1-Ma’ruza. Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Reja



Yüklə 13,09 Kb.
səhifə2/4
tarix03.08.2023
ölçüsü13,09 Kb.
#138447
1   2   3   4
1-Ma’ruza. Mavzu Bulutli texnologiyalar. Reja-fayllar.org

«Cloud» - bulutli hisoblash tushunchasi internet bilan ancha oldin paydo bo‘lgan tushuncha hisoblanadi. Bu termin birinchi bo‘lib telefoniyaga tegishli bo‘lgan. Bunda foydalanuvchi unga kerak bo‘lgan server yoki xizmatlar qaerda joylashganini ham ko‘p hollarda bilmagan.
Cloud computing – bu keng masshtabda joylashgan virtual, dinamik masshtablashtirilgan, markazlashgan holatda boshqariladigan kompьyuterlarni,
serverlarni, xotira qurilmalarini, xizmatlarni masofaviy murojat qiluvchi foydalanuvchiga Internet orqali taqdim etish xizmatidir. Bulutli hisoblash elektron hisoblash xizmatlarini kompьyuter tarmoqlari orqali etkazib berishni nazarda tutadi.

Bulutli hisoblash xizmati asosan 3 xil modelda ko‘rsatiladi: infrastruktura xizmati (ing. Infrastructure as a Service), platforma xizmati (iglizcha Platform as a Service) va dasturiy vosita xizmati (iglizcha Software as a Service). Bunda infrastruktura xizmati eng quyi xizmat turi bo‘lib, qolgan yuqori xizmat turlari ostkilarining detallarini yanada abstraktlash asosida quriladi.


Bulutli texnologiyalar haqida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, OTM larda elektron ta’lim tizimini tashkil qilishda ushbu texnologiyadan foydalanish katta samara beradi.
Bulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahami yati juda katta hisoblanadi. Birinchi
bo’lib 1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000-yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi. 2005-yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan xolda bepul tadbiq qildi. 2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC” Windows versiyasini ishga tushirildi. 2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud” yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga (iste’molchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki bo’ldi.
Bulut - AT- infratuzilma tashkilotlarining innovatsion modeli (konsepsiya) hisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarning ma’lumotlar markazida yotadi.

    1. Yüklə 13,09 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin