1-Ma’ruza: Kirish. Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari. XVI-XVIII xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreya. Reja


Hindistonda Boburiylar imperiyasi



Yüklə 49,42 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü49,42 Kb.
#195465
1   2   3   4   5
1-Ma\'ruza

7.Hindistonda Boburiylar imperiyasi
1526 yili Boburning janglarda toblangan 20 ming qo‘shiniAfg‘onistonning tog‘li yo‘llari orqali Hindistonga ishg‘ol qildi.Hind rojalari birlasha olmadilar va Bobur qo‘shiniga qarshilikqilishga ojizlik qildilar. Uning qo‘shini artilleriyada kattaustunlikka ega edi. Shu ustunlik, ajoyib sarkardalik mahorativa jangdagi uddaburonlik tufayli Bobur qisqa vaqt ichida Shimoliy Hindistonning katta qismini o‘ziga bo‘ysundirdi. 1526 yil 21aprelda Panipat yonidagi jangda sulton Ibrohim qo‘shinlarini tor-mor qildi va Dehlini egalladi. Boburni taxtga taklif qilgan sa-roy ayonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchiedilar, xolos. Bobur Dehli taxtida uzoq o‘tirmaydi, olgan o‘ljalariko‘rsatgan yordami uchun yetarli, taxtni o‘zlariga qoldirib, qaytibketadi, deb hisoblashgandi. Ammo Boburning Dehli taxtida uzoqqolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar.1527 yil 13 martda bo‘lgan jangda Bobur ular ustidan ham g‘alabaqozondi.Bobur yana bir qator hind yerlarini bosib oldi va o‘zini bu yer-larning hukmdori deb e’lon qildi. U asos solgan davlatni g‘arbtarixchilari Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi1 deb atashadi. U G‘arbdaKobuldan Sharqda Bengaliya chegaralarigacha bo‘lgan hududni qamraboldi. Bobur qobiliyatli va uzoqni ko‘ruvchi siyosatchi, lashkarboshi vadavlat arbobi, shoir va tarixchi olim edi. U hammadan ko‘proq hindxalqi zarar ko‘rayotgan feodal urushlarni tugatdi, savdo-sotiq,qurilish, fan va adabiyotga homiylik qildi. Bu buyuk vatandoshimizTurkiston, Hindiston va Afg‘oniston xalqlari tarixiga, ularningsan’ati, urf-odatlariga va diniga katta qiziqish va hurmatininamoyon qildi. Shu xislatlar tufayli u o‘zi zabt etgan hududdaqudratli davlat barpo etdi va madaniyat taraqqiyotiga katta hissaqo‘shdi.Bobur 1530 yili vafot etdi. U yer mulklarini farzandlarigabo‘lib, Dehli taxtida sevimli farzandi Humoyunni qoldirdi vaqolgan farzandlariga unga buysinishni vasiyat qildi. Biroq aka-ukalar Bengaliya va Bixar feodallari bilan birga Humoyunga qarshibirlashdilar. Bir necha janglarda mag‘lub bo‘lgan qobiliyatsizHumoyun Sind orqali Eronga qochib ketdi. Natijada hokimiyat 15yilga (1540 –1555) Sur urug‘idan bo‘lgan afg‘on feodallari qo‘lidaqoldi. Humoyun Dehli taxtiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi, ammo tezorada, 1556 yili vafot etdi. Taxtga Humoyunning 13 yoshli o‘g‘li Ak-bar (1542 –1605) keldi.

Yüklə 49,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin