bilan bu bog‘lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan
umumiy xarakterga ega bo‘lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa
tekshirilganda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi.
Fizik qonunlar tajribalardan olingan ma‘lumotlarni umumlashtirish natijasida topiladi.
Fizik qonunlar fizik hodisalar orasidagi ob‘ektiv ichki bog‗lanishni va fizik kattaliklar orasidagi
real munosabatlarni ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |