1 ma’ruza. Kirish. Ovqatlanishning yangi nazariyalari reja



Yüklə 30,09 Kb.
səhifə2/4
tarix02.10.2023
ölçüsü30,09 Kb.
#151558
1   2   3   4
1-ma\'ruza. Kirish. Ovqatlanishning yangi nazariyalari

Xom yeyish. Xom yeydiganlar har qanday ovqatga ishlov bermasdan, hatto go’sht, baliq va qushni ham xomligicha iste’mol qiladilar. Ular xom yeyishning foidasini xom o’simlik mahsulotlari biologik faol moddalarga boyligi va ularga issiq ishlov berilishi natijasida tezda buzilib qolishi mumkinligi bilan asoslaydilar. Xom go’sht va xom baliq iste’mol qilishda silning oldini olishga va davolashga yordam beradi deydi xom yeyuvchilar, shuningdek u jarohatlarning bitishini tezlashtiradi. Bunda ular ovqatga hayvonlarning xom go’shti va xom baliqni muvaffaqiyat bilan ishlatadigan SHimol xalqlarining tajribasiga tayanadilar.
Haqiqatan ham odamlar olov hosil qilishni bilmagan qadimgi davrda hamma narsani xomligicha yeganlar. Biroq, olovning kashf etilishi va u yordamida ovqatga ishlov berish odamni tirik mavjudotni oliy taraqqiyot cho’qqisiga chiqarishiga sabab bo’lgan. Issiqlik yordamida ishlov berilgan ovqat uzoq saqlangan, natijada odam bo’sh qolgan vaqtini mehnatga sarflagan va aqliy qobiliyatini rivojlantirishiga imkon yaratilgan.
Issiqlik yordamida ishlov berishning ahamiyati: mahsulot yumshaydi (zamonaviy odam hom go’sht va quruq dukkaklarni umuman chaynay olmagan bo’lar edi), mahsulotning singishi yaxshilanadi, sanitariya-gigienik. xavfsizligi ta’minlanadi (ayniqsa go’sht, baliq va sut mahsulotlarining), saqlanish muddati uzayadi va ta’mini har xil kulinariya vositalari yordamida yaxshilash mumkin.
Biroq, issiqlik yordamida ishlov berishning bir qancha kamchiliklari ham bor. Bu vitaminlarning qisman parchalanishi, noto’g’ri issiqlik ishlovi berilganda esa hatto organizm uchun zararli moddalar hosil bo’lishini aytib o’tishgan.
SHuning uchun ovqatlanish haqidagi zamonaviy fan vitaminlarga boy bo’lgan rezavor mevalar, bir qancha sabzavot va ko’katlarni ko’plab iste’mol qilishni tavsiya etadi. Bu, mahsulotlarni xomligicha yeyish kerak degan fikrni bildirmaydi. CHunki xom yeyishni hamma mahsulotlarga qo’llash noto’g’ri va xavflidir.
«Tirik energiya» haqida nazariya. Qadimgi olimlarning tasavvurlariga qaraganda, dunyoda alohida «tirik kuch» mavjud. Bu tasavvurlar XX asr boshlariga qadar saqlangan. Tirik materiya o’lik materiyadan farqli ravishda ko’payishga, energiya hosil qilishga moyil bo’lib, atrof-muhitdan maxsus hujayra qobig’i bilan ajralib turganligi sababli, tirik materiyani energiyaning alohida turi - «tirik energiya» deb hisoblash to’g’ri bo’ladi.
Matbuotda chop etilgan qator maqolalarda, «tirik energiya» haqida fikr bildirilgan. Bizning davrimizga kelib, S.S. SHatalova bu nazariyani qayta o’rgandi. Muallif bioenergetika o’lik tabiatda kechadigan energetik jarayonlardan jiddiy farq qilishini aytib o’tdi. Uning fikricha, odam o’simlik mahsulotlarini iste’mol qilganda tirik energiya tufayli unga bir sutkada 1000 kkal dan kam, ya’ni 12 g. oqsil qabul qilishning o’zi yetarli bo’ladi. Ovqat mahsulotlariga issiqlik bilan ishlov berish «tirik energiya»ni o’ldirar ekan.
Biroq, XX asrda tirik sistemalar energiyasi o’lik tabiat energiyasiga o’tishi va aksincha bo’lishi mumkinligi fan tomonidan isbotlandi. Organizmda glyukoza, yog’ kislotalari va aminokislotalarning har xil sharoitda oksidlanishi, shuningdek organizmda to’plangan energiyaning ishlatilish yo’llari chuqur o’rganildi.
Ovqat mahsulotlarida ushlangan potentsial energiyaning manbai quyoshning nurlanish energiyasidir. O’simlik xlorofillida karbonat angidrid va havo kislorodidan yorug’lik nurlari kvantlari ta’sirida glyukoza sintezlanadi, glyukoza esa o’simliklardagi boshqa organik birikmalar, ya’ni yog’lar, oqsillar, nuklein kislotalar va boshqalarni sintezlash uchun energiya materiali sifatida ishlatiladi. Hayvonlarda xlorofillar bo’lmaydi va ular organik birikmalarni quyosh nuri energiyasi ta’sirida bevosita sintezlash qobiliyatidan mahrum. Ko’pgina hayvonlar quyosh energiyasi tufayli o’zining organik asosini sintezlagan o’simliklarni iste’mol qiladi. Masalan, yirtqich hayvonlar o’simlik iste’mol qilmasa-da, o’txo’r hayvonlarni yeydilar.
Demak, o’simliklarda to’plangan va ulardan o’txo’r hayvonlarga o’tgan quyosh nuri energiyasi hayvonlar uchun energiya manbai sifatida ishlatiladi. O’simlik ovqatini (ya’ni tirik energiyani) iste’mol qilmaydigan yirtqich hayvonlar kuchlilikda, chaqqonlikda, nerv jarayonlarining tezligi jihatidan o’txo’r hayvonlardan (ya’ni asosan «tirik energiya» yeydiganlardan) qolishmasligini, aksincha ulardan o’zishini aytib o’tish o’rinlidir.
Biz fashistlarning kontsentratsion lagerdagi tutqunlar ustida o’tkazgan hayvoniy tajribalari haqida, Leningrad qamalidagi aholining ayanchli taqdiri haqida eslashning o’zi kifoya, deb hisoblaymiz. Ularning ovqati deyarli o’simlik mahsulotlaridan iborat bo’lgan. Kundalik ovqat kaloriyasi 1000 kkal dan pastligi tufayli aholi orasida distrofik o’zgarishlar kuzatilgan, bu esa o’limga olib kelgan. Oqsilning hayotga mos keladigan (unga xavf solmaydigan) sutkalik miqdori, o’simlik va hayvon oqsillari ulushi taxminan bir-biriga teng sharoitda o’rtacha 25 g atrofida bo’lishi o’sha paytda aniqlangan edi. Ovqatda hayvon oqsillari bo’lmasa, bu miqdorni oshirish kerak. I
Ovqatda oqsil va kaloriya yetishmasligi o’rnini hech qanday «tirik energiya» bilan to’ldirib bo’lmaydi.

Yüklə 30,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin