1-ma‘ruza. Kirish. Nazariy mexanikaning rivojlanish tarixi. Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari. Statika aksiomalari



Yüklə 208,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix08.04.2022
ölçüsü208,63 Kb.
#54972
1   2   3   4   5
1-tema

 

 


 

I.4. Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari.

 

Kuchlar  haqida  umumiy  bilim  beruvchi,  kuchlar  ta‘siridagi  jismlarning 

muvozanatini o`rganuvchi  mexanikaning  bir bo`limiga statika deyiladi. 

Jismlarning  muvozanati  deganda,  ularning  boshqa  jismlarga,  masalan 

Yerga nisbatan tinch holati tushuniladi. 

Tabiatda  uchraydigan  barcha  qattiq  jismlar,  tashqi  ta‘sir  natijasida  katta 

yoki  kichik  miqdorda  o`z  formasini  o`zgartiradi  (deformatsialanadi). 

Deformatsiya  kattaligi  jismlarning  materiali,  ularning  geometrik  formasi 

va o`lchamiga hamda ta‘sir etuvchi kuchning kattaligiga bog`liq. Turli xil 

inshoot  va  konstruksiyalar  mustahkamligini  ta‘minlash  uchun  ularning 

materiali  va  o`lchamlari  shunday  tanlanadiki,  tashqi  ta‘sirdan  hosil 

bo`ladigan  deformatsiya  juda  ham  kichik  bo`lsin.  Shu  sababli  qattiq 

jismlarning  muvozanat  shartlarini  o`rganishda  ularning  juda  kichik 

deformatsiyalarini  e‘tiborga  olmasa  ham  bo`ladi,  ya‘ni  ularni  absolyut 

qattiq jism deb qaraladi. Absolyut qattiq jism deb  shunday qattiq jismga 

aytiladiki, uning istalgan ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o`zgarishsiz 

qoladi.  Bundan  keyin  statika  masalalarini  yechishda  barcha  jismlarni 

absolyut qattiq jism deb qaraladi yoki qisqa qilib qattiq jism deb ataladi. 

Mexanikaning  asosiy  tushunchalaridan  yana  biri  moddiy  nuqta 

tushunchasidir.  O`lchamlari  e‘tiborga  olinmaydigan  massasi  bir  nuqtada 

to`plangan  jismga  moddiy  nuqta  deyiladi.  Har  qanday  jismni  moddiy 

nuqtalar to`plamidan tashkil topgan deb qarash mumkin. 

Berilgan  jismning  muvozanat  holati  yoki  harakati  uning  boshqa  jismlar 

bilan mexanik o`zaro ta‘sir harakteriga bog`liq bo`ladi. 

Moddiy  jismlar  o`zaro  ta‘sirining  miqdoriy  o`lchoviga  kuch 

deyiladi. 

Mexanikada o`rganiladigan kattaliklar ikkiga bo`linadi: skalyar va vektor 

kattaliklar.  Faqat  miqdorga  ega  bo`lgan  kattaliklarga  skalyar  kattaliklar 

deyiladi.  Miqdordan  tashqari  fazodagi  yo`nalishi  bilan  ham 

harakterlanadigan kattaliklarga vektor kattaliklar deyiladi. 

Skalyar kattaliklarga masofa, massa, vaqtni, vektor kattaliklarga esa 

tezlik, tezlanish va x.k.z. larni misol qilib ko`rsatish mumkin.  

Kuch-vektor kattalik. Kuchning jismga ko`rsatadigan ta‘siri:  

1)  kuch  qo`yilgan  nuqta,  2)  kuchning  yo`nalishi,  3)  kuchning  miqdori 

(moduli) bilan xarakterlanadi. 



 

Kuchning moduli kuchni tanlangan o`lchov birligi bilan solishtirish orqali

topiladi.  Kuchning  asosiy  o`lchov  birligi  Halqaro  o`lchov  birliklar

sistemasida  (SI)  1  Nyuton  (1  N)  qabul  qilingan.  U  boshqa  o`lchov

birliklarda  ham  o`lchanadi.  Masalan,  1  kilonyuton  (1  kN=1000  N),  1

kilogramm  kuch (1 kg). Kuch dinamometr

asbobi  yordamida  o`lchanadi.  Kuchlar

boshqa  vektor  kattaliklar  kabi  ustida

chiziqcha chizilgan harf bilan  (masalan 

F

),

kuch  moduli  esa  -



F

  belgi  yoki  ustida

chizig`i    bo`lmagan  harf  F  bilan  belgilash

qabul  qilingan.  Kuch  chizmаga  yo`nalishli

kesma bilan ifodalanadi (1-rasm).

Kesmaning 

uzunligi 

belgilangan

masshtabda  kuchning  modulini,  kesmaning

yo`nalishi kuchning yo`nalishini  ifodalaydi.

A nuqta  kuchning qo`yilish nuqtasi (boshi),

В  nuqta  kuchning  uchi  deyiladi.  Kuch  yo’nalgan  СD  chiziqqa  kuchning

ta‘sir chizig`i deyiladi.

 

Agar jismga bir nechta 



F

1

F



2

,..., F



n

 kuchlar ta‘sir etsa, bunday kuchlar

to`plamiga kuchlar sistemasi deyiladi va (

F

1

F



2

,..., F



n

) deb belgilanadi.

Ta‘sir  etayotgan  (

F

1

F



2

,..., F



n

)  kuchlar  sistemasini  boshqa  biror

(

Р

1

Р



2

,... Р



n

)

 kuchlar sistemasi bilan almashtirilganda jismning muvozanat



holati  o`zgarmasa,  bunday  kuchlar  sistemasiga  ekvivalent  kuchlar

sistemasi deyiladi va quyidagicha yoziladi. (



F

1

F



2

,..., F



n

)

¥



(

Р

1

Р



2

,... Р



n

)

Agar kuchlar sistemasi bitta kuch bilan almashtirilganda jism holati



o`zgarmasa,  bu  kuch  berilgan  kuchlar  sistemasining  teng  ta‘sir  etuvchisi

deyiladi va quyidagicha belgilanadi. (



F

1

F



2

,..., F



n

)

¥



R

Kuchlar sistemasi ta‘sirida jism muvozanatda (tinch holatda) bo`lsa,

bunday  kuchlar  sistemasiga  muvozanatlashuvchi  kuchlar  sistemasi

deyiladi (



F

1

F



2

,..., F



n

)

¥



О.

Statika  masalalari  geometrik  shakllar  yasash  yo`li  bilan  (geometrik

usul) va sonli hisoblash (analitik usul) yordamida yechiladi.



 


Yüklə 208,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin