1.1. Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon texnikasi injenerlar oldiga material jismlarning
mexanik harakati va mexanik o`zaro ta‘sirlarini o`rganish bilan bog`liq
juda ko`p masalalarni qo`yadi.
Mexanik harakat deb moddiy jismlarning fazoda vaqtga bog`liq
ravishda bir-biriga nisbatan vaziyatini o`zgartirishiga aytiladi. Mexanik
o`zaro ta‘sir deganda moddiy jismlarning bir-biriga ko`rsatadigan ta‘sirida
bu jismlar harakatlarining o`zgarishi yoki bo`lmasa ular shaklllarining
o`zgarishi (deformatsiyalanishi) tushuniladi. Bu ta‘sirlarning asosiy
miqdoriy o`lchami sifatida kuch deb ataluvchi kattalik qabul qilingan.
Tabiatda mexanik harakatlarga misol qilib, osmon jismlarining harakati,
Yer qobig`ining tebranishi, havo va dengiz oqimlari, molekulalarning
issiqlik harakatlari va boshqalar, texnikada esa, Yer sirti va suvda
harakatlanuvchi turli xil transport vositalari va uchuvchi apparatlar,
mashina, mexanizm va dvigatellar qismlarining harakatlari, suyuqlik va
gazlarning oqimi va boshqa shunga o`xshash harakatlarni ko`rsatish
mumkin.
Mexanik o`zaro ta‘sirlarga butun olam tortilish qonuni asosida
moddiy jismlarning o`zaro tortishishi, suyuqlik va gaz zarralarining bir-
biriga o`zaro ta‘sirlari va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
Moddiy jismlarning mexanik harakatlari va o`zaro ta‘sirlari haqidagi
fanga mexanika deyiladi.. Qarab chiqiladigan mexanikaning muammo
doirasi juda keng. Bu fannning rivojlanishi natijasida bir qator yangi fanlar
paydo bo`ldi. Bularga nazariy mexanika, elastiklik nazariyasi, plastiklik
nazariyasi, gidromexanika, aeromexanika, suyuqlik va gazlar mexanikasi
shuningdek amaliy mexanika deb ataluvchi fanning bo`limlari –
materiallar qarshiligi, mexanizm va mashinalar nazariyasi, mashina
detallari shuningdek juda ko`p injenerlik fanlarini ko`rsatish mumkin.
Mexanikaning asosida klassik mexanika qonunlari (yoki Nyuton
qonunlari) yotadi. Klassik mexanikada vaqt va fazo jismlarning harakatiga
bog`liq emas deb qaraladi. Shuningdek, jismning massasi uning tezligiga
bog`liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor deb qaraladi.
Mexanikada abstrakt tushunchalaridan keng foydalaniladi. Masalan,
jismning deformatsiyalanishini e`tiborga olinmasa ularni absolyut qattiq
jism, shakli va o`lchamlari e‘tiborga olinmasa, moddiy nuqta deb qaraladi.
Jismning barcha xossalari birdaniga e‘tiborga olinsa hech qanday mexanik
xodisani nazariy va amaliy jixatdan tekshirib bo`lmaydi, shu bilan birga,
yechilishi juda oson bo`lgan har qanday masala haddan tashqari
murakkablashtirib yuboriladi.
Nazariy mexanika fanining injenerlik bilimidagi roli va ahamiyati
shundan iboratki, u hozirgi zamon texnikasining juda ko`p sohalarining
ilmiy ba`zasi bo`lib hisoblanadi. Shu bilan birga tabiat haqidagi, ya‘ni
tabiiy fan bo`lgan mexanika qonunlari va usullari bizni o`rab olgan
olamni bir qator muhim hodisalarini o`rganish va tushuntirishda muhim rol
o`ynaydi.
Mexanika masalalarini qarab chiqishda, uni statika, kinematika va
dinamika qismlariga bo`lish qabul qilingan.
Mexanika eng qadimgi fanlardan biri. Bizgacha yetib kelgan
mexanikaga doir dastlabki qo`lyozma va ilmiy maqolalar qadimgi Misr
va Gretsiya olimlariga ta‘luqli. Qadimgi saqlanib qolgan kitoblarda turli
xil statika masalalariga doir izlanishlar uchraydi.
Birinchi navbatda qadimgi Gretsiyaning buyuk filosofi Aristotel
(384-322 yy. e.o.) asarlarini ko`rsatish mumkin. “Mexanika”
*
so`zini ham
dastlab Aristotel fanga kiritgan.
Aristotel o`zining asarlarida richag va boshqa oddiy mashinalar
muvozanati va harakatiga oid umumiy fikrlarni yozadi. U o`zining nazariy
hulosalarini hech qanday tajriba bilan tekshirib ko`rmagan. U jismga ta‘sir
*
«Mexanika» so`zi grekchadan tarjima qilinganda «inshoot», «mashina» degan ma`nolarni bildiradi.
etuvchi kuchlarni o`zgarmas deb qaragan. Shu bilan birga Aristotel o`z
zamonasida aytgan tezliklarini qo`shish haqidagi teorema va havo
og`irlikka ega degan fikrlari to`g`ri.
Qadimgi grek olimlaridan yana biri mashhur olim Arximed (287-212
yy. e.o) bo`lib, u birinchi bo`lib mexanika muommolarini o`rganishda
matematika usullaridan foydalanadi.
Arximed jismlarning muvozanati va og`irlik markazi, richagning
muvozanati haqidagi qonun, qattiq jism statikasining asosiy prinsiplari
hamda suyuqliklarning muvozanati haqidagi nazariyaga asos soladi.
1.2. Mexanikaning rivojlanishida O`zbekiston hududida yashagan
ulug` mutafakkirlarning ilmiy ishlari ham muhim o`rinni egallaydi. Abu
Rayxon Beruniy (973-1018), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Ulug`bek
Muhammad Tarag`ay (1394-1449) kabi mutafakkirlar ana shular
jumlasidandir. Beruniy va ibn Sino asarlarida mexanik harakat hamda
planetalarning harakati haqida ajoyib fikrlar bayon qilingan.
Ibn Sino jism holatini o`zgarishi harakatni yuzaga keltiradi deb
ko`rsatadi, jismlarning fazodagi harakati (mexanik harakat) esa
harakatlarning xususiy holidir.
Ulug`bek planetalar harakatini katta aniqlikda hisoblagan.
Mexanika Uyg`onish davrida – ХV asrning birinchi o`n yilligida
Italiyada, keyinchalik boshqa davlatlarda tez rivojlandi.
Mashhur italiyalik rassom, matematik, mexanik va injener
Leonardo
do
Vinchi
(1452-1519)
mexanizmlar
nazariyasini,
mashinalardagi ishqalanishlarni, quvurlarda suvning harakatini va qiya
tekislikda jismlarning harakatini o`rgangan.
Fanda revolyutsion to`ntarish qilgan polyak olimi N. Koopernik
(1473-1543) hisoblanadi. U olam tuzilishining geliotsentrik sistemasini
beradi. Bu sistemaga ko`ra markazida Quyosh uning atrofida planetalar,
shuningdek Yer ham aylanadi.
Dinamikaga fan sifatida italiyalik olim Galileo Galiley (1564-1642)
asos solgan. U inersiya qonunini kashf etib jismning qiya tekislikdagi
harakatini o`rgangan, jismlarining erkin tushish qonunini kashf qilgan.
Mexanikaning asosiy qonunlarini mashxur ingliz matematigi va
mexanigi Isaak Nyuton (1643-1727) kashf qilgan. 1687 yilda bosilib
chiqqan «Natural falsafaning matematik printsiplari» degan kitobida I.
Nyuton klassik mexanika qonunlarini to`liq sistemasini beradi.
Nyuton mexanikaning ikkita asosiy qonunlarini ta‘sir va aks ta‘sir
konuni va butun olam tortishish qonunini kashf etdi.
XVIII asrga kelib, tez sur‘atlar bilan mexanikaning analitik usuli,
ya‘ni differensial va integral hisoblash usullari rivojlana boshlaydi.
Nuqta va qattiq jism dinamikasi masalalarini avval differensial
tenglamalarini tuzib keyin ularni integrallash yo`li bilan yechish usullarini
buyuk matematik va mexanik L. Eyler (1707-1783) tomonidan ishlab
chiqildi.
1743 yilda fransuz olimi J. Dalamber (1717-1783) bog`lanishdagi
mexanik sistemalarga ta‘luqli masalalarni Dalamber prinsipi deb ataluvchi
prinsip asosida yechish usulini berdi.
Fransuz olimi J. L. Lagranj (1736-1813) o`zining “Analitik
mexanika” (1788) nomli asarida mexanika masalalarini mumkin bo`lgan
ko`chish prinsipini qo`llash yordamida yechish usulini beradi.
XIX asrga kelib, mashinasozlik tez sur‘atlar bilan rivojlana
boshlaydi. Natijada kinematika mexanikadan aloxida bo`lim bo’lib ajralib
chiqadi. Hozirgi paytda mashina va mexanizmlarning harakatlarini
o`rganishda kinematika asosiy o`rinni egallaydi.
Mexanika fanini rivojlanishiga katta hissa qo`shgan rus olimlaridan
materiya va harakatning chambarchas bog`liqligini aniqlagan M. V.
Lomonosov (1711-1765), analitik mexanika sohasida ilmiy ishlari bilan
shuhrat qozongan M. V. Ostrogradskiy (1801-1862), mashina va
mexanizmlar nazariyasiga asos solgan P. L. Chebishev (1821-1891),
raketa nazariyasi va suyuq yoqilg`i bilan ishlaydigan raketa dvigateli
nazariyasiga asos solgan K.E.Tsialkovskiy (1857-1935), o`zgaruvchan
massali jismlarning harakatini o`rgangan I. V. Meshcherskiy (1859-1935),
Yerning sun‘iy yo`ldoshlarini yaratgan va uchirgan S.P. Korolyov (1906-
1966), aerogidrodinamika, tebranishlar nazariyasi va kosmonavtika
sohalarida tadqiqotlar qilgan M. V. Keldish (1911-1978) larning ishlari
muhim ahamiyatiga ega.
1.3. Mexanika fanining rivojlanishiga o`zbek olimlaridan: iplar
mexanikasi va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga oid
qator ilmiy ishlarning muallifi M. T. O`rozboev (1906-1971), inshootlar
zaminini hisoblashda va ularni loyihalashda, kema zirhi mustahkamligini
aniqlashda qo`llaniladigan “Raxmatulin to`lqinlari” nomini olgan
to`lqinlar nazariyasini kashf qilgan X. A. Raxmatulin (1900-1988), tutash
muhitlar mexanikasi masalalarini algoritmlash, avtomatik boshqarish
sistemalarini yaratish sohasida ilmiy ishlar qilgan V.K. Qobulov (1921
yilda tug`ilgan) larning ulkan hissalari muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |