Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar



Yüklə 20,61 Kb.
tarix25.05.2020
ölçüsü20,61 Kb.
#31541
AMIR TEMUR 2020 2 varaq

AMIR TEMUR

Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.

Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 sha’bon seshanba) dunyoga kelgan.

9 aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.



Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar

1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.

2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi. 

3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.

4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.

 5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan. 

6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan. 

7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan. 

8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan. 

9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.

10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.

11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.

12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.

13. 1996 yilda "Amir Temur" ordeni ta’sis etilgan.

14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.

15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.

XIV asr o‘rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo‘rlari taxt, hokimiyat uchun o‘zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib Sharqiy Turkiston yerlarida Mo‘g‘liston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni etib Chig‘atoy avlodidan Tug‘luq Temur ko‘tarildi. Tug‘luq Temur dastlabki davrlardanoq o‘z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga birnecha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o‘zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron, mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Barlos beklaridan Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 sha’bon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag‘ay bahodir Qashqadaryo vodiysidagi barlos urug‘ining boshlig‘i bo‘lib, Xoja ilg‘or qishlog‘idan edi. Onasi esa Takina Moh begim bo‘lgan. Amir Muhammad Tarag‘ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi bo‘lgan. U o‘z zamonasining obro‘li, e’tiborli, ziyoli o‘ziga to‘q shaxslaridan bo‘lgani uchun Temur yoshligida oilasida yaxshi ta’lim va tarbiya ko‘rgan.

Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan ermak o‘yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o‘yinlar bilan shug‘ullandi. Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san’atini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo‘lib yetishadi. Endi u o‘z tengqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi. Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo‘lib, u o‘z atrofiga barlos urug‘idan chiqqan yosh jangchilarni to‘plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug‘luq Temur hech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarlik milliy g‘urur va iftixor hissiyoti kuchli bo‘lgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini dushman qo‘liga bermaslik uchun Tug‘luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi.



Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik o‘zaro kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-birto‘g‘ri yo‘l edi. Chunki Movarounnahr amirlarining Tug‘luq Temurga qarshi bosh ko‘tarib chiqishi mug‘ul bosqinchilarining Movarounnahr yerlarini yana bir bor vayron etishiga olib kelishi muqarrar edi. Tug‘luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o‘g‘li Ilyosxo‘jaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxo‘jaga xizmat qilishdan bosh tortib, o‘sha vaqtda Balx hokimi bo‘lib turgan Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Temur o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida mo‘g‘ullarga qarshi kurash boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo‘lgan janglarning birida, aniqrog‘i Seyistonda turkmanlarga qarshi bo‘lgan janglarda o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yaralanib bir umrga oqsoq bo‘lib qoladi.
Yüklə 20,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin