1-ma’ruza mavzu: fanga kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kichik korxonalarda qayta ishlashning ahamiyati va ahvoli reja


– MA’RUZA MAVZU: MEVA VA REZAVOR-MEVALI HAMDA SABZAVOTLARDAN SHARBATLAR ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONA



Yüklə 277,63 Kb.
səhifə11/22
tarix22.09.2023
ölçüsü277,63 Kb.
#147335
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
MARUZA MAGISTR KICHIK KORXONA MARUZA

4 – MA’RUZA
MAVZU: MEVA VA REZAVOR-MEVALI HAMDA SABZAVOTLARDAN SHARBATLAR ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONA
REJA:
1.Uy sharoitida mevalarni qayta ishlab sharbat olish.
2.Danakli meva sharbatlari, urug‘li meva sharbatlari, mulьtifrukt sharbatlar.
3.Qadoqlash va saqlash.
Tayanch iboralar:sharbatlar,tiniq sharbat, quyuqtarbat, mag‘izli sharbatlar,elektroplazmolizatsiya, protoplazma, askorbin kislotasi, qiyomlar qiyomlar.
1. Meva sharbatlarini tayyorlash texnologiyasi
Meva sharbatlari yangi uzilgan, pishgan meva va rezavor-mevalarni siqib yoki shibbalab olinadi.
Konserva qilingan meva sharbatlarida hamma ozuqa moddalari (shakar, kislota, mineral tuzlar, vitaminlar) yaxshi saqlanadi. Sharbatlar tarkibida 5-15% qand, 0,3-3,0% gacha organik kislota bo‘ladi.
Meva va rezavor-mevalardan sharbat chiqishi turli xil xom-ashyolarda har xil bo‘ladi va mahsulotning sifatiga, qirqish va shibbalashga bog‘liq. Olmadan – 55-80%, gilosdan – 60-70%, olxo‘ridan – 70-80%, qizil smorodinadan – 70-80%, qora smorodinadan – 55- 70% va uzumdan – 70-80% sharbat chiqadi.
Konservalangan mevalar sharbatining bir necha turi mavjud
Tabiiy sharbatlar. Tabiiy sharbatlar biror turdagi xom ashyodan ishlab chiqariladi. Unga qand, qand siropi, kislota, ranglovchi va xushbo‘y qiluvchi, konservalovchi komponentlar qo‘shilmaydi. Bu sharbatlardan ichimlik sifatida (olma sharbati, uzum sharbati va hokazo.) yoki alkogolsiz va likyor-aroq sanoatida (olcha sharbati, qora qorag‘at sharbati va hokazo.) YATM sifatida foydalaniladi. YUqori kislotali mahsulot sharbatlari faqat chuchuklashtirilgandan so‘ng ichish uchun yaroqli hisoblanadi.
Tabiiy sharbatlarning turlari – markali sharbatlar, xom ashyoning birgina tanlangan navidan ishlab chiqariladi (masalan olmaning Rannaya roza navidan). Ushbu sharbatlar yuqori ozuqaviy qimmati, ayniqsa yaxshi ta’m va xushbo‘yligi bilan farq qiladi.

Yüklə 277,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin