1-ma’ruza: Marketing tushunchasi va uning mohiyati Reja



Yüklə 48,93 Kb.
səhifə6/7
tarix11.05.2023
ölçüsü48,93 Kb.
#111151
1   2   3   4   5   6   7
1 4 soat

Marketing-miks — bu bozorning murakkabligi va harakatchanligiga mos keladigan ko‘p o‘lchamli marketing strategiyasini har xil birikmalar va bog‘lanishlarda ishlab chiqishga imkon beradigan turli xil marketing qurollari to‘plamidir.
Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘ladigan amaliy qurollarning nomlari tasdifga ko‘ra ingliz tilining R harfidan boshlanadi. Marketing faoliyatining ushbu yig‘indisini belgilash uchun «4P» formulasi ishlatiladi: Product (tovar) — Price (narx) — Promotion (siljitish) — Plase (taqsimlash). Ba’zi hollarda unga 5 — «R»ni ham kiritadilar (Peorle (iste’molchilar). Bunda oldingi tarkibiy bloklarga tegishli strategiyani amalga oshirishning sifat darajasini belgilaydigan personal muammolarning kompleksi nazarda tutiladi. Shunday qilib, marketing-miksning marketing strategiyasini shakllantiruvchi 5 ta asosiy muammoli funksional bloklarini ajratib ko‘rsatish mumkin4.
Mahsulot. Iste’molga mo‘ljallangan har qanday mahsulot dastavval iste’molchilar talabiga to‘lato‘kis javob berishi va muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar (raqobatchilar) mahsulotidan albatta ustun bo‘lishi kerak. Bunda eng asosiy mezon bo‘lib mahsulot sifati hisoblanadi. O‘zining strategik faoliyati asosiga sifat omilini qo‘yadigan firma kelajakda foyda olish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Biroq marketolog iste’molchilarning umidiga mos tushadigan mahsulotning tashqi ko‘rinishi (dizayn, o‘rami) haqida unutmasligi kerak. Shu bilan birga tovarning hayotiy davri bosqichlarini ham hisobga olishi kerak.
Narx. Iste’molchilarning boyliklar tizimi o‘zgaruvchandir. Shuning uchun narx va narxlashtarishni amalda boshqarish — yuqori professional yondashuvni talab qiladigan murakkab jarayondir. Ba’zi tadqiqotchilar hisoblaydilarki, qiymat bu ishlab chiqarish hajmiga nisbatan mahsulot sifatidir. Hozir ham ko‘pgina korxonalarda narx bo‘yicha qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinadi, ya’ni harajatlar va rentabellikni hisoblash asosida aniqlanadi. Tovarlar yetarlicha differensiallanmagan va shu bilan birga raqobatchilar ko‘p bo‘lsa, bu vaziyatda firmaning bozor ta’siri sust bo‘lishi mumkin, va odatda, bozordan kelib chiqadigan narx qabul qilinadi. Firma strategik marketingni qo‘llasa va buning natijasida bozorda kuchga ega bo‘lib borsa, tabiiyki, bunday holda firma uchun narxni belgilash jarayoni tanlangan strategiya uchun markaziy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Firma darajasida narx ikkilamchi rol o‘ynashini unutmaslik kerak. Bir tomondan, u talabni rag‘batlantirish omili bo‘lib hisoblanadi, boshqa tomondan esa bir vaqtning o‘zida uzoq muddatli rentabellikning asosiy qurolini ifodalaydi.
Siljitish. Talab va taklifning samarali muvofiqligini ta’minlash uchun bozor sub’ektlari o‘rtasida (ayirboshlash jarayoni) asosan firmadan chiqadigan axborot oqimlari marka yoki firma da’vo qiladigan o‘rinni bozorga yetkazishga yo‘naltirilishi kerak. Buning uchun siljitishning har xil kanallari ishlatiladi: tijorat personali, reklama, talabni rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar. Firma tomonidan qilingan strategik tanlov samarali tadbiq etilishi uchun samarali siljitish tizimi bilan qullab-quvvatlangan bo‘lishi kerak, aks holda tijorat muvaffaqiyatiga erishish ehtimoli kamroq bo‘ladi.

Yüklə 48,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin