1-Ma’ruza. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiytushunchalari Reja



Yüklə 19,83 Kb.
səhifə1/5
tarix04.01.2023
ölçüsü19,83 Kb.
#78439
  1   2   3   4   5
1- ma\'ruza


1-Ma’ruza. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiytushunchalari
Reja:
1. Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha
2. Ma’lumotlar bazasining asosiy tеrminlari
3. Ma’lumotlar bazasiga qo‘yiladigan talablar
4. Avtomatlashgan axborot tizimlari


Tayanch so‘zlar: ma’lumotlar bazasi, axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizmi, tuzilmalashtirish, baza, texnologiya.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi, axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Tuzilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi. Tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bеrmay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to‘plamidir. o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar ma’lumotlar tizimi dеyiladi.
Ma’lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plami bo‘lib, kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir tuzilmaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’yektning xususiyatini, holatini yoki ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir.
Ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir tuzilmada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB ma’lum berilgan aniq bir tuzilmaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir.

Yüklə 19,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin